Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?
Download 49.96 Kb.
|
testologiya1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test sinovlari qayerda va qanday o‘tkaziladi
Imtiyozlar
Matbuot anjumanida bu haqda ham qo‘shimcha ma'lumot berildi. Jumladan, Farhod Mirzayevning ta'kidlashicha, hozir abituriyentlarga oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan mas'ul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reyestri tayyorlanyapti. «Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli ma'lumotlar taqdim etilgan. Hozirgi kunda vakolatli organlar tomonidan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxati shakllantirilib, DTMning maxsus dasturiga kiritib borilmoqda. Davlat komissiyasining topshirig‘iga asosan, imtiyozlar reyestrini shakllantirish 10 iyunga qadar yakunlanadi. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma'lumotlarini real vaqt rejimida olish uchun Davlat test markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida hamkorlik bitimi tuzildi. Unga ko‘ra, DTM sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishda nogironligini belgilagan abituriyentning ma'lumotlari Idoralararo ma'lumot almashish tarmog‘i orqali Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi dasturiga real vaqt rejimida so‘rov yuborish orqali o‘rganiladi. Yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur tizimli ishlar abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qulayliklar yaratish, imtiyozlarni belgilashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan texnik xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi», – dedi u. Test sinovlari qayerda va qanday o‘tkaziladi? Davlat test markaziga ko‘ra, bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda 2 xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda. Test sinovlarini an'anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish. Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish. «Buning uchun test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari va dislokatsiyalari tayyorlandi. 46 830 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentga mo‘ljallangan 65 ta stadion va xiyobon shular jumlasidandir. Test sinovlari o‘tkaziladigan katta sig‘imli binolar va ochiq maydonlar ro‘yxati Davlat komissiyasiga kiritildi. Test sinovlarini karantin talablarini inobatga olgan holda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosalari olindi», – DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. Download 49.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling