Qabulxona bo'lim sanitarkasi xolboeva shoxidaning ish vazifasi


Download 15.91 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi15.91 Kb.
#1373022
Bog'liq
ish vazifa


“ TASDIQLAYMAN ”
Oqqo'rg'on tuman tibbiyot
birlashmasi boshlig'i v.v.b
______U.Akramxon


QABULXONA BO'LIM SANITARKASI
XOLBOEVA SHOXIDANING ISh VAZIFASI

1.Bo'lim sanitarkasi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i buyrug'i asosida bo'lim mudiri bilan kelishilgan xolda ishga olinadi va ishdan ozod etiladi.


2.Bevosita bo'lim katta hamshirasiga bo'ysunadi.
3.O'z ish faoliyatida ushbu va sanitarkalik ishiga oid metodik qo'llanmalarga rioya qiladi.


MAJBURIYATLARI

1.Bo'lim san epid rejimini bilishi va unga rioya qilish.


2.Tuzilgan jadval asosida navbatchilikni olib borish.
3.Bo'limda yig'ishtirish xamda o'zlariga biriktirilgan xonalarda joriy va mukammal tozalash ishlarini olib borish.
4.Asseptik va antiseptik asoslarini bilish va rioya qilish.
5.Tozalash ilarini olib borish, bo'limga o'tkaziladigan va bo'limdan chiqariladigan bemorlarni hamshira bilan transportirovka qilish.
6.Bemorlarni o'rniga yotqizishda va choyshablarni almashtirishda xamshiralarga yordam berish.
7.Bo'lim katta hamshirasini ruxsatisiz ish joyini tashlab ketmaslik, tungi vaqtlarda navbatchi shifokor ruxsatisiz.
8.Biriktirilgan qattiq va yumshoq inventarlarni ishchi xolatida saqlash.
9.Vrach va hamshiralarga bemorlarg ayordam ko'rsatish bo'yicha berilgan topshiriqlarni bajarish.
10.Texnika xavfsizligi va mexnat intizomini bilish va unga rioya qilish.
11.O'z bilim malakasini va ma'naviy – ma'rifiy ongini oshirish maqsadida sanitarkalar uchun mo'ljallangan rejali mashg'ulotlarga qatnashish.
QABULXONA BO'LIM MUDIRI E.KULIMBTOV
KATTA XAMSHIRA D.MIRZAAXMEDOVA
SANITARKA SH.XOLBOEVA

“ TASDIQLAYMAN”


Oqqo'rg'on tuman tibbiyot
birlashmasi boshlig'i v.v.b
______U.Akramxon
QABULXONA BO'LIM HAMSHIRASI
XOLBOEVA XUSNIYANING ISH VAZIFASI
Qabulxona bo'limi Hamshirasi, bo'limning katta hamshirasi yoki bo'lim mudirining tavsiyasiga binoan shifoxonaning bosh shifokori tomonidan, qonun doirasida ishga qabul qilinadi yoki ishdan bo'shatiladi.
Qabulxona bo'limi hamshirasi sifatida o'rta maxsus ma'lumotga ega xamshira tayinlanadi.
Qabulxona bo'limi hamshirasi bo'lim mudiriga va bo'lim katta xamshirasiga bo'ysunadi.
deantologiya asosida bemorlarni parvarish qiladi va kuzatib boradi.
Hamshira o'z ish kunini navbatchilikni qabul qilishdan boshlaydi. Dori darmon va tibbiy asbob uskunalarni xisobga oladi.
Hamshira bemorlar uchun kerakli bo'lgan dori – darmonlarni xamda bog'lov materiallarini katta xamshiradan talabnoma asosida oladi.
Yo'llanma bilan kelgan bemorlarni yo'llanmasi bilan tanishadi va qabulxona bo'limi navbatchi shifokori xonasiga yuboradi.
Yo'llanmasiz kelgan bemorlarni qabul bo'limi shifokori bilan birga qabul qiladi.
Bemorlarning xaroratini, qon bosimini o'lchaydi, zarur bo'lganda kerakli muolajalarni bajaradi.
Shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlar uchun kasallik bayonnomasi (forma 003\u) pasport qismi to'ldiriladi.
Bemor pedikulyoz va qichimaga tekshiriladi va ko'rik natijalariga qarab yuvinish, tirnoq olish,xamda zaruriyatga qarab boshqa tadbirlarni o'z ichiga oluvchi sanitariya tozalash ishlarini o'tkazadi
Bemorda antopometrik o'lchash ( vazni, bo'yi, ko'krak qafasi) o'tkaziladi.
Shifokor buyurgan muolajalarni (EKG tushurish, xar xil inektsyalar qilish, oshqazon yuvish, kilizma qilish, gipsli bog'lam tayyorlash) bajaradi.
Birlamchi jarroxlik yordamida shifokorga yordam berish, aseptik qoidalarga rioya qilib ishlash va ishlatilgan instrumentlarni yuqumsizlantirib MSBga yuboradi.
Izalyator xonasidagi bemorlarni kuzatib turish va shifokor buyurgan muolajalarni o'z vaqtida bajarish, vrach tavsiyasi bilan zarur bo'lgan mutaxasis va lobarantlarni chaqiradi.
Kriminal tana-jaroxati bilan murojat kilgan bemorlar xaqida o'z vaqtida ichki ishlar bo'limiga xabar beradi.
Bemorda yuqimli kasalliklar aniqlanganda shoshilinch xabarnoma (forma 058 \u) to'ldiradi va DSENMga xabar beradi.
Qabul qilingan tartibda tegishli tibbiy xujjatlarni tugri va sifatli yuritadi. Bo'limdagi tibbiy apparatlarni soz va nosozligi to'g'risida o'z vaqtida bo'lim katta xamshirasiga axorot beradi.
Bo'limda o'rnatilgan tartib – intizomga rioya etadi va shifokor ruxsatisiz navbatchilik postini tashlab ketmaydi.
Muntazam ravishda o'z maxoratini va malakasini oshirib boradi, xamda bo'limda o'tkaziladigan mashg'ulot darslarida qatnashadi.
QABULXONA BO'LIM MUDIRI E.KULIMBTOV
KATTA XAMSHIRA D.MIRZAAXMEDOVA HAMSHIRA X.XOLBOEVA
Download 15.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling