Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


O’RXUN – ENOSOY YODGORLIKLARI


Download 96.2 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi96.2 Kb.
#1478622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turkiy epigrafik yodgorliklar kurs ishi .1. docx

2. 1.O’RXUN – ENOSOY YODGORLIKLARI.
Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning O’rxun yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir. Kul tigin bitigi, Bilga hoqon bitigtoshi, Kul chur bitigtoshi, To’nyuquq bitigtoshi, Mayun chur bitigtoshi.
Kul tigin bitigtoshi Bilge hoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga qo’yilgan, qilganligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining qalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o’rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo’lgan lavha o’yilgan. Lavhada arxar surati naqshlangan. U hoqonlik tamg’asi hisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o’rnatilish tarixi, hattot yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o’ng va chap tomoniga 13 satrdan yozuv bitilgan. Ba’zi joylarida yozuv o’chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yo’llig’ Tigin ismli kish bajargan.
Bu bitigtosh Kul tiginning akasi Bilga hoqon ko’rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xaritasi uchun Bilga hoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to’qqiz-o’g’izlar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan bo’lgan edi. Qadim zamonlarda Xunn, Ko’kturk, Uyg’ur va boshqa davlatlarning markazlari O’rxun tegrasida joylashganligi sababli Mo’g’uliston turklarning ona yurti hisoblanar edi. To’nyuquq bitigida va boshqa bitiglarida ham Mo’g’ulistondagi joy nomlari tez-tez tilga olinadiki, bu hikoya qilingan harbu-zarblarning aksariyati o’sha hududda kechganligiga aslo shubha uyg’otmaydi. O’sha davr oynomasi vazifasini yana bir yodgorlik – turk hoqoni Eltarishning kichik o’g’li Kultegin qabriga qo’yilgan bitigtosh o’taydi. U 731 yil 47 yoshida vafot etgan. Kultegin bitigidagi barcha voqealar uning akasi Bilga hoqon (asli ism Mo’g’uliyon) tilidan hikoya qilinadi. Bitigni Kulteginning jiyani Yo’llug’tegin yozgan.
Mazkur nomada Bilga hoqonning og’a-inilariga, qarindosh-urug’lariga, xalqqa murojaat qilinib, ularning e’tiborsizligi va soddalligi natijasida turklarga ko’p falokatlar kelganligi uqtiriladi hamda bo’lib o’tgan voqealardan xulosa chiqarishga, millat manfaatlari uchun kurashga da’vat etiladi.
“.... Ey turk xalqi, to’kis ishonuvchansan. Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiyni ham tanimaysan. O’shandayliging uchun hoqonning so’zini olmay har qaerga ketding, u erlarda butunlay g’oyib bo’lding. O’sha erda qolganing har erda o’lib tirilib, zo’rg’a yurgan eding.... Hoqon yo’q bo’lib qashshoq xalqni oyoqqa turg’izdim. Qashshoq xalqni boy qildim. Turk xalqini to’plab davlat tutishingizni toshga o’yib yozdirdim. Adashib ayrilganingni ham bu erda yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi, beklari. Uy, dunyogagina qaraydigan, ko’ziga faqat mol-mulk ko’rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar. Men mangu toshga hammasini yozdim”.
Millatchilik va davlatchilik tarixida muhim ahamiyatga molik ushbu manbada yurt boshlig’ining ko’ngil faryodi o’zining amaliy ifodasini topgan. Mazkur bitigni millat manfaatlari yo’lida kurashgan, g’alaba va mag’lubiyat alamlarini totgan, kelajak taqdiri uchun qayg’ura olishga qodir shaxsgina yozishi mumkin.
“Tepada osmon bosmagan bo’lsa, ko’rligining, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono hoqoningga, emirilgan, qo’ldan ketgan davlatingga. O’zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaerdan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydin kelib surib ketdi? Borgan erda yaxshilik shu bo’ldi? Qoning suvday oqdi, suyaging tog’day uyulib yotdi, bek bo’ladigan o’g’il bolang qul bo’ldi, suluv qiz bolang cho’ri bo’ldi”.
Mazkur bitigda qo’shni tabg’achlarning hiylakorligi, bosqinchiligi natijasida xalq boshiga tushgan kulfatlar afsus-nadomatlarla hikoya qilinadi. Nomada xalq ruhiyatidagi qarashlar shunchalik aniq va haqqoniylik bilan aytiladiki, bu fikrlarni biz yaqin o’tmishimizdagi tariximizga ham tadbiq qilishimiz mumkin. Toshlarga bitilgan achchiq saboqlar, ezgu fikrlar g’alayoni, otashin chaqiriq ruhi asrlar to’fonlariga dosh berdi, o’zining dolzarbligini saqlab qoldi.
Ko’kturklarga tegishli O’rxun yozuvlari boshdan-oyoq milliy shuur, demokratik ruh, milliylik tuyg’usi va markazlashgan hokimiyat g’oyasi bilan to’la bo’lib, tafakkur tarixida misli ko’rilmagan asardir.
Bilga Hoqon (716-734) turk millatining milliy shuur, siyosiy tushunchalari orasida ilg’or demokratik qarashlarni ilgari suradi. U ko’kturklar davlatining birinchi bor bunyod etilishi va yuksalishidan tuygan iftixorini hamda ellik yil davom etgan Chin asoratining achchiq xotiralarini eslatgandan keyin millatning qudratiga bo’lgan ishonchini raqam etadi. Xon ushbu xitobi orqali er va ko’k yiqilmaguncha hech bir millat turk kuchiga, davlatiga xavf sololmasligini ta’kidlab, ellik yillik asorat o’z nuqsonlari bo’lganligidan ogohlantiradi. Bilga hoqon o’z xitobida ko’proq bek va amaldorlardan shikoyat qiladi.
U qullik davrining fojealarini mo’zlar ekan, xalqqa chinliklarning shirin so’ziga, yumshoq ipaklariga uchmaslikni, yo’qsa, yana qullikka bo’lajaklarini uqtiradi:
“Chinliklarning so’zlari totli, ipak matolari yumshoqdir.Shirin so’z bilan, yumshoq ipak mato bilan aldab, o’zlaridan uzoq bo’lgan millatni o’zlariga yaqinlashtirarlar. So’ngra unin ichiga kirib jamiki yomonliklarini amalga oshirarlar. Chinliklar o’zlaridan bo’lmagan mashhur kishilarni, bahodirlarni (alplar) yashatmaslar. Yanglishib ularga ishonganlar, o’z urug’lariga, eng yaqinlariga va millatiga foydali bo’lishdan mahrum Bularlar. Chinliklarning shirin so’zlariga, yumshoq ipklariga aldangan ko’p, juda ko’p Turk yo’q bo’ldi.”
Bilga hoqon 734 yil 25 noyabr kuni xitoyliklarga sotilgan bir saroy zobiti tarafidan o’ldirilgan. Bu tosh bitig 735 yilda o’g’li Bilga Qutluq hoqon tarfidan Kultegin yodgorligidan bir kilometr uzoqlikda o’rnatilgan. Yodgorlik ustidagi so’z tizimlari Bilga hoqonga oiddir. Yodgorlik Yo’llig’ Tigin tomonidan yozilgandir.
O’rxun bitiglarida turk millatining buyukligi milliy axloq va an’analarning ustunligi bilan o’lchanishi qayd etiladi. O’z tili va e’tiqodidan, urf-odatlaridan ularni hech qanday kuch ayirolmasligi ta’kidlanadi. “Turk beklari turkcha otini tashladi, Tabg’ach beklarining tabg’achcha nomlarini qabul qilib, Tabg’ach hoqoniga qaram bo’ldi... Shuncha mehnatini, sarf qilayotgan kuchini andisha qilmay, tabg’ach hoqoni turk xalqni o’ldirayin, urug’ini urug’ini qurutayin, der ekan va uni yo’qotib borayotgan ekan. Ammo yuqorida turk osmoni, turkning muqaddas eri, suvi shunday debdi: “Turk xalqi yo’q bo’lmasin”, deb otam Eltarish hoqonni, onam Elbilga xotunni tangri o’z martabasida tutib, yuqori ko’targan ekan”.
Uning o’g’li Ichan hoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kul tigin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu yozuvni ham Bilga hoqonning amakisi Yo’llig’tigin yozgandir. Bitigtosh ag’darilib 3 bo’lakka bo’lingan, shuning uchun ham yozuvlarning ma’nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga hoqonning taxtga o’tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga hoqonning hoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so’nggi misralarida Bilga hoqonning o’z xalqiga qilgan nasihatlari aks etgan: xalq hoqonidan, er-suvidan (ya’ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko’radi, baxtli, betashvish yashaydi.
Bilga hoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o’rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yo’llig’ tiginning ismi keltiriladi:
«Turk Bilga hoqonning so’zlarini bu tosh ustiga men yozdim «Xokonning jiyani men Yo’llig’ tigin. Bir oy 4 kun o’tirib yozdim…»
Bunga hoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko’rsatilgan:
«Otam hoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To’ng’iz yili beshinchi oyning yigirma ettisida dafn marosimini qildirdim.» Bu it yili 734 yilning uchinchi oyi, yigirma oltisi noyabrning yigirma oyigacha to’g’ri keladi.
To’nyuquk bitigtoshi 2-turk hoqonligiga asos solgan Eltarish bitigtoshi 2-turk hoqonligiga asos solgan Eltarish hoqonining maslahatchisi va sarkardasi To’nyuquqqa bag’ishlanib, 712 – 716 yillari o’tib yozilgan. To’nyuquq bu bitigni o’zi hayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain Tsokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Elizaveta Klements 1897 yili shimoliy Mo’g’iliston safariga borganda topgan.
Tunyukuk bitigtoshi Kul tigin va Bilga hoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi. Bitigtoshda turkiylarning dushman kabilalariga karshi kurashi, To’nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari xikoya qilinadi.
Mo’g’ulistonning Bain Tsokto manzilidan topilgan To’nyuquq bitigi VIII asrga mansub bo’lib, buyuk turk hoqoni Eltarish hoqonning sarkardasi To’nyuquqqa bag’ishlangan bo’lib, 712-716 yillarda bitilgan. Unda lashkarboshining faoliyati, yurt mudofaasi va boshqaruviga doir tadbirlari hikoya qilinadi. Mard sarkardaning xizmatlari yuqori baholanadi, tadbirkorligi va jasorati ko’p g’alabalarning garovi sifatida ta’kidlanadi.
“Turk xalqi o’zining xoni bilan bo’lmay Tabg’ach hoqonlig’iga qo’shildi. Tangri shunday degan ekan: Xon berdim. Xoningni qo’yib, taslim bo’lding. Tabg’achga taslim bo’lgani uchun tangri o’l degan shekilli”.
Bitigda To’nyuquqning tarjimai holi ham ayon bo’ladi: “Men hoqon To’nyuquq Chinda dunyoga kldim. Chunki u paytda turk millati Chinga tobe edi. ... Turk millati parishon bo’ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolmagandi. ... Dastlab Shod (Qutlug’) yonida etti yuz kishi to’plandi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri menga sezgi berganligi sababli uning hoqon bo’lishi uchun harakat qildim va o’zini ham qistadim. U: “To’nyuquq men bilan birga bo’lganda men Eltarish (millatni to’plagan) hoqon bo’layin” deydi. Xitoy va Chinliklarning bu toza kuchni yo’q qilish payiga tushganini bilishmi hamon kundo’z o’tirmay, kecha uxlamay hoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog’iyni daf etdik. Hoqon va turk millati O’tukanga joylashishi bilan Janub va Shimol, Sharq va G’arbdagi barcha urug’lar kelib, bizga qo’shildi”.
To’nyuquq bitigi yuksak saviyada yozilganligi, hokimiyatni saqlab qolishga va ijtimoiy fikr jarayoniga kuchli ta’sir ko’rsatganligi bilan ahamiyatlidir. U siyosiy-ijtimoiy sharhlar, davlat arbobining faoliyati, saltanatni boshqarish tajribalari to’g’risidagi mulohazalari sifatida e’tiborlidir.
Ulug’ noib o’z faoliyatini bayon etar ekan, yana shunday deydi: “Qopag’on xon yigirma etti yoshida taxtga chiqdi, kundo’z o’tirmadi, kecha uxlamadi. Men ham qizil qonimni to’kib, qora terimni oqizib, uning xizmatida bo’ldim. Eltarish hoqon himmat qilmasa yoki ishlamasa edi va men ham ishlamasaydim, biolashgan turk yurti egasiz qolardi. Ular bilan birga bo’lganim bois turk millati birlikka erishdi. Bugun Bilga hoqon ana shu xizmatlarning sharofati bilan turk va O’g’o’z millatini idora etmoqda”. Mazkur ifodalar turk xon va bekliklari qay darajada milliy qahramon bo’lganligini ko’rsatadi.
Chin manbalari yuz ming kishilik Qopag’on hoqonning suvoriylari Chinni istilo qilib, surgundagi turk xalqini qutqazgani, imperator hoqonga uch yuz ming kilogramm g’alla, ellik ming to’p ipak, uch ming ziroat quroli, olti viloyatni berib, sulh to’zganini xabar qiladi. Bitiglar o’z shaxsiy manfaatlari yuzasidan chinliklar bilan til biriktirib, davlatni parchalab tashlagan, xalqni milliy madaniyat va nizomdan uzoqlashtirgan ayrim beklarni qattiq qoralaydi, ularga la’nat yog’diradi.
Turklar ibtidodan urug’ beklari idorasidagi qabila birligiga, feodal asoslarga suyangan siyosiy tashkilotga hamda davlat tushunchasiga ega edilar. Shuning uchun ba’zan boshqa urug’ va davlatlar holida o’zaro urushmoqdan ham yiroq emasdilar. Lekin bu bo’linishlardan qat’iy nazar, ularda milliy shuur mafkurasi hukmron ediki, buhol To’nyuquq bitiglarida ham o’z ifodasiga ega.
To’nyuquq Turk hoqonligi Xitoyga bo’ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko’chib ketgan Turk oilasida tug’ilgan. Faqat qaysi turkiy urug’ga mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda Eltarish Kutlug’ hoqon tomoniga o’tib, Bilge hoqon davrida ham Turk hoqonligida birinchi vazir va xarbiy qo’mondon vazifalarida qolgandir. Bu To’nyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kul tigin va Bilge hoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning kaysi yili o’rnatilganligi aniqlanmagan.
Xitoy imperatoriga vaqtincha qaram bo’lib qolgan Ishpara xonning unga yo’llagan quyidagi so’zlari e’tiborni ortadi: “O’g’limni saroynigizga yuborayapman. U har yili sizga kelib chiqishi samoviy bo’lgan otlar taqdim etajak. Ertayu kech amringizga tayyorman. Ammo kiyimingizni oldini ochishga, o’rilgan sochlarimizni yozishga, tilimizni o’zgartirishga va sizning qonunlaringizni qabul qilishga kelsak, bizning urf-odatlarimiz juda qadimiy bo’lganligi tufayli ularni bo’zishga jasoratim etmaydi. Butun millatimizning qalbi birdir”. Ko’rinib turibdiki, hatto tobelikka va soliqlar to’lashga rozi bo’lgan hukmdor ham millatining ma’naviy qadriyatlarini, milliy shaxsiyatini va nizomini o’zgartirishga aslo yo’l qo’ymayotir.
Turklarning e’tiqodi, Ko’k tangriga munosabatidan shu narsa anglashildiki, turklar islom diniga qadar ham yagona tangriga iymon keltirishgan, eng og’ir pallalarda undan madad kutishgan. Bu xususda O’rxun toshbitiglarida ancha teran mulohazalarga duch kelamiz. "Tangri shunday degan ekan", "'Dunyoni tangri yasaydi" kabi iboralarga tez-tez uchraymizki, bular qadimgi turkiylar yagona tangriga e’tiqod qo’yganliklarini isbotlaydi. Shu bois bo’lsa kerak, o’sha zamonda keng yoyilgan shomoniy, nasroniy, budda dinlaridan ko’ra islom dinining tarqalishiga ma’lum ma’noda qulayliklar mavjud edi. Shu bilan bir qatorda turk qo’shinidagi jangovarlik islomdagi jihodga yaqinligi va uyg’unligi bilan islom dini keng tarqalishiga zamin hozirlagan edi.
VIII asrning solnomasiga aylangan yana bir yodgorlik Bilga xoqon bitigidir. U Eltarish xoqonning katta o’g’li Kulteginning otasi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o’rnatilgan. Bilga xoqonni 734 yilda o’z yaqinlaridan biri zaharlab o’ldiradi. Bu bitig ham Yo’llug’tegin tomonidan yozilgan, lekin zamonlar o’tishi bilan ag’darilib, yozuvlari ancha zararlangan.
Bitigda Bilga xoqon davlatni adolatli boshqarganligi, ko’pgina turk qavmlarini birlashtirgani, mamlakatning iqtisodiy-siyosiy mavqeini yuksaltirgani Yo’llug’tegin tomonidan mahorat bilan bayon etiladi.
Yo’llug’tegin Bilga xoqon tilida davlatning daxlsizligi haqida fikr yuritar ekan, uning necha yoshda qay bir ishlarni amalga oshirganini yilma-yil qayd etib boradi hamda bobolarning yo’l qo’ygan kamchilik-xatolarini keyingi avlod takrorlamasligini maslahat beradi.
Tarixga kirgan solnomalardan yana bir turkumi Enisey bitiglari bo’lib, Enisey daryosi bo’ylaridan topilganligi uchun shunday nom olgan. Ularda ham O’rxun toshbitiglarida bo’lgani kabi yuqori tabaqaga mansub shaxslarningtaqdiri, hayot yo’li, dunyoqarashi o’z aksini topgan.
Marhum zotlarning o’z yaqinlariga, qarindosh-ypyg’lariga, farzandlariga qilgan murojaatida vatanni yog’iylardan himoya qilish kerakligi alohida uqtiriladi. O’z yurtidan, yaqinlaridan ayrilgan shaxsning iztirobli o’ylari, vasiyatlari o’quvchini to’lqinlantiradi. Bu jihatdan Eletmish Bilga xoqon yodnomasi diqqatga sazovordir. Zotan, u ichki hissiyot nuqtai nazaridan O’rxun xotiranomalariga juda yaqin turadi. Eletmish Bilga xoqon poytaxti O’tukan atrofida joylashganini gapirib o’tar ekan, o’z faoliyati xususida quyidagilarni toshga o’yib yozdiradi: "Yuqorida ko’k osmon yorlaqagani uchun, ostda mo’ng’ir er tarbiyalagani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Kunchiqardagi xalq, kun botardagi xalq, to’rt tarafdagi xalq, menga kuch berar, dushmanim esa o’zi egallagan joyni qo’ldan chiqarardi. Sakkiz daryo oralig’ida mening qo’yim va yilqim bor. Sakkiz daryo-Selenga, O’rxun, Tula meni xursand qiladi, Qarg’a va Burgu daryolari bo’yida men o’zim o’rnashyapman".
Bu muhim manbalarda ajdodlarimizning tili, tarixi, turmush-tarzi, urf-odatlari, badiiy ijodlari bilan bir qatorda davlat yuritish tartib-qoidalari ham keng qamrovda aks ettirilgan. Ushbu tartib-qoidalar shaxsiy manfaatlar yuzasidan emas, balki umummillat manfaatlari yuzasidan kelib chiqib bayon etiladi, O’rxun-Enisey bitiglarida aks ettirilgan davlatni boshqarish xususidagi fikrlar, qarashlar bugungi qonunchiligimiz asoslariga juda monand.Bu esa o’z navbatida demokratik davlat qurish g’oyasi va bu yo’ldagi sa’y-harakatlar azal-azaldan xalqimiz dunyoqarashining asosiy tamoyillaridan biri edi, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi.
Enisey bitiglari turkumidan o’rin olgan va qabr-toshlarga, xarsang toshlarga, turli xil idishlarga yozib qoldirilgan "Uyuq Tarlaq yodnomasi", "Uyuq Turan yodnomasi", "Elegeshdan topilgan yodnoma", "Begra yodnomasi", "Chakul yodnomasi", "Achur qishlog’idagi yodnoma", "Oltin-ko’l yodnomalari", "Uybat yodnomasi" kabilar O’rxun yodnomalaridan bir qadar farq qiladi. Bu bitiglar erkin she’r shaklida yozilgan bo’lib, undakgi tarixiy voqealar, shaxslarning o’z faoliyatlari to’g’risidagi xulosalari fikr va tuyg’uning go’zal bir omuxtaligi tarzida aks etadi, o’quvchiga estetik zavq beradi, tabiat va jamiyat sinovlari borasida mulohaza yuritishga chorlaydi.
Enisey marsiyalarining tub-tubidan insoniy dard-alam, chigal taqdirlarning fojeaviy qismati balqib turadi. Mazkur marsiyalar inson hayotining mazmun-moxiyati to’g’risida, borliqning sitamlari, yo’qlikning anduhlari borasida, insoniy - burch va mas’uliyat xususida bahs yuritadi. Ayriliq falsafasining ajoyib namunalari bo’lgan bu ehtirosli misralar tarix saboqlari, tarix o’gitlaridir.
Tarixiy tomirlarimiz namunasi bo’lmish tosh bitiglar qadim va ilk o’rta asr yodgorliklari ijtimoiy fikr taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Oʻrxun-Enasoy obidalari. 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi. Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Maʼlumki, turkiy xalqlar oʻz davlatiga ega boʻlgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. Oʻrxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular Oʻrta Osiyodan boshlab Dunaygacha boʻlgan ulkan hududda oʻz davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI — VIII asr voqealarini aks ettiradi. V-VI asr oʻrtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat Oʻrta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy oʻlkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bogʻlab turuvchi, “Buyuk Ipak yoʻli”ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta boʻlgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi. Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning oʻziga xos badiiy solnomasidir. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan oʻrganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan keyin S. Malov, S. Klyashtorniy, I. Stebleva, H. Oʻrxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, oʻzbek olimlaridan A. Qayumov, A. Rustamov, Gʻ. Abdurahmonov, N. Rahmonov, Q. Sodiqov oʻrganishgan. Yodgorliklar hozirgi oʻzbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qogʻozga, turli buyumlar (kumush koʻzachalar, yogʻoch, teri, oyna, qayish toʻqasi)ga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, “Irq bitigi” (“Taʼbirnoma”) qogʻozda yozilgan. Soʻzni “Toʻnyuquq” bitiktoshidan boshlaylik. Toʻnyuquq — shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi boʻlgan. Toʻnyuquq “Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim” deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning oʻgʻli edi. Bitiktoshdagi voqealar Toʻnyuquq tilidan hikoya qilinadi: “Men — Dono Toʻnyuquqman. Oʻzim Tabgʻach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabgʻach davlatiga boʻysunar edi…” Soʻng ana shu dahshatning — turkiylarning oʻz erkini qoʻldan berib qoʻyishlarining sababi aytiladi: “Turk xalqi boshboshdoqlikka, oʻziboʻlarchilikka, beparvolikka yoʻl qoʻydi…”. Mustamlaka azobi, oʻzga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va loʻnda, ammo nihoyatda taʼsirchan tarzda ifodalanadi: “… Tabgʻachga taslim boʻlganligi uchun Tangri, oʻl degan, shekilli, turk xalqi oʻldi, yoʻq boʻldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urugʻ qolmadi”. Toʻnyuquq yetti yuz kishini birlashtirib, “shad” degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi. Toʻnyuquq Boʻgu tarxon hamda Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch oʻtirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi. Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida Toʻnyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos boʻlgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jurʼat, baʼzan nihoyatda keskinlik, choʻrtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq koʻrinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon boʻladi. Toʻnyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning oʻz vatani, xoqoni, qoʻshini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan oʻzini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning “xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan bahosida ham shu ruh mavjud. Toʻnyuquqning xotirjamligi esa “xalqning tomogʻi toʻq edi” jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan Toʻnyuquqning “tun uxlagim kelmadi, kunduz oʻtirgim kelmadi” deyishi uning oʻz taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini koʻrsatib turibdi. Toʻnyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: “Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim”.
Toʻnyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar boʻlishidan qatʼi nazar, unda hayot haqiqati ham, tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda oʻz aksini topgan. Turkiy qabila va elatlarning oʻzaro talashib-tortishishlari ham, tashqi dushman bilan boʻlgan ayovsiz kurashlar ham, aslida, tarixiy haqiqatdir. Eltarish, Boʻgʻu, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asarda tilga olingan koʻplab qabila, urugʻlar tarixda mavjud boʻlgan, ularning bir qismi hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yashab kelmoqda. Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq, yetakchilik qiladi. Toʻnyuquq tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo koʻrinmaydi. Uning harakatlarida, soʻzlarida oʻziga ham, butun xalqiga ham buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning gʻalabalarida asosiy omil boʻladi. “Toʻnyuquq” bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda oʻziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning oʻzida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad toʻlaligicha amalga oshgan. Yodgorlikning til xususiyatlari ham eʼtiborga loyiq. U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi koʻplab soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida aynan qoʻllaniladi. Turkiy bitigtoshlar O’rta Osiyoda ko’p topilmagan. Askan Talasdan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma’lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o’tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida O’rxun – Enasoy harfi shaklidagi ikki qator yozuv bitilgan tosh topdi. Yana Talasdan 1933 yilda ettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O’sh viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma’lum qilingan. Yodgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo’lib turibdi. Bu erlarda topilgan yozuvlar hattotlik mahorati jihatidan turli-tuman, chunki yozuv keng xalq orasida qo’llangan. Yozuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruhi orasida u kengroq qo’llanilgan. Masalan, yirik O’rxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari yozuv mahoratini egallagan, maktabda maxsus o’qitilgan. Maya tog’idagi yozuvni bitishda kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi. Ular xunuk xat bilan yozilgan. Qadimgi turkiy yozuvlar tarqalgan o’lkalar orasida O’zbekiston xududlarining ham alohida urni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmokda. Masalan, Fargona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e’lon qilgan Farg’ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o’qigan Farg’onadan topilgan bronza o’zugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiklaydi.
Tadqiqotlar O’zbekiston hududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmokda. 1986 yili O’z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lo’mbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo’lib, V – VIII asrlarga oid bo’lgan mustahkamlangan qishloq qo’rg’oni edi. Bu erda hayot IX – X asrlarda o’zilib qolgan.
Bu yodgorlikda ko’plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy yozuviga daxldor muhim obida topildi. Bu obidabo’yi 20 sm.dan sal ortiqrok, qorin qismining keng nuqtasi 16 – 17 sm, bo’yin qismi tor xumcha bo’lib, uning og’zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoklama ushlagichi bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo’nalgan qadimiy turkiy bitik o’yib tushirilgan.
Bitik idish xumdondan pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog’ida kuyidagi yozuv mavjud.

1 2 3 4 5 6 7
Bu erdagi birinchi va oltinchi harflar « k » harfini ifodalar ekan. Har ikki o’rinda ham harflar O’rxun – Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu yozuv mutaxassis bo’lmagan, bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo’lishi mumkin deb izohlaymiz. To’rtinchi harf « m » deb o’qilgan. To’nyuquq bitigtoshida shu harfni birlashtiruvchi chizig’i to’g’ri yozilgan bo’lsa, bu erda qiyalatib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: k, i, a, i, ch, k, ch. Turk xatinning tovushlar uyg’unligi (singarmonizm) qonuniga mslashganligi, bu erda so’zlarning qattiq yoki yumshoq o’zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. Shunga asosan fikr yuritadigan bo’lsak, birinchi so’z yumshoq o’zaklidir, chunki u k tovushi bilan kelgan. Turkiy so’zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so’z chegarasi ham shu erda bo’ladi: « i » birinchi so’zga, « a » harfi ikkinchi so’zga taalluqli bo’ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq eshini (variantini) undan keyingi belgi esa yumshok «k» ni ifodalaydi. «I» oldingi, «K» esa oxirgi so’zga tegishlidir. Shundan kelib chiqib bitigni uch so’zga ajratish mumkin: o’rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o’zakli so’zlardir. Endi so’zlrni o’qib chikishga harakat qilamiz: 1 va 2-harfi birinchi so’zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko’ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini qo’shsak, «eki» deb o’qish mumkin bo’ladi. Qadimgi turkiy talaffo’zda ikki so’zi eki tarzida ishlatilgan. Harflarning ikkinchi guruhini (a, m, n) amin deb o’qish mumkin. V.Radlovning turkiy lahjalar bo’yicha lug’atida bu so’zga «yashamok, turmok, turish, hayot, makon» deya ta’rif berilgan.
So’nggi ikki harfni (k va ch) birlashtirib «hech» yoki «ekach» deb o’qilsa bo’ladi. M.Qoshg’ariyning lug’atida o’z singlisidek kiz «ekach» deb atalgan. Yana bir faraz matndagi «ekach» so’ziga « a » qo’shimchasi qo’shilsa, u jo’nalish kelishigi shaklini oladi va «egachimga» shaklini oladi. Yukoridagi da’volar asosida ko’zachadagi yozuvni quyidagicha o’qish mumkin bo’ladi:
eki amin ekach « a »
Talqinimizni chin bo’lgan taqdirda, uning ma’nosi: «Egachimga ikki umr (bersin)», «Egachimning ikki dunyosi obod bo’lsin» degan mazmun anglashiladi.
Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to`plovchisi va tadqiqotchisi bo`lgan F.I Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog`liq.Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt xukumatdan uni ham o`z ekspeditsiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishlashadi. 1730 yili ular Lyubenda «Ovro`pa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jug`rofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo`lib , unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so`ng Enasoy Yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu Yozuvlarni shakliga qarab , gox slavyan, gox keltlarga, va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha : “turkiy xalqlar Sibirning erli axolisi emas shuning uchun bu Yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo`lishi mumkin emas”.
XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy,Abakan daryosi qirg`oqlaridan ,Oltinko`l yaqinidan ,Buluk daryosi bo`ylaridan ko`plab toshga yozilgan Yozuvlarni topdilar. Lekin bu Yozuvlarning taqdiri ham avalgi Yozuvlarning taqdiriga o`xshab noma`lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo`lib N.YAdrintsev isbotlab berdi. U topilgan Yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini , turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo`shni bo`lganligini , bu Yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma`lumligicha qolaverdi.
N.M.YAdrintsev boshliq ekspeditsiyaning Urxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha» li bitigtoshlar ko`pchilik tarixchilarning diqqatini o`ziga jalb qildi.
Kultegin bitigida xitoycha Yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma`lum bo`lishicha , bitigtoshlarning biri Biliga xoqon va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultigin sharafiga bitilgan ekan. N.YAdrintsev topilmasidan so`ng bu Yozuvlar Urxun- Enisey Yozuvlari deb nomlandi. Ba`zi olimlar bu Yozuvlarni run Yozuvlariga o`xshashligini nazarda tutib , turkiy-run Yozuvlari deb atayverdilar.
1891 yili N.YAdrintsev Ungin daryosi bo`yidan yana bir bitigtosh topadi. U fanda Ungin bitigtoshi deb atala boshladi. Keyinchalik Ettisuvdan bitigtoshlar topildi. Ular shakl jixatidan Urxun Yozuvlaridan bir oz farq qilgan.
Yozuvlarni o`qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad`lovlar zimmasiga tushdi. 1893yil bahorida Tomson Urxun daryosi bo`yidan topilgan Yozuvlarni o`qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig`ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar Yozuvini deshifrovka qilib o`qishda qo`llagan tajribasi Urxun Yozuvlarining kalitin ochishda ham qo`l keladi. U Yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan xolda, Urxun Yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so`zlarini o`qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi.
Tomsondan keyin V.Rad`lov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig`ilishida Kultegin bitigini o`qiganligi haqida ma`lumot beradi. V.Rad`lov bu bitiktoshlardagi turkiy Yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida,ya`ni, Tomson o`qishiga qadar aniqlab bo`lgan edi. Shunday qilib,ikki olimning sa`yi-haraktlari bilan bu Yozuvlar – run, ya`ni sir emasligi isbotlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy Yozuvda bitilganligi isbotlangandan so`ng, yana bir muammo paydo bo`ldi: Urxun – Enisey Yozuvlari qaysi Yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir to`xtamga kela olganlari yo`q. V. Tomson bu Yozuvdagi ayrim harflarning seliy – paxlaviy Yozuvidagi harflarga o`xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o`xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos xolda qayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to`ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy Yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu Yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo`lgan. Dastlabki oromiy Yozuvi finikiya Yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o`rtalarida oromiylar finikiya Yozuviga ayrim o`zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko`pgina xalqlar : yaxudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy Yozuvini o`z tillariga moslashtirganlar.
Qozog`istonlik olim A.S. Omonjulovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo`lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olma-otadan topilgan (Issikdan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu erdan topilgan chetlariga turkiy – runiy Yozuvlariga o`xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma raxbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shaxriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini xisobga olmaganda bitik Urxun Yozuviga mansub. Bu loy bitig o`ziga xos tumor bo`lgan. Xo`sh bu yangi belgilar qaerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma`lum, lekin, bu belgilar o`sha davr bilan shug`ullanuvchi olimlarning aytishicha Yunon alifbsidan olingan.
E.D. Palivanov turk – Yunon Yozuvlarini turkiy muxitning o`zida paydo bo`lganligi haqidagi fikrni bildiradi.
Endi qadimgi turkiy Yozuvi haqida :
Qadimgi Turkiy Yozuvi 38 harfdan iborat bo`lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. YAna ba`zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo`llanilgan. Bu qadimgi Yozuv o`ngdan chapga qarab yozilgan va so`zlar orasiga ikki nuqta (: ) qo`yilgan.
Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk Yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo`lgan va asosan oromiy Yozuvi asosida shakllangandir.
Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning Urxun Yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir.
Tunyuquq bitigtoshi 2-turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslaxatchisi va sarkardasi Tunyuquqka bag`ishlanib, 712 – 716 yillari o`yib yozilgan. Tunyuquq bu bitigni o`zi xayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain TSokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Elizaveta Klements 1897 yili shimoliy Mo`g`iliston safariga borganda topgan.
Tunyuquq bitigtoshi Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi.
Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, Tunyuquqning xalq oldidagi xizmatlari xikoya qilinadi.
Tunyuquq Turk xoqonligi Xitoyga bo`ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko`chib ketgan Turk oilasida tug`ilgan. Faqat qaysi turkiy uruqqa mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda Eltarish qutlug` xoqon tomoniga o`tib, Bilge xoqon davrida ham Turk xoqonligida birinchi vazir va harbiy qo`mondon vazifalarida qolgan. Bu Tunyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning qaysi yili o`rnatilganligi aniqlanmagan.
Kultegin bitigtoshi Bilga xoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo`lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga o`yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining kalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o`rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo`lgan lavxa o`yilgan. Lavxada arxar surati naqshlangan. U xoqonlik tamg`asi xisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o`rnatilish tarixi, xattot Yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o`ng va chap tomoniga 13 satrdan Yozuv bitilgan. Ba`zi joylarida Yozuv o`chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yullig Tegin ismli kishi bajargan.
Bu bitigtosh Kulteginning akasi Bilga xoqon ko`rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xotirasi uchun Bilga xoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to`qqiz-o`g`izlar bilan bo`lgan jangda xalok bo`lgan edi.
Bilga xoqon bitigi – Bilga xoqon 734 yil 25 noyabrda o`z yaqinlari tomonidan o`ldiriladi. Uning o`g`li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu Yozuvni ham Bilga xoqonning amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag`darilib 3 bo`lakka bo`lingan, shuning uchun ham Yozuvlarning ma`nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga xoqonning taxtga o`tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga xoqonning xoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so`nggi misralarida Bilga xoqonning o`z xalqiga qilgan nasixatlari aks etgan: “xalq xoqonidan, er-suvidan (ya`ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko`radi, baxtli, betashvish yashaydi”.
Bilga xoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o`rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yullig tiginning ismi keltiriladi:
«Turk bilga xoqonning so`zlarini bu tosh ustiga men yozdim,Xoqonning jiyani men Yullig Tegin,bir oy 4 kun o`tirib yozdim…»
Bunga xoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko`rsatilgan:
«Otam xoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To`ng`iz yili beshinchi oyning yigirma ettisida dafn marosimini qildirdim».Bu it yili 734 yilga to`g`ri kelsa kerak.



Download 96.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling