Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?


Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi


Download 49.96 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1443498
1   2   3   4   5
Bog'liq
testologiya1 (1)

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.
Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.
Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.
Bu yilgi maksimal ball qancha?
Majburiy fanlar blokida jami 45ta savol bo‘ladi va har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi. Mutaxassislik fanlari blokida esa 2ta fan bo‘ladi va bitta savol 3,1 ball bilan baholanadi.
Abituriyent maksimal 280,5 ball to‘plashi mumkin.
200 nafar abituriyentga prezident granti beriladi. U qanday tartibda ajratiladi?
Bu yil kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 kishiga prezident granti berilishi e'lon qilindi. Lekin maksimal ball to‘playdigan abituriyentlar soni 200 kishidan oshib ketishini taxmin qilish mumkin.
Masalan, o‘tgan yili pandemiya tufayli savollar osonlashtirilishi hisobiga maksimal ball to‘plagan abituriyentlar soni mingga yaqin bo‘lgan. Undan oldingi yillarda esa maksimal ball to‘plaganlar soni 200dan oshgan vaqtlar ham, 200ga yetmagan vaqtlar ham bo‘lgan.
200 kishiga prezident granti ajratish tartibi ishlab chiqilmoqda. Ishchi guruh maksimal ball to‘plagan abituriyentlar soni 200 kishidan oshib ketsa, grant egalari qanday saralab olinishi bo‘yicha tartibni ishlab chiqadi.

Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling