Qabul qildi: Sobirov. Sardor


G'arbiy Rim imperiyasini qulashi


Download 230.3 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi230.3 Kb.
#1494917
1   2
Bog'liq
Imperator konstantin

G'arbiy Rim imperiyasini qulashi
Rim imperiyasini to'la ikkiga bo'linishi asosida O'rtayer
dengizining ikki hududini romanlashgan G'arb va Ellin sharqini
tarixiy taraqqiyotini o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanar edi.
411
G'aibiy provinsiyalarda shaharlar, tovar ishlab chiqarish savdohunarmandchilik
tushkunlikka yuz tutdi. Aholini xonavayron
bo'lishi, umumiy iqtisodiy tuig'unlik kuzatildi. Markaziy
hokimiyat zaiflashib magnatlar kuchaydi, aholini varvarlashuvi,
harbiy qo'shinlami buzilishi yuz beidi. Aksincha sharqda kuchli
imperator hokimiyati mavjud bo'lib provinsiyalar kamroq talandi,
shaharlar, savdo-hunarmandchilik rivojlandi.
Qo'zg'lon ko'targan vestgot federatlari, Alarix boshchiligida
395—396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladilar. O'zi varvar
bo'lgan rimlik sarkarda Stilixon Yunonistonning janubida Alarix
qo'shinlarini tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix bilan
shartnoma tuzdi.
Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 2
marta tor-mor qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rimga so'ngi
marta triumf vestgotlar ustidan g'alaba sharafiga o'tkazildi.
Baribair rimliklar vestgotlarni Illiriyada yashashlariga ruxsat
berishga majbur bo'ldilar. Italiya 405-yilda Konung Radagays
boshchiligidagi germanlar bosqiniga uchradi. Florensiya yaqinida
Stilixon Radagays hujumini qaytardi. Shu bilan birga himoyasiz
qolgan g'arbiy provinsiyalar, german qabilalari tomonidan bosib
olindi. Stilixon Olarixni Rim bilan ittifoq tuzishga ko'ndirishga
urindi, ammo tuhmatga uchrab, xoinlikda ayblanib qatl qilindi.
Stilixon o'limini eshitgan Alarix Rimga yurish qilib, uni qamal
qildi. Alarix 5 ming funt oltin, 30 ming funt kumush miqdorida
tovon olib qaytib ketdi. Shundan so'ng Alarix Rimni yana bir
necha bor qamal qildi. 410-yil avgust oyida qullar shahar
darvozasini ochib berdilar va varvarlar shaharni talon-taroj qilib,
Alarix boshchiligidagi qo'shin janubga yurish qildilar. Yo'lda
kasallangan Alarix 40 yoshida vafot etdi. Vestgotlar bir necha
yildan keyin (419-yil) Akvitaniyada o'z qirolliklarini tuzdilar.
Stilixon o'limidan keyin Rimni himoya qiladigan birorta
sarkarda qolmadi. 407-yilda rimliklar Britaniyadan chiqib ketishga
majbur bo'ldilar. Janubiy-sharqiy Galliyada birgund qabilalari
Ispaniyaning shimoli g'arbida svevlar o'rnashib olgan Afrikada
poytaxti Karfagen bo'lgan vendal qirolligi tashkil topdi.
Pannoniyada kelib chiqishi Markaziy Osiyo cho'llaridan
bo'lgan xunnlar o'rnashib Rimga katta xavf soldilar. Atilla (434—
453-yillar) g'ayratli sarkarda edi. U xunnlar va boshqa qabilalami
birlashtirib, Markaziy Yevropada ko'chmanchilarni kuchli
davlatini tuzdi. Xunnlar Bolqonga va g'arbiy provinsiyalaiga yurish
qildilar. Ular 450-yil boshida Galliyaga bostirib kiidilar.
Milodiy 312-yilda Konstantin imperiyaning g'arbiy qismida boshqaruvni o’z qo’lig a oladi va Diokletianning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini davom ettiradi. Milodiy 324-yilga kelib Konstantin Sharqda ham boshqaruvni qo‘lga
oladi va shu tariqa yagona hukmdor degan tushunchani qayta tiklaydi. Konstantin uzoqni ko‘ra oladigan aqlli siyosatchi edi. U 200yildan beri ta’qib etilayotgan xristianlik dinining kuch-qudrati davlat hokimiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin egallashini anglab etdi.Shu sababli, u 313-yil o‘zining Milan edikti bilan xristianlik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi. Milodiy 330-yilga kelib imperiya uchun katta ahamiyatga ega
bo‘lgan qadamni qo‘ydi. U poytaxtni hozirgi Turkiyadagi yunon koloniyasi bo‘lgan Vizantiya shahriga ko‘chiradi. Yangi poytaxt Bosfor bo‘g‘ozida G‘arb va Sharq o‘rtasidagi savdo va mudofaa uchun qulay bo‘lgan strategik muhim nuqtada joylashgan edi. Uning poytaxti Vizantiya bilan birga imperiyadagi qudrat markazi
Rimdan sharqqa ko‘chadi. Tez orada yangi poytaxt Rimdagi kabi yirik himoyalangan devorlar va imperiya binolari bilan toidiriladi. Oxiroqibatda poytaxt yangi - Konstantinopol yoki Konstantin shahri degan nom oldi. Shaharga rasmiy ravishda nom 330 -yil 11-mayda berildi. Shu tariqa Rim o‘zining qadimgi o‘tmishi, majusiy xudolari va sobiq imperatorlari shahri bo‘lib qoldi. Konstantinopol yangi davrga asos soldi. Keng miqyosli qurilishlar boshlandi: bor yo‘g‘i olti yil davomida devorlar, forumlar, ippodrom va hattoki imperatorlik saroyi,
shuningdek, faqat xristian senatorlar uchun mo‘ljallangan yangi senat binosi qad ko‘tardi. Bundan tashqari shahar Konstantin maqbarasi bilan ham faxrlanishi mumkin edi. Xristian cherkovlari haqida to'xtalganda ko‘pchilik Avliyo Sofiya ibodatxonasining prototipi aynan Konstantin davrida qurilgan deb taxmin qilishadi. Biroq, Evseviyning guvohliklariga qaramasdan, Konstantin nomini olgan shahar faqat xristianlardan iborat bolmagan. Imperator shahrini butun dunyodan olib kelingan xazinalar bilan to‘ldirib, yangi imperiyaning
ulkan ko'rgazma zaliga aylantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, u poytaxtni Konstantinopolga ko'chirmadi, uni Rimda qoldirdi. Abadiy shaharda senatorlar davlat boshqaruvida ishtirok etishda davom
etdilar. Konstantinopol Trir va Milan shahridagi imperiya markazlaridan biri hisoblanardi. Yagona farqi hukmdor unga bog‘langanligida edi. Konstantin o‘zining boshqaruvining so‘nggi yetti yilining asosiy qismini shu shaharda o‘tkazadi. Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan davrda tugallangan. Imperiyaning butun territoriyasida yagona ma’muriy taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik y o ii bilan tortib olish imkoniyatiga barham berildi. Milodiy 325 - 326 -yillarda shahar aholisi kuriallar istiqomat qilib turgan joyga biriktirilgan. Milodiy 332 -yilida kolonlar uchun yangi farmon chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi, shahar hunarmandlari esa qo‘shin va ma’muriyatni mahsulot bilan ta’minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari deb jamoat binolarini ta’mirlash va soliq to‘lamaganlaming qarzini to‘lashga aytilgan.Harbiy islohot zodagonlaring hukmronlik mavqeyini mustahkamlagan. Ular davlat ixtiyoridagi yerlami emfitevs sifatida yoki yengil shartlar bilan sotib olib, yer-mulklarini kengaytirganlar.Shuningdek, xristian cherkovi katta yer egasi bo’lib olgan. U barcha
soliqlardan ozod etilgan. Konstantin 237-yil 22-mayda vafot etadi. U birinchi imperator Avgustdan boshlab barcha imperatorlardan ko‘ra ko‘proq hokimiyat tepasida turadi. Vafotidan biroz oldin u e’tiqodining ramzi sifatida
suvda cho‘qintiriladi. Bundan keyin u qizil imperatorlik togasini umuman kiymadi va xristian an’analarida qabul qilingan oq kiyimni kiyadi. Uni dafn qilish marosimida 13 yil avval Linitsiyni bosib olinishida ozod qilingan va unga ko‘pincha hamrohlik qilgan Nikomediya yepiskopi qatnashadi. Konstantin o’limidan so‘ng uchta o‘g ‘il qoldirdi. Ular o ‘zaro hokimiyatni b o iib olishga kelishib olishdi, lekin bunga qanoat qilmasdan bir-biriga dushmanlik qilib, oidirish uchun harakat qila boshladilar. Shu tariqa Konstantin butun umr yaxshilashga harakat
qilgan Rim imperiyasi yana yemirila boshlaydi. 50 yil o‘tib ular imperiyani yana jarlikka yetaklaydilar. 364-yilda Valentinian I yangi sulolaga asos soladi. Uning davrida mamlakat yana g‘arbiy va sharqiy imperiyalarga boiib idora qilinadi. G'arbda Valentinian I (364-375-yy), sharqda esa Valent (364-378-yy) imperator deb e’lo n qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.”Qadimgi dunyo tarixi” Radjabov R.
2.”Jahon tarixi” D.J.Urakov,R.N.Tursunov.
3.Wikipedia.org
Download 230.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling