Qabul qildi: Toshkent-2023 mavzu


Qutblagich asboblaridan moddani o'rganishda foydalanish


Download 498.46 Kb.
bet4/8
Sana21.06.2023
Hajmi498.46 Kb.
#1641304
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
вариант 18

Qutblagich asboblaridan moddani o'rganishda foydalanish. O’zaro perpendikulyar polyarizatorlar orasiga optikaviy aktiv modda joylashtirilsa, ko’tish sohasi yorishadi. Qaytadan qorong’ilik hosil qilish uchun ikkinchi polyarizatorni φ burchakka burish kerak bo’ladi. Berilgan moddaning solishtirma aylanish doimiysi [a] va l uzunlik ma’lum bo’lsa, φ burilish burchagini o’lchab, eritmaning konsentrasiyasini aniqlash mumkin. Konsentrasiyani aniqlashning bunday usuli turli moddalarni ishlab chiqarishda, jumladan, qand ishlab chiqarishda keng qo’llanadi, bunga tegishli asbob saxarimetr deb ataladi.
Poliyarizatorni qorong’ilikka to’g’rilashni yetarlicha aniqlikda amalga oshirib bo’lmaydi. Shu sababli oddiy polyarizator o’rniga yarim soya qurilmalar ishlatiladi.
Har qanday qizdirilgan modda o'zidan elektromagnit to'lqinlar chiqaradi. Bu to'lqinlar majmuasi nurlanish spektri deyiladi. Moddalarning holatiga va nurlanish mexanizmiga qarab nurlanish spektrlari ham turlicha boiadi.
Agar qizdirilgan qattiq jismdan chiqayotgan yorug'lik prizma orqali o'tkazilsa, ekranda yaxlit uzluksiz nurlanish spektri hosil bo'ladi.
Agar gaz yoki bug' yorug'lik manbayi bo'lib xizmat qilsa, spektrning manzarasi keskin o'zgaradi. Qorong'i sohalar bilan ajratilgan yorqin chiziqlar majmuasi kuzatiladi. Bunday spektrlar chiziqli spektrlar deyiladi. Natriy, vodorod va geliyning spektrlari chiziqli spektrlarga misol bo'la oladi. Nurlanayotgan gazlar spektrlarinmg ko'rinishi gazning kimyo­viy tabiatiga bog'liq boiadi. Har bir gaz yoki bug' o'zigagina xos bo'lgan spektrlarga ega. Shuning uchun nurlanayotgan gazning spektriga qarab, uning kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin.
Agar nurlanish manbayi bo'lib moddaning molekulasi xizmat qilsa, yo'1-yo'l spektr kuzatiladi.
Yutilish spektrlari. Yuqorida ko'rilgan nurlanish spektrlaridan tashqari yutilish spektrlari ham mavjud. Ular quyidagicha hosil qilinadi. Oq yorug'likni tekshirilayotgan modda orqali o'tkazib, spektrni aniqlaydigan asbobga yo'naltiriladi. Bunda yaxlit spektrda ma'lum tartibda joylashgan qora chiziqlar ko'rinadi. Bu chiziq-larning soni va joylashuvi tekshirilayotgan moddaning tarkibi to'g'risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Misol uchun, oq yorug'likning yo'lida natriy bug'lari turgan bo'lsa, u holda nurlanish spektrida sariq chiziq turgan joyda, yutilish spektrida qora yo'l hosil boiadi (34- va 34-/rasmlarni solishtiring). Ushbu hodisa Kirxgof tomonidan quyidagicha tushuntirildiiylfow o'zi­dan qanday yorug'lik to'lqini nurlasa, shunday yorug'lik to'lqinini yutadi.J

Download 498.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling