Qabul qildi: Zahidova Sh. Toshkent– 2020 reja: kirish
Atom elektr stansiya haqida mulohazalar va tahlillar
Download 226.82 Kb.
|
2040 yilga borib energetika sohasi
Atom elektr stansiya haqida mulohazalar va tahlillarO‘zbekistonda AESni qurish jiddiy va siyosiy masala. Uni atroflicha o‘rganish va tahlil etish kerak. Barchamizga ma’lumki, hukumatimiz Rossiyaning Rosatomi bilan Navoiy viloyatida 2ta blokdan tashkil topgan AES qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bizga hali bu kelishuvning shartlari aniq emas. Shuning uchun, oldindan salbiy yoki ijobiy baho berishga erta. Mutaxassis sifatida bizning vazifamiz vatanimizda joriy etilayotgan har qanday loyihaga xolis baho berish va o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.
Germaniya hukumati atom energetikasi ulushini kamaytirish va muqobil elektr energiya darajasini oshirish uchun juda katta kuch sarflagan. 90 yillarda Germaniya Yevropa davlatlari ichida eng qimmat elektr energiyaga ega edi. Ammo keyingi yillarda narx 30−35%gacha tushdi. Elektr energiyasi narxining juda yuqori bo‘lishiga sabab maxsus soliqlarning ko‘pligiga bog‘liq, masalan, mahalliy ko‘mir sanoatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan strategiyalar shular jumlasiga kiradi. Shu bilan birga, GFRning yoqilg‘i-energetika majmuasi an’anaviy resurslarga bog‘liqligiga qaramasdan, ko‘pchilik nemis fuqarolari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Nemis aholisi tinch atomni rivojlantirish bo‘yicha mavjud dasturlardan voz kechishga tayyor. Boz ustiga, Germaniya aholisining 33%igina atom energetikasini yoqlab chiqishmoqda. Germaniya fuqarolik jamiyatining bunday faolligining sababi, mamlakat uchun AESdan foydalanish foydadan ko‘ra ko‘prok katta xavf-xatar va yomon oqibatlarga olib keladi, degan yakdil fikrga ega ekanligidadir. Atom energiyasini rivojlanishiga qarshilar quyidagi sabablarni ro‘kach qiladilar: butun dunyoda yuqori darajadagi radioaktiv chiqindilarni ishonchli saqlash va yo‘qotishning hal qilinmaganlik muammosi; yadroviy chiqindilarni utilizatsiya qilish, AESlarni yopish va uni ekspluatatsiya darajasida ushlab turishning iqtisodiy besamarligi; uran zahiralari cheklanganligi va yadro yoqilg‘isi narxlarining oshayotganligi; qimmat AESlarni uzoq muddatli ekspluatatsiya qilinish ehtiyoji elektr energiyani ishlab chiqarish tizimini uzoq muddat saqlab qolishga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga izchil o‘tishga to‘sqinlik qiladi; AESlarning xavfsizligiga shubha ostida qarash terroristik hujumlarga nisbatan befarqlik mavjud, degan fikrlarni yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, bugungi kunda Germaniyada qayta tiklanuvchi energiya manabalari an’anaviy energiyaga, shu jumladan, tinch atomlardan foydalanishga muqobil tarzda xizmat qiladi, bu maqsad Yevropa Ittifoqi strategiyasida ham, Germaniya energetika konsepsiyasida xam belgilab qo‘yilgan. Biroq, dalillar shuni ko‘rsatib turibdiki, qisqa vaqt ichida, hatto Germaniyada ham atom ob’ektlarini quyidagi ob’ektiv vaziyatlarda almashtirish imkonsizdir: hozirgi kunda energiya manbalaridan olingan elektr energiyasining asosiy qiymati an’anaviy manbalar tomonidan ishlab chiqarilgan energiya narxlaridan sezilarli darajada oshadi; muqobil energiya manbalar orqali ishlab chiqarish barqaror emas, ya’ni, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob-havo o‘zgarishlariga, shamol, quyosh va suvning mavjudligiga bog‘liq. Misol uchun, shamol tegirmonlarining quvvatini ishlatish soatlari yadro yoqilg‘isini ishlatish soatlaridan ancha past. Shunga qaramay, Germaniyaning hozirgi energetika siyosati tahlilidan quyidagicha xulosa yasaladi: AESdan foydalanish GFRning iqlim muhofazasi bo‘yicha yetakchi mavqega ega bo‘lib, yadro texnologiyasidan foydalanishni ma’lum muddatga uzaytiradi. Shu bilan birga AESlar Germaniyaning muqobil energiya manbalariga o‘tishi uchun “ko‘prik” sifatida xizmat qiladi va kelajakda Yevropa mamlakatlari AESlardan foydalanishdan voz kechadi. Biz uchun ham, bizga AESni taklif qilayotgan Rossiya uchun ham Yevropa Ittifoqida yetakchi mamlakat bo‘lgan Germaniya tajribasidan o‘rganish juda foydali bo‘lardi. O‘zbekistonda atom elektr stansiyalarni qurish uchun yechilishi kerak bo‘lgan ba’zi masalalar bor. Masalan, AESni ishga tushirish 10 yildan keyinga rejalashtirilgan, ammo bu pulga muqobil taklif qilish va quyosh panellari yoki shamol tegirmonlarini qurish mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Chernobil va Fukushima halokatlarini unutmaslik kerak. Shuni hisobga olish kerakki, manaman degan Yaponiya davlati ham bu muammoni mustaqil bartaraf eta olmadi. Atom energetikasi sohasida malakali mutaxassislarimiz yo‘qligini unutmasligimiz kerak, bori ham kam sonli nazariyotchilar va 10 MVtgacha bo‘lgan AES mutaxassislaridir. AESdan foydalanishda misol tariqasida Yevropani keltirishadi, ya’ni Fransiya elektr energiyasining 75%ini AESdan oladi. Ammo bu haqda bong uradiganlarga aytgim keladi: ey, baraka topgurlar, ularda 30−50 yillik AES bo‘yicha tajriba va malaka bor, bizning hozirgi holatimizni ularniki bilan solishtirish unchalik ham to‘g‘ri emas. AESni qurish juda qimmat va yadro chiqindilarini olib chiqib ketish tekinga bo‘lmasligini ham unutmasligimiz kerak. Bularning barchasi xalq boshiga tushadi. Shuningdek, 2035 yilda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiya ulushi 50% ni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatimiz miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘p emas. Hozirda Yevropaning barcha davlatlari AESdan bosqichma-bosqich voz kechishmoqda, AES ular uchun 20−50 yil muqaddam dolzarb edi. 10 yil ichida malakali kadrlarni amaliy tajribasiz yetishtirish amrimahol. Buning uchun atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni O‘zbekistondan AESlarni ekspluatatsiya qilish borasida katta tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlarga shartnoma asosida ishga jo‘natish kerak, chunonchi, Germaniya, Fransiya va Chexiyalar shular jumlasidandir. Yoki ularni MAGATE yo‘nalishida o‘qitish kerak. Ammo 10 yil ichida hamma narsa o‘zgarishi mumkin, mana, masalan, Samarkand quyosh stansiyasi qurilishi ham to‘xtatilgan. Menimcha, O‘zbekiston energetikasida ko‘plab ijobiy va samarali, har tomonlama manfaatli ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi, masalan, qish oylarida Qirg‘iziston va Tojikistondan elektr energiyasi sotib olish kerak va aksincha, yoz oylarida ularga sotish kerak. Hozirda hukumatimiz mazkur qo‘shni davlatlar bilan yaxshi aloqalar o‘rnatib, barcha muammolarni ikki taraflama manfaatli tarzda ijobiy hal qilib, xalqlar manfaati uchun xizmat qiladigan ishlarni amalga oshirishdi va oshirishmoqda. O‘zaro manfaatli hamkorlik butun mintaqadagi energetika sohasini rivojlantirishga yordam beradi. Toshkentda O‘rta Osiyo energetika tizimining yagona dispetcherlik boshqaruvi hali ham borligini unutmaslik joiz. O’zbekistonning energetika sohasidagi muammolarni qanday bartaraf etish mumkin? Ekspertdan 12 ta taklif “O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari, Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a’zosi va “Aleksander Gumboldt” jamg‘armasi vakili Ravshan Xo‘janov O’zbekistonning energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bayon qildi. “O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari, Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a’zosi va “Aleksander Gumboldt” jamg‘armasi vakili Ravshan Xo‘janov O’zbekistonning energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Download 226.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling