Qadamboyeva Dinora


Download 0.76 Mb.
Sana18.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1211593
Bog'liq
Qadamboyeva Dinora

Qadamboyeva Dinora

Merkantalistlarning asosiy g'oyalari

  • Merkantilizm tushunchasi
  • Merkantalistlarning asosiy g'oyalari
  • Merkantalistlarning mohiyati

Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning

amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining

maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy

maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini

qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.

Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi:

har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin

va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;

arzon xom ashyoni import qilish

yo’li bilan

sanoatni

rag’batlantirish;

sanoatni

rag’batlantirish; import qilinadigan

sanoat tovar-lariga protektsionistik tariflarni belgilash;

eksportni, ayniqsa,

tayyor

mahsulotlar

eksportini rag’batlan-tirish; ish

haqining past darajasini ushlab

turish uchun aholining o’sishi.

  • Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, italyancha: mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq.
  • M. dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini harid qilish zarur boʻlgan. M. davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. M. taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi.
  • M. 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi.
  • Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan M.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. M.oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siye’siy iktisod maktablari vujudga keldi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling