Qabul qildi: Egamberdiyeva
Download 23.62 Kb.
|
1ximiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif.
Rezina mahsulotlari Angren "O`zbekrezinatexnika" birlashmasi va Toshkent rezina texnika mahsulotlari zavodida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan maxsus rezina mahsulotlari ishlab chiqargan "O`zbekrezinatexnika" birlashmasi 1987 yildan xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarishga o`tdi. 1992 yildan shinalar ishlab chiqarishni o`zlashtirishga o`tildi. Unda 1996 yildan yengil avtomobillar uchun 1,5 million dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.
Respublikada plasmassa va propilen mahsulotlarini qayta ishlovchi (Ohangaron "Santexlit", Jizzax plastmassa quvurlari zavodi), turli xil lok-bo`yoq mahsulotlari (Toshkent lok-bo`yoq zavodida), ro`zg`or kimyosi tovarlari ("O`zro`zg`orkimyo" birlashmasi, Olmaliq ro`zg`or kimyo zavodi, Namangan kimyo zavodi), Toshkent yog`-moy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalari zavodi ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi. Yiliga 125 ming t. polietilen plyonkasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda. O`zbekiston kimyo sanoati korxona va birlashmalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Italiya firmalari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyolardan yangi-yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoat chiqindilarini qayta ishlashni avtomatlashtirish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatini kengaytirish, qo`shma korxonalar qurish sohasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qizilqum fosforit kombinati (quvvati 210 mln. tonnalik), Qo`ng`irot kaustik soda zavodi, Tubatagan kaliy o`g`itlar zavodi hamda ko`pgina qo`shma korxonalar jadal sur`atlar bilan qurilmoqda. 2. Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif. Qurilish materiallari sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan "oldinda" borishi kerak, zero usiz Yangi yerlar o`zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. O`zbekiston ko`p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Bu sanoatning xom ashyo resurslari respublikaning barcha mintaqalarida juda ko`p miqdorda uchraydi. Nometall xom ashyolardan-dala shpati, asbest, vollastanit, grafit, talk, abrazivlar, gips, sement xom ashyosi, kvars qumlari, g`isht xom ashyosining katta zahiralari mavjud. Jumladan, vollastanitning 50 ga yaqin, grafitning 15 dan ortiq, marmarning 20, grafitning 30 dan ortiq konlari topilgan. Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, tog` xrustalli, ametist, nefrit, lazuritlarning ham yirik-yirik zahiralari topilgan. Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sanoati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko`p qo`shma korxonalar paydo bo`ldi. Natijada ko`p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o`sib bormoqda. Mamlakat qurilish materiallari sanoatiga oid korxonalarda sement, sement-asbest, devorbop materiallar, ohak, gips, temir-beton konstruktsiyalari, deraza oynalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq xildagi mahsulotlar tayyorlanadi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida qurilish materiallari sanoatining hissasi 5,5 foizni tashkil etadi. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling