Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 157 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi157 Kb.
#1207148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik litseylarda qadimgi turkiy yodgorliklarni o‘rganish usullari

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’rta Osiyo—qadimgi madaniyat o’choqlaridan biridir. O’zbekiston hududidan qadimgi odam turmush tarzining izlari ko’plab topilgan. Samarqand yaqinidagi Omonquton g’orida, Xojakent-Chorbog’ tog’larida tig’ shaklidagi, pichoqsimon va belchasimon ish qurollari, kiyik suratlari saqlanib qolgan. G’ordan topilgan tog’ echkisi, ot, ayiq, Qash­qir, jayra, sug’ur va boshqa hayvonlarning suyaklari qadimgi ajdodlarimizning ovchilik bilan mashg’ul bo’lganligini ko’rsatadi.
Zorovut Qamar g’ori devorlaridagi suratlar ham qadimgi odamlar hayot tarzi haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi. Bu suratlarning tuzilishi ancha murakkab. Unda go’yo yovvoyi buqalarni ovlashi tasvirlangan. Tasvirda chopib borayotgan buqalar, yelib borayotgan itlar va ovchilar aks etgan. Ovchilarning o’q,-yoy otayotganlari ham aks etgan.
Eramizdan avvalgi III ming yillikda metall buyumlar, Qurol-yaroqlar ishlatilgani seziladi. Eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab sun’iy sug’orishga asoslangan dexqonchilikning rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Sug’orish ishlari Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari atrofida amalga oshirilgan. Xorazm davlatchiligi 3 ming yillik (2700) tarixga ega. kushanlar, kangyoy ,Qang'-Xorazm davlati tarixi olimlarimiz tomonidan o’rganilmoqda.
Ma’lumki, eramizdan oldingi VI—V asrlar boshlarida O’rta Osiyoda axomoniylar davlati vujudga qelgan edi. Unga qarshi Eron podsholarining (Kir) yurishlari qadimgi afsonalar («Tumaris», «Shiroq,») da Ham aks etgan.
Isqandar Zulqarnaynning xarbiy yurishlari ahomoniy­lar davlati inqirozini tezlashtirdi. Yunon-Baqtriya dav­lati shu tarzda yuzaga keldi. Uning yonida Parfiya, Baqtriya, Sug’d va Qushon davlati paydo Bo’ldi (Eramizgacha II—I asrlar). Eramizning boshlarida esa Xorazmda Qang’ davlati vujudga qeldi.
Qadimgi turkiylar o’z davlatiga ega bo’lgan.
Birinchi ko’k hokimligi VI—VII asrlarda hukumronlik qilgan. Uning tarkibiga to’lashlar, tardushlar, uyg’urlar, o’n-o'qlar, basmillar, qirgizlar, o’g’uzlar, kitan, tatabi, tuqqiz-tatar, utuz-tatar va boshqalar kirgan.
Xoqonlik 535 yilda paydo bulgan. 630—680 yillarda Ko’k turklar davlatni qo’ldan berib quygan. Buning bir qator sabablari Urxun-Enasoy obidalarida qayd etilgan. Bular:
1. Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi. «Undan sung inisi og’asiday ish tutmagan ekan, ug’li otasiday ish tutmagan ekan. Taxtga johil xoqon utirgan ekan, badfe’l xoqon o’tirgan ekan. Vaziri ham bilimsiz ekan. Qurqoq ekan...Turq beklari turkcha otini tashladi, tabg’ach beklarining tabg’achcha otini qabul qilib, tabg’ach xoqoniga qaram buo’ldi. Ellik yil mehnatini, kuchini sarf qilibdi» («Kultegin» bitigtoshi).
2. Turkiy qavmlarning o’zaro noaxilligi.
«Tarbiyat qilgan xoqonning so’zini olmayin har qayerga ketding. U yerlarda butunlay g’oyib bulding, nom-nishonsiz ketding» («Kultegin» bitigtoshi).
3. Tabg’ach davlatining siyosati va ichdan yemiruvchi targibot-tashviqoti: «Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan tabgach xalqi so’zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qushni bulgandan keyin yovuz ilmni u yerda urganar ekan» («Kultegin» bitigtoshi).
Qddimgi turkiylar yuksaq madaniyat egalari bo’lishgan, Ular chorvachilik, ovchilik bilan ko’proq shug’ullanishgan. Ayniqsa, yilqichilik asosiy urin tutgan. Bu ko’pgina mifologik, folklor va tasviriy san’at asarlarida xam o’z ifodasini topgan. Jumladan, Xorazmdagi Quy qirilgan qal’asidan topilgan xamda eramizgacha bo’lgan IV—III asrlarga oid deb qaraladigan sopol ko’zachalarda ham qanotli otlar tasviri mavjud. Tuyachilik ham yaxshi rivojlangan.




    1. Download 157 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling