Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


URXUN – ENISEY YODGORLIKLARI


Download 157 Kb.
bet5/6
Sana17.02.2023
Hajmi157 Kb.
#1207148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik litseylarda qadimgi turkiy yodgorliklarni o‘rganish usullari

1.2 URXUN – ENISEY YODGORLIKLARI.
Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning Urxun Yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir.
Tunyuquq bitigtoshi 2-turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslaxatchisi va sarkardasi Tunyuquqka bag`ishlanib, 712 – 716 yillari o`yib yozilgan. Tunyuquq bu bitigni o`zi xayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain TSokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Elizaveta Klements 1897 yili shimoliy Mo`g`iliston safariga borganda topgan.
Tunyuquq bitigtoshi Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi.
Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, Tunyuquqning xalq oldidagi xizmatlari xikoya qilinadi.
Tunyuquq Turk xoqonligi Xitoyga bo`ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko`chib ketgan Turk oilasida tug`ilgan. Faqat qaysi turkiy uruqqa mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda Eltarish qutlug` xoqon tomoniga o`tib, Bilge xoqon davrida ham Turk xoqonligida birinchi vazir va harbiy qo`mondon vazifalarida qolgan. Bu Tunyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning qaysi yili o`rnatilganligi aniqlanmagan.
Kultegin bitigtoshi Bilga xoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo`lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga o`yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining kalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o`rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo`lgan lavxa o`yilgan. Lavxada arxar surati naqshlangan. U xoqonlik tamg`asi xisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o`rnatilish tarixi, xattot Yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o`ng va chap tomoniga 13 satrdan Yozuv bitilgan. Ba`zi joylarida Yozuv o`chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yullig Tegin ismli kishi bajargan.
Bu bitigtosh Kulteginning akasi Bilga xoqon ko`rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xotirasi uchun Bilga xoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to`qqiz-o`g`izlar bilan bo`lgan jangda xalok bo`lgan edi.
Bilga xoqon bitigi – Bilga xoqon 734 yil 25 noyabrda o`z yaqinlari tomonidan o`ldiriladi. Uning o`g`li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu Yozuvni ham Bilga xoqonning amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag`darilib 3 bo`lakka bo`lingan, shuning uchun ham Yozuvlarning ma`nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga xoqonning taxtga o`tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga xoqonning xoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so`nggi misralarida Bilga xoqonning o`z xalqiga qilgan nasixatlari aks etgan: “xalq xoqonidan, er-suvidan (ya`ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko`radi, baxtli, betashvish yashaydi”.
Bilga xoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o`rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yullig tiginning ismi keltiriladi:
«Turk bilga xoqonning so`zlarini bu tosh ustiga men yozdim,Xoqonning jiyani men Yullig Tegin,bir oy 4 kun o`tirib yozdim…»
Bunga xoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko`rsatilgan:
«Otam xoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To`ng`iz yili beshinchi oyning yigirma ettisida dafn marosimini qildirdim».Bu it yili 734 yilga to`g`ri kelsa kerak.
Mazkur obidalarning topilishi Urxun xamda Enasoy daryolarining xavzalari bilan bog-liq- Garchi bundam qadi-miy obidalar keyinchaliq Sibir va Mugulistonning bosh-qa joylaridan, Sharqiy Turkiston, Urta Osiyo, Kavkaz, Volga buyi, xatto Sharqiy Yevropadan xam topilgan bulsa-da, tarixda bu nom muqim urnashib qoldi.
Urxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va urgani-lishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu xaqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Stral-lenberg, olim Messershmidtyodgorliklarni Yevropa ilm axdi-ga ilk marta taqdim qidgan edilar.
Dastlab, Urxun, Selenga va Tuli daryolari atrofidan — Shimoliy MyF-ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular Urxun yodgorliqlari nomini oldi. Enasoy daryosi qirgoqlarida topilgan yedgorliklar xam shu nom bi­lan ataladi.
Yodgorliklar topilganidan keyin ularni uqish, urga-nish muammosi kundalang buldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida xech kimning qulidan kelmadi. Nixryat, _1893_4*ildagina ularni uqish uchun dastlabki qadam quyil-di. Shu yili daniyalik olim Vilgedm Tomson va rus olimi V. Radlovlaryodgorliklardagi barcha xarflarny~uqidilar. " ShuBdaTGsung ularni jiddiy urganish boshlandi. Urxun-Enasoy obidalari «tosh bitiklari» deb xam yuri-tiladi. Buning sababi kupgina yodgorliklarning qabr tosh-lariga uyib yozilganidadir.
Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar: Urxun va Enasoy daryolari atroflari. Turfon (Shar­qiy Turkiston) Osiyo va Yevropaning kupgina joylaridir. Shunga kura ularning Mu>uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Mi­nusinsq), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pe­kin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shve­siya (Stokgolm), Uzbekistan, Qozogiston, Qirgizistonda saqlanishi kuzatiladi.
Ma’lumki, turkiy xalqlar uz davlatiga ega bo’lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. Urxun-Enasoy obida­lari ana shu tarixni badiiy tarzda xikoya qiladi. Ular Urta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo’lgan ulkan xududda uz dav-latlarini idora qilishgan. Yedgorliklar asosan VI—VIII asr voqealarini aks ettiradi.
V—VI asr urtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degatGmamlaqat yuzaga kelgan. Bu mamlakat Urta Osiyo, Yetti-suv, Sharqiy Turqiston, Oltoy ulkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jixat-dan nixryatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyo­ni bomab turuvchi, «Buyuk ipak yuli»ning ustida edi. Shu-ning uchun xam turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo’lgan.
Turli qabila va elatlarning doimiy xukmronlikka in-tilishi odatdagi xrl edi. Bundan dushmanlar x.am foydala-nishga xarakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi xdmkor-likda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545 yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqrn-liq VIII asrgacha xukmronlik qildi.
Tosh bitiklarning katta qismi ana shu xrqonliqning uziga xos badiiy solnomasidir. Ularning xajmi anchayin ulkan.
Jumladan, «Tunyuquq» bitigtoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 smdan iborat. Bu yodgor-likni Yelizaveta Klemens 1897 yili Shimoliy Mugulis-tonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan.
29Bitigtosh Ulan-Batordan 66 km Janubi-Sharqdagi Bain Soq-to manzilida bulgan va xrzir xam shu yerda saqdanadi.



Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling