Muammolarning yechimi bo’yicha takliflar
1. Mavjud eskirgan bug' turbinalar o‘rnini yuqori haroratli mujassamlangan parabalotsilindrik quyosh kollektorlari egallashi mumkin. Ularning issiqlik harorati 200−600 gradusni tashkil etadi
2. Issiqlik elektr markazlari hamda tuman issiqlik qozonxonalarida past haroratli quyosh absorberlarini qo‘llash mumkin. 10 gradusli suv haroratini qozonxonalarni 40 gradusgacha bu absorberlar yordamida ko‘tarilsa, qolgan yuqori haroratni olish uchun yoqilg‘i ishlatish mumkin. Buning narxi ancha arzon tushadi:
3.Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida quyosh energetikasini O‘zbekistonda rivojlantirish memorandum tuziladi. Bu memorandum asosida Germaniya hukumati O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish uchun beg‘araz moliyaviy yordam berishga va hamkorlik qilishga tayyor. Buni Germaniyaning aerokosmik va energetika markazining Afrika va Arab mamlakatlariga amalga oshirayotgan loyihalari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur memorandum asosida O‘zbekistondagi soha vakillarini quyosh energetikasi bo‘yicha, mamlakat ichida hamda Germaniyada bilim va malakalari oshirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |