Qabul qildi: Zahidova Sh. Toshkent– 2020 reja: kirish


Muqobil energiya va yashil narx-tarif


Download 226.82 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi226.82 Kb.
#255486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2040 yilga borib energetika sohasi

Muqobil energiya va yashil narx-tarif


Aholi uchun muqobil energiyadan foydalanishning samarali mexanizmini yaratish mumkin. Buning uchun yashil narx-tarif qonunini amalga kiritish kerak, bu eng foydali va samarali vosita hisoblanadi. Bu muqobil energiyadan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunday holda aholining o‘z uylarida quyosh panellari va shamol generatorlarini o‘rnatib, elektr energiyasi ishlab chiqarishga moyilligi oshadi. O‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyani esa sotish mumkin bo‘ladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, elektr energiyani 100% muqobil energiyadan ishlab chiqarish elektr tizimidagi kuchlanishning oshishiga olib keladi. Asosan gaz yoqilg‘isidan foydalanadigan IESlarimizning ish samaradorligi 34%ni tashkil etadi. Agar ko‘mirdan foydalansa, stansiyaning foydali ish koeffitsiyentini 45%gacha ko‘tarish mumkin, ammo mahalliy ko‘mirimiz tarkibida namlik darajasi yuqori va kuli ko‘p. Mazkur ko‘mirga mos keladigan yangi texnologiyani joriy qilish va samaradorligini oshirish kerak. Germaniyada ko‘mirdan foydalanadigan IESlarning samaradorligi 40% dan ortiq. Germaniya o‘z ko‘miriga ega bo‘lishiga qaramay, Avstraliyadan sotib oladi. Chunki qazib olishdan ko‘ra Avstraliyadan olib kelish ular uchun arzonga tushadi. Undan tashqari, atrof-muhit muhofazasi ular uchun muhim omil hisoblanadi. Albatta, “O‘zbekenergo” bu ishlarni baholi qudrat oshirishga harakat qilmoqda, lekin hammasi ham o‘ylaganchalik yoki rejadagidek bo‘lmayapti. 2010 yil men energiya resurslarni tejash uchun respublikamizdagi IESlarga quyosh issiqlik texnologiyasini tadbiq qilish loyihasini taklif etgandim. “O‘zbekenergo"da ushbu taklifimni qimmat deya rad etishdi. Yoqilg‘ini tejash davlatimiz siyosatining asosiy mezonlaridan biri-ku, degan gapimga, gaz o‘rniga ko‘mirni keng miqyosda tadbiq etamiz, deya javob berishdi. Oradan mana 8 yil o‘tdi hamki, ko‘mir hanuzgacha o‘sha bitta Yangi Angren IESida ishlatib kelinmoqda. Boshqa ko‘mir stansiyasini qurishmadi. Germaniyaning yangi energetika strategiyasiga muvofiq, muqobil energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi ulushini 2030 yilgacha 50%ga, 2050 yilgacha esa 60% ga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu tarzda Germaniya qarshisidagi vazifalar Germaniya siyosatining elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik asosidagi funtdamental o‘zgarishlarga qaratilganligi va kelajakda butun mamlakat elektr energiya ta’minotini so‘zsiz qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali amalga oshirishini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Germaniyaning yoqilg‘i-energetika balansi asosan an’anaviy energiya manbalaridan iborat bo‘lib, bu 80%dan oshiqni tashkil etadi. Elektr energiyasining deyarli 90%i import qilinadigan energiya manbalaridan — uran, tabiiy gaz, toshko‘mir va neftdan olinadi, xususan ulardan 55,6%i import qilinadi. 2017 yil aprel oyining so‘nggi dam olish kunlarida Germaniyada 85% elektr energiyasi muqobil energiyadan, chunonchi, quyosh, biogaz, shamol va gidroelektrstansiyalardan olindi. Yangi rekord, birinchi navbatda, “yashil” elektr stansiyalarning miqdori doimiy ravishda oshib borishi tufayli o‘rnatildi. Ikkinchidan, mamlakat bo‘ylab, aprel oyining oxirlarida havoning ochiq va quyoshli kelganligi sababdir. Mart oyining dam olish kunlarida esa ko‘pchilik ko‘mir elektr stansiyalari deyarli ishlamadi (ular asta-sekin ekspluatatsiyadan chiqarilmoqda). AESning ham elektr energiya ishlab chiqarishi pasaydi. Zotan, bu AESlar 2022 yilning oxirigacha batamom yopilishi rejalashtirilgan. Yangi rekord haqiqatan kuchli ko‘rsatkich va muqobil energiyani boshqa energiya turlariga ibratdir. Germaniya kuchli sanoat majmuasiga ega bo‘lgan yirik mamlakatdir. Agar 85% elektr energiya muqobil energiya manbalaridan olingan bo‘lsa, u holda “yashil” energiyaga o‘tish juda ham muvaffaqiyatli kechmoqda. Germaniyaning o‘z oldiga qo‘ygan strategiyasi o‘zini oqlamoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘tgan yilning mart oyida mamlakatda iste’mol qilingan energiyaning 40%i muqobil energiyadan olingan. 2015 yil AQSHda bu ko‘rsatkich 16,9%ni tashkil etgan va so‘nggi ikki yil ichida katta miqyosda o‘zgarmagan, desa ham bo‘ladi. 2015 yil Germaniyada muqobil energiya ulushi 33%ni tashkil etgan edi. Hukumat bu ko‘rsatkichni 2050 yilda 100% ga yetkazishga umid qilmoqda. Boshqa davlatlarda ham yashil energiya bozori vaziyati chakki emas. Masalan, Daniyada muqobil energiya manbalari keragidan ortiq elektr energiyasi bermoqda. Natijada, boshqa davlatlarga elektr energiyani sotishiga to‘g‘ri kelmoqda. Kosta Rikada esa 99% ulush muqobil energiya manbalariga to‘g‘ri keladi, ishonish qiyin bo‘lgan raqamlar, shunday emasmi.

Download 226.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling