Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?


Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin


Download 49.96 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1443498
1   2   3   4   5
Bog'liq
testologiya1 (1)

Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.
Imtiyozlar bilan muammo bo‘lmasligi ustida ishlanyapti
Hozirgi prognozga ko‘ra, 1 million 615 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda.
Bu yil kirish imtihonlarini tashkil qilishda imtiyozlar bilan muammo bo‘lmasligi uchun harakat qilinmoqda. Hozirdanoq barcha tegishli tashkilotlarga xatlar yuborilgan. Hujjat topshirish jarayonida kimda imtiyoz bo‘lsa, uning shaxsiy kabinetida ko‘rinib turadi.

DTM mas’uli bu yilgi kirish imtihonlarida savollar darajasi qanday bo‘lishi borasida izoh berdi

Kun.uz joriy yilgi qabulda abituriyentlarni qanday darajadagi test savollari kutayotgani haqida DTM mas’ul xodimiga savol bilan yuzlandi. Javobga ko‘ra, testlar sodda va murakkabga bo‘linadi, shuningdek, uni abituriyentlarning qancha foizi ishlay olishi oldindan taxmin qilinadi.


Video Player
«Test topshiriqlari amaldagi umumta’lim davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari doirasida shakllantirilmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, barcha test topshiriqlari umumta’lim dasturlariga moslashtirilishi va kompetensiyani aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Bugungi kunda biz shu asosda test topshiriqlarini shakllantirmoqdamiz va maktablar, akademik litseylar bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ularning aprobatsiyasini o‘tkazdik.
Bu tahlillarga ko‘ra, test savollarining qiyinlik darajasi, muqobil javoblar qay darajada to‘g‘ri tanlangani aniqlanadi», deydi DTM boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov.
Foto: Kun.uz
Uning qayd etishicha, kirish imtihonlarida tushadigan testlar sodda, o‘rta va murakkab darajalarga bo‘linadi. Test tuzuvchilar avvaldan taxmin qilishi kerak bo‘ladi. Masalan, sinaluvchilar 100 foiz bo‘lsa, ularning 75 foizi, 60 foizi bu test topshirig‘ini ishlay oladi, degan taxmin bilan qiyinlik darajasi belgilanadi. Sababi, Davlat test markazining vazifasi nisbatan bilimli abituriyentlarni saralab berishdan iborat.
Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi o‘rta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada bo‘ladi.
Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq bo‘ladi. 

Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling