Qabul qildi: Sobirov m topshirdi: Sotivoldiyev F


Download 72.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi72.58 Kb.
#1361006
  1   2   3   4
Bog'liq
OSistema Mustaqil ish1



 
 
 
 
Qabul qildi: Sobirov M 
Topshirdi: Sotivoldiyev F 
 
 
 
 
 


 
Mavzu: Dispetcherlashning “karusel” ko‘rinishi, dispetcherlash sifati 
va kafolatlari 
 
REJA: 
I. 
KIRISH. 
Dispetcherlash haqida umumiy tushuncha. 
II. Asosiy qism. 
1. Dispetcherlashning karusel ko‘rinishi. 
2 Dispetcherlash sifati va kafolatlari. 
III. Xulosa 
IV. Adabiyotlar ro’yxati. 


Kirish 
 
Ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarni tezkor nazorat qilish hamda boshqarishni 
markazlashtirish; axborotlarni uzatish va qayta ishlashning eng zamonaviy vositalarini 
qo’llashga asoslanadi. Dispetcherlash asosiy ishlab chiqarish tsiklidagi barcha 
jarayonlarning uzluksiz bajarilishini, tejamliligini ta’minlashga, yordamchi va xizmat 
ko’rsatuvchi bo’linmalarning uzluksiz ishlashini uyushtirishga xizmat qiladi. 
Dispetcherlashni dispetcherlik xizmati amalga oshiradi. Dispetcherlash ishlab chiqarish 
jarayoni murakkab, ko’p bosqichli korxonalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, u 
ko’pgina sohalar — mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika, energetika va 
elektrlashtirish, kimyo, qurilish va qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari, 
qishloq va suv xo’jaligi, transport tarmoqlari va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi: 
energetikani Dispetcherlashda elektr stansiyalar, elektr uzatish liniyalari va boshqa 
operativ boshqariladi. Energetika dispetcheri bir qancha elektr stansiyalari va elektr 
tarmoqlarining birgalikdagi ishini tekshiradi hamda muvofiqlashtiradi. Sanoat 
korxonalarini Dispetcherlashda kelayotgan axborotni avtomatik ishlash uchun mantiqiy 
qurilmadan 
yoki 
boshqaruvchi 
kompyuterlardan 
foydalaniladi. 
Qurilishni 
Dispetcherlash aloqa, avtomatik hisobga olish va nazorat qilishning hozirgi zamon 
jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Bunda qurilish o’z vaqtida ishchilar, materiallar, 
loyihalar, qurilish mashinalari, transport bilan ta’minlanadi; qurilish maydonlari ishlari 
muvofiqlashtiriladi; ishchilar, mashinalarning bo’sh turib qolishi va boshqa 
kamchiliklar yo’qotiladi. Avtomobil, havo, suv va temir yo’l transportlaridagi 
dispetcherlik xizmatining tarkibi va tashkil etilishi ayrim turdagi transportlarning 
xususiyatiga va ularning texnik jihozlanishiga ko’ra sanoat korxonalaridagi 
dispetcherlik xizmatidan farq qiladi, bunda yo’lovchi va yuklarni to’xtovsiz va 
maromida tashishga asosiy e’tibor qaratiladi. Oliy o’quv yurtlarida dispetcherlik 
xizmati dare jadvallarini tuzish, o’quv auditoriyalarini tasdiqlash, darslarni o’tish 
jarayonini nazorat qilib borish vazifalarini o’z ichiga oladi. Dispetcherlik xizmati ishlab 
chiqarish samaradorligini ta’minlovchi tizim bo’lganligi bois, rivojlangan 
mamlakatlarda bu tizimni uzluksiz takomillashtirib borish va eng zamonaviy texnik 
uskunalar bilan jihozlashga katta ahamiyat beriladi. Dispetcherlash mehnat 
unumdorligini 12-25% oshirishga imkon beradi. Uni tashkil etishga ketgan xarajatlar 1 
-2 yilda to’la qoplanadi. Hozirgi O’zbekistonda xalq xo’jaligining yirik korxonalari 
(masalan, «Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» aktsiyadorlik jamiyati
Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar) da eng 
samarali ishlaydigan, zamonaviy texnik uskunalarga asoslangan dispetcherlik tizimi 
tashkil etilgan. 

Download 72.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling