Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


O`RTA OSIYODA TOPILGAN TURKIY BITIKLAR


Download 96.2 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi96.2 Kb.
#1478622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turkiy epigrafik yodgorliklar kurs ishi .1. docx

2.2. O`RTA OSIYODA TOPILGAN TURKIY BITIKLAR.
Turkiy bitigtoshlar O`rta Osiyoda ko`p topilmagan. Asosan Talas vodiysidan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma`lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o`tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida urxun – enasoy xarfi shaklidagi ikki qator Yozuv bitilgan tosh topdi. YAna Talasdan 1933 yilda ettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O`sh viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma`lum qilingan.
YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo`lib turibdi. Bu erlarda topilgan Yozuvlar xattotlik maxorati jixatidan turli-tuman, chunki Yozuv keng xalq orasida qo`llangan. Yozuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruxi orasida u kengroq qo`llanilgan. Masalan, yirik Urxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari Yozuv maxoratini egallagan, maktabda maxsus o`qitilgan. Mayada toshlardagi Yozuvlarni bitishda ushbu Yozuv avtorlarining kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi,ular xunuk xat bilan yozilgan.
Qadimgi turkiy Yozuvlar tarqalgan o`lkalar orasida O`zbekiston xududlarining ham alohida o`rni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Farg`ona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e`lon qilgan Farg`ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o`qigan Farg`onadan topilgan bronza uzugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi.
Tadqiqotlar O`zbekiston xududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmoqda. 1986 yili O`z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lunbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo`lib, V – VIII asrlarga oid bo`lgan mustahkamlangan qishloq qo`rg`oni edi. Bu erda xayot IX – X asrlarda uzilib qolgan.
Bu yodgorlikda ko`plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy Yozuviga daxldor muxim obida topildi. Bu obida buyi 20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuktasi 16 – 17 sm, bo`yin qismi tor xumcha bo`lib, uning og`zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoqlama ushlagich bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo`nalgan qadimiy turkiy bitik o`yib tushirilgan.
Bitik idish xumdonda pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog`ida quyidagi Yozuv mavjud.
1 2 3 4 5 6 7
B
u erdagi birinchi va oltinchi xarflar « k » xarfini ifodalar ekan. Har ikki o`rinda ham xarflar Urxun–Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu Yozuv mutaxassis bo`lmagan bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo`lishi mumkin deb izoxlaymiz. To`rtinchi xarf « m » deb o`qilgan. Tunyuquq bitigtoshida shu xarfni birlashtiruvchi chizig`i to`g`ri yozilgan bo`lsa, bu erda qiyaltirib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: «k, i, a, m, i, k, ch». Turk xatinning tovushlar uyg`unligi (singarmonizm) qonuniga moslashganligi, bu erda so`zlarning qattiq yoki yumshoq o`zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan fikr yuritadigan bo`lsak, birinchi so`z yumshoq o`zaklidir, chunki u « k » tovushi bilan kelgan. Turkiy so`zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so`z chegarasi ham shu erda bo`ladi: « i » birinchi so`zga, « a » harfi ikkinchi so`zga taalluqli bo`ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq (variantini) undan keyingi belgi esa yumshoq « k » ni ifodalaydi. «i» oldingi, « k » esa oxirgi so`zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so`zga ajratish mumkin: o`rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o`zakli so`zlardir. Endi so`zlrni o`qib chiqishga harakat qilamiz: 1 va 2-xarfi birinchi so`zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko`ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini ko`shsak, «eki» - deb o`qish mumkin bo`ladi. Qadimgi turkiy talaffuzda ikki so`zi eki tarzida ishlatilgan. Xarflarning ikkinchi guruxini (a, m, n) «amin» - deb o`qish mumkin. V.Radlovning turkiy loxjalar bo`yicha lug`atida bu so`zga «yashamoq, turmoq, turish, xayot, makon» deya ta`rif berilgan.
So`nggi ikki xarfni « k » va « ch » birlashtirib «xech» yoki «ekach» deb o`qilsa bo`ladi. Mahmud Qoshg`ariyning lug`atida o`z singlisidek qiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz matndagi «ekach» so`ziga « a » qo`shimchasi qo`shilsa, u jo`nalish kelishigida «egachimga» shaklini oladi. YUqoridagi da`volar asosida ko`zachadagi Yozuvni quyidagicha o`qish mumkin bo`ladi:
Eki amin ekach « a »
Talqinimizni chin bo`lgan takdirda, uning ma`nosi: «Egachimga ikki umr (bersin)», «Egachimning ikki dunyosi obod bo`lsin» degan mazmun anglashiladi.
Bundаn yuz yillаr ilgаri turkiy хаlqlаrning yozuvi tаqdiri shumеr mixxаtlаri tаriхigа o’хshаrdi. Bir nеchа ming yillаr dаvоmidа shаkllаngаn turkiy yozuvlаr uzоq vаqtgаchа jаmоаtchilikkа mа’lum bo’lmаy kеldi.ХVIII аsrdа turkiy хаlqlаr yozuvlаri hаqidа dаstlаbki mа’lumоtlаr pаydо bo’ldi. Lеkin yozuvlаr qаysi хаlqgа mаnsub ekаnligi muаmmоligichа qоlаvеrdi. Chunki bu yozuvlаrni hеch kim o’qiy оlmаdi. 1691 yildа Моskvаdаgi Gоllаndiya elchiхоnаsi а’zоlаridаn biri Nikоlаy Vidzеn Vеrхоturdаn unchа uzоq bo’lmаgаn jоydа nоmа’lum аlifbоdа yozilgаn bitigtоshlаrni tоpdi. N.Vidzеn o’z dаvrining yirik оlimi edi. U Sibirdаgi do’stlаrigа хаt yozib yangi tоpilmаlаr hаqidа хаt yozishlаrini iltimоs qilаdi. N.Vidzеnning bu sоhа bilаn qiziqishigа Sibir vilоyati bоshligi Gоlоvin sаbаb bo’lgаn edi. U Sibir bo’ylаb sаyohаt qilib yurgаnidа Оb dаryosining o’pirilgаn jоyilаn оdаm suyaklаri sаqlаngаn yog’оch quti, kumush bоldоq, idishlаr tоpаdi. Bu tоpilmаlаrni u N.Vidzеngа sоvg’а qilаdi. Lеkin bu tоpilmаlаr vа yozuvlаr qаysi хаlqqа tеgishli ekаnligi nоmа’lum edi. Оrаdаn 5 yil o’tgаch 1696 yildа tоbоllik bоyar o’g’li Sеmyon Rеmеzоv hаm Sibir yеrlаrining хаritаsini chizаyotib, bir punktigа O’rхun tоshi dеb bеlgi qo’ydi. Nоmа’lum yozuv bitilgаn bu tоsh хаritаdа chеgаrа vаzifаsini o’tаy bоshlаdi. Bundаy yozuvlаr hаqidа 1710 yildа аsirlikkа tushgаn shvеd zоbiti Filipp Iоgаnin Strаlаnbеrg to’liqrоq mа’lumоt bеrаdi. Аsirlikdа u 13 yil yashаb nоmа’lum yozuvning jаdvаlini hаm chizib оlаdi. Uningchа bu yozuvlаr run yozuvlаri dеb аtаlа bоshlаndi. Run dеb аtаlishigа sаbаb, gоt yozuvigа tаshqi jihаtdаn o’хshаshligidir. Runа – sir mа’nоsini bildirаdi. Qаdimgi оlmоnlаrning run yozuvi milоdiy II-III аsrlаrdа kеlib chiqqаn .Turkiy yozuvlаr esа G’аrbdаgi run yozuvlаri pаydо bo’lgungа qаdаr hаm mаvjud edi.1716 yili Pyotr I Dаnsigdа prоfеssоr Brеynning tаbiyot-tаriх muzеyini bоrib ko’rаdi. Shundаn so’ng оlimdаn bu sоhаdа iqtidоrli kishi bеrishni iltimоs qilаdi. Brеyn do’sti, tibbiyot fаnlаri dоktоri Dаniil Gоtlib Меssеrshmidtni tаvsiya qilаdi. U tаriх, jo’g’rоfiya, bоtаniqа sоhаsidа hаm bilimdоn edi. Оrаdаn ko’p o’tmаy D.Меssеrshmidt Pеtеrburggа chаqirildi. Ungа Sibirning fizik tаsvirini yarаtish tоpshirildi. U yеtti yil tinimsiz ishlаdi. Qаdimiy turkiy yodnоmаlаrning ilk to’plоvchisi vа tаdqiqоtchisi bo’lgаn F.I.Strаlаnbеrgning fаоliyati hаm D.G.Меssеrshmidt nоmi bilаn bоg’liq. Ulаr 1720 yili Tоbоlsk shаhridа tаnishаdi. Меssеrshmidt hukumаtdаn uni hаm o’z ekspеdisiyasigа kiritishni iltimоs qilаdi. Ulаr ikki yil dаvоmidа birgа ishlаdilаr. 1730 yili ulаr Lyubеndа «Yevropа vа Оsiyoning shаrqiy vа shimоliy qismining tаriхiy hаmdа jo’g’grоfiy tаsviri» kitоbini nаshr etdilаr.
Qadimgi turkiy yozuvi (Urxun-yenisey yozuvi) yoki Qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va boshqa ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-asr (baʼzi manbalarda 8—10-asr)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi haqida dastlab 18-asrning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg hamda nemis olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va 1891-yil V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasini tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.
Urxun-Yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqdagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va pahlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuvining paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzil-kesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u "ayirgʻich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuvining Lena-Baykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V.V. Radlov, P.M. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akademik Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, professor N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Darhaqiqat, «noma’lum yozuv» O‘rta Osiyoning janubi y-sharqiy qismi va Afg‘onistonning shimoliy-g‘arbida shakllangan ko‘rinadi. Bu yozuv yodgorliklarining tarqalish mintaqasi «Issiq» qo‘rg‘oni hududi va Yettisuvdan janubga, to Hindikushgacha, sharqdan shimoliy Afg‘onistongacha, g‘arbdan sharqiy Turkmanistongacha yoyilgan. Faoliyat doirasi esa miloddan avvalgi III asrdan milodiy VIII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 1978 yilda Afg‘oniston hududidagi arxeologik izlanishlar paytida qadimgi Oyxonum shahrida – yana miloddan avvalgi II asrga xos yana bir bitik topilgan. V.A.Livshits «Issiq yozuvi»ga o‘xshash bu bitikni VII-VIII asrlarga xos deb qaraydi. Xuddi shu yozuvda bitilgan yodgorlik Turkmaniston (marv)dan ham topilgan. Xullas, ilm-fanda olimlar o‘rtasida VI-VIII asrlarga xos turkiy-run (urxun-yenisey) bitiklarining ilk bor topilganida uning yozuvi, tili, yuzaga kelgan davri, o‘rni va tarqalish hududlari kabi masalalarda munozarali fikr-mulohazalar ancha vaqt davom etgani kabi Markaziy Osiyodan topilgan qadimgi bitiklar «noma’lum yozuv»lar nomi bilan qaysi tilga tegishliligi haqida ham ana shunday munozaralar davom etdi. Shu bois yuqorida qayd etilgan fikrlar va ma’lumotlar turlichadir. Shunga qaramasdan, o‘zbek yozuvshunoslari «noma’lum yozuv»larni o‘rganishni davom ettirib, haqiqatga yaqin fikrlarni aytmoqda. Nasimxon Rahmonov va Boqijon Matboboyevlarning fikricha, «Issiq yozuvi»ni o‘rganish, tatbiq etish shuni ko‘rsatadiki, u Markaziy Osiyo turkiy-runiy yozuvining ilk namunasi, harf va tovush (fonografik) yozuvining mukammal ko‘rinishidir. Buni Markaziy Osiyoning ko‘pgina hududlaridan, jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida Baqtriya davlati hududi (Surxondaryo)dan, xususan, Farg‘ona vodiysidan, ayniqsa, Kampir tepa, Ko‘hna Termiz, Qo‘shtepa kabi ko‘plab hududlardan topilgan bitiklardagi yozuv namunalari «Issiq yozuvi» an’anaviy ravishda davom etganini tasdiqlaydi. Jumladan, mashhur turkolog I.Kizlasov turkologiyada yangi fikr aytgan edi. U «Isfara yozuvi»ni butun O‘zbekiston hududidan topilgan turkiy-run yozuvlari uchun asos bo‘lgan, deb qaragan. Isfara daryosi sohilidan topilgan yozuv yodgorliklari, xususan, turkiy-run yozuvlari topilgan joylar Farg‘ona vodiysi nomi bilan tilga olinadi. Demak, Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston ham turkiy-runiy yozuvining vatani bo‘lgan, degan mulohaza haqiqatga yaqindir. VI–VIII asrlarda bir chegarasi Oltoydan tortib markiziy Mo‘g‘ulistonga qadar, ikkinchi yog‘i Sharqiy Turkistondan tortib Kaspiyga qadar ulkan hududda amal qilgan Birinchi va Ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlarining rasmiy tili turkiy til edi. Saltanatning davlat va jamiyat boshqaruvi, xalqaro diplomatik munosabatlari, rasmiy yozishmalar turkiy tilda olib borilgan. Rasman ko‘k turk yozuvi amalda bo‘lgan. Badiiy adabiyot, ilmiy va tarixiy asarlar, xonlarning tuzuklari, yorliqlari va chet ellar bilan yozishmalari turk tilida va ko‘k turk yozuvida bitilgan. Hatto turkiy til Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro til sifatida amal qilgan. Ko‘k turk xoqonliqlari keyinchalik uning o‘rnida yuzaga kelgan uyg‘ur xoqonlig‘i zamonida Markaziy Osiyoda, ayniqsa Buyuk ipak yo‘lida keng yoyilgan sug‘d tiliga, o‘rni bilan tabg‘ach (xitoy) tiliga ham e’tibor qaratilgan. Masalan, monumental matnlar bitishda, turkiy til bilan barobar, sug‘d, ba’zan tabg‘ach tillaridan ham foydalanilgan. Buni o‘sha kezlardan qolgan ikki, uch tilli bitiglarda ham kuzatishimiz mumkin. Chunonchi, 732 yili tiklangan Kul tigin bitigi ikki tilli: asosiy matn turkchada, toshning ters yuzida xitoycha yozuvi ham bor. To‘quz o‘g‘uz (uyg‘ur) xoqoni Alp 21 Bilga (xitoy manbalarida Baoi) xotirasiga 820–821 yillarda tiklangan Qorabalg‘asun obidasi uch til – turkiy, sug‘dcha va xitoy tilida bitilgan. Bu dalillar turk muhitida, ona tili bilan birga, mazkur tillarga ham alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi. Ko‘k turk xoqonliqlarining ayrim o‘lkalarida, xoqonliqqa qaram va unga qo‘shni yurtlarda, turklar bilan aralash yashaydigan boshqa qavmlar ichida ikki tillilik ham amal qilgan. Masalan, Sug‘dda va xoqonliq hududidagi sug‘dlar ko‘chib kelib o‘rnashgan ayrim kentlarda, sug‘d-turk qo‘shtilliligi, Xorazmda xorazm-turk, qo‘shni Toharda va turk xoqonlig‘i, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga qo‘shni viloyatlarida, asosan, to‘xrilar orasida to‘xri-turk qo‘shtilliligi ham amalda bo‘lgan. O‘tmishda yaratilgan matnlar ichida ikki, uch tillilari ham anchagina. Lekin matn ikkitilliligi bilan jamiyat orasidagi bilingvizm (qo‘shtillilik) hodisasini qorishtirmaslik kerak. Chunonchi, yuqorida qayd etilgan o‘lkalarda xorazm-turk, sug‘d-turk, to‘xri-turk qo‘shtilliligi bo‘lgan. Lekin tabg‘achturk qo‘shtilliligi turk jamiyati o‘tmishida uchramaydi. Turkiy yodgorliklarda xitoycha matnlarning berilishi xitoy tilining mavqeini nazarda tutgan holda shakllangan. Islom davrida turklar orasida arab tilining o‘rganilishi va arabiy savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligini ham qo‘shtillilik hodisasi deb sanamaslik kerak. Turkiy til keyingi davrlarda yuzaga kelgan turkiy davlat va saltanatlarning rasmiy tili sifatida amal qildi. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida turkiy tilning obro‘-e’tibori, boshqa tillar o‘rtasidagi mavqei, O‘rta va Markaziy Osiyodagi til vaziyati to‘g‘risida to‘la ma’lumot bergan edi. U turkiy tilning Sharq xalqlari o‘rtasidagi mavqei xususida to‘xtalib, uni “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o‘zib borayotgan turk tili” deya ta’riflaydi (MK.I.46). Turk bo‘lmagan jamoalar ichida turk tilini o‘rganishning kerakligi xususida yozadi: “Ularning [turklarning] o‘qlaridan 22 saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar, o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib yuboradilar. Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni payg‘ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg‘ambar qiyomatning belgilari, oxir zamon fitnalari va o‘g‘uz turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk tilini o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi. Hadisning to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligining javobgarligi aytgan kishilar gardaniga. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, turk tilini o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda ham uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi (MK.I.43–44). Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy qavmlarning yerlashuvi, bu o‘lkalardagi xalqlarning tillari to‘g‘risida ham keng ma’lumot beradi. Asarda ta’kidlanishicha, Rumga yaqin birinchi qabila päčänäk, so‘ng qїwčaq, oğuz, yämäk, bašğїrt, basmїl, qay, yabaqu, tatar, qїrqїz keladi. Qirqizlar Chin yaqinidadir. Bu qabilalarning yeri Rum yonidan kun chiqargacha cho‘zilgan. “Devonu lug‘atit turk”ka kiritilgan xaritada ko‘rsatiluvicha, bu yurtlar G‘arbdan Sharqqa tomon cho‘zilgan. Muallif yana davom etadi: So‘ng čigil, so‘ng tuxsї, so‘ng yağma, so‘ng їğraq, so‘ng čaruq, so‘ng čumul, so‘ng uyğur, so‘ng taŋut, so‘ng xїtay. Xitoy – Chindir. So‘ngra tawğač, bu Mochindir (MK.I.64). “Devonu lug‘atit turk” asariga kiritilgan xaritada bu qabilalarning yurtlari janub bilan shimol o‘rtasida berilgan. 23 Turk ellarining chegaralari to‘g‘risida ham Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qarashlari bor. Chunonchi, u Qaz so‘ziga izoh berar ekan, yozadi: “Qaz – Afrasiyob qizining nomi... Ba’zilar turk shaharlari chegarasi Marvash – Shohijondan boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi Toŋa Alp Er – Afrasiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Mavoraunnahrni turklar o‘lkalaridan deb hisoblaganlar. U Yankänd dan boshlanadi. Uning bir oti Dïzrujïn dir. U sariqligiga ko‘ra, mis shahri demakdir. Bu Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrasiyobning qizi – Qazning eri Sïyavuš o‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kun bu yerga kelib, Sïyavuš o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun Mavoraunnahr, Yankand dan Sharqqacha bo‘lgan o‘lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, Samarqand – Semizkänd, Taškänd – Šaš, Özkänd, Tünkänd nomlarining hammasi turkchadir. Känd turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan. Hozir turk o‘lkalarining chegarasi Äbisgün dengizi bilan o‘ralgan. Rum o‘lkasidan va Özjänd dan Chingacha cho‘ziladi. Uzunligi besh ming farsax, eni uch ming farsax, hammasi sakkiz ming farsaxdir” (MK.III.163–164). Mahmud Koshg‘ariyning “Känd turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan” degan ma’lumotlari Mavoraunnahrning sanab o‘tilgan o‘lkalari turklar tomonidan bunyod etilgani, keyinchalik bu yerlarda forsiyzabonlar nufuzining ham oshganligi, joy otlarining esa forscha atab ketilganidan dalolat beradi (İnčüögüz – Sirdaryā, Keš (~Käš) – Shahrisabz singari joy otlarining yuzaga kelishi bunga misol). 24 Mahmud Koshg‘ariy yuzyilliklar osha Markaziy Osiyo tuprog‘ida yashab kelgan etnik guruhlar va ularning tillari to‘g‘risida ham aniq-taniq ma’lumot keltiradi. Jumladan, u mazkur o‘lkalarda yashovchi soğdaq, känčäk, arğu larni “ikki tilda so‘zlashuvchilar” deya ta’kidlaydi. Uning yozishicha, xo‘tanliklar, tubutlar va tangutlarning ba’zilari kabi ikki tilda so‘zlaydiganlar va boshqa shaharlarga borib yurganlar tilida buzuqlik bor. Bular bu yerlarga so‘ng kelganlar (MK.I.65). Mochinliklar va chinliklarning ayricha tillari bor bo‘lsa ham, shaharliklar turkchani yaxshi biladilar. Olimning yana ta’kidlashicha, ularning turklar bilan yozishmalari turkchadir (MK.I.65). Tubutlarning tillari alohida. Shuningdek, xo‘tanliklarning ham ayrim yozuvlari va ayrim tillari bor. Tubutlar ham, xo‘tanliklar ham turkchani yaxshi bilmaydilar (MK.I.65). Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Balasağun, Tїraz, Mädinätülbäyzä shaharlarining xalqlari sug‘dcha va turkcha so‘zlaganlar (MK.I.66). Ushbu fakt ikki masalaga e’tibor qaratishni talab etadi: birinchidan, bu o‘rinda shu o‘lkalarda ikki tilda so‘zlashuvchi ikki xalq yashaganligi ko‘zda tutilmoqda; ikkinchidan esa bu o‘lka xalqlarining (soğdaq, känčäk, arğu larning) ikki tilliligi. Ma’lumki, ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida bu o‘lkalarda turklar bilan birga savdo yohud boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida kelib o‘rnashib qolgan sug‘dlar ham yashar edi. Mahmud Koshg‘ariy soğdaq (ya’ni sug‘d) xalqini ikki tilda so‘zlashuvchilar deb ta’kidlaganda (MK.I.65) ko‘proq shu o‘lkalardagi sug‘dlarni ko‘zda tutgan ko‘rinadi. Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida Balasag‘un aholisi ikki tilli edi. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, balasag‘unliklar sug‘dcha va turkcha so‘zlaganlar (MK.I.66). Xalqning ikki tilli ekanligining boisi, bu yerda turklar bilan birga sug‘dlar ham yashagan. Lekin qoraxoniylar davriga kelib, bu yerlik sug‘dlarning turklashuv jarayoni yuz 25 bera boshlagan ko‘rinadi. Mahmud Koshg‘ariy soğdaq so‘ziga izoh bera turib: “Soğdaq – Balasag‘unga joylashgan bir qavm. Ular Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi So‘g‘ddan bo‘lib, keyin turklashib ketgan odamlar” deb yozgan edi (MK.I.437).


Xulosa
Turkiya hududida qadimdan juda katta imperiyalar va podshohliklar hukmronlik qilgan. Shu sababdan Turkiyada juda katta me’moriy va tarixiy yodgorliklar saqlangan. Ko’plab antiqa buyumlar va noyob eksponatlarni o’z ichiga olgan muzeylar mavjud bo’lib, diniy madaniyatlarning xilma-xilligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Turkiyada turli xil e’tiqodlarga oid ko’plab tarixiy ma’bad yodgorliklari mavjud bo’lib, ularning qoldiqlari bugungi kungacha saqlangan bo’lib, o’tmishdagi sivilizatsiyalar va voqealarga guvohdir. Quyidagi maqolamiz tarix va arxeologiyani yaxshi ko’radigan, sivilizatsiyalarni va boshqa xalqlarning madaniyatini o’rganadiganlarni jalb qilishiga shubha yo’q.
Ibodatxona miloddan avvalgi 550-yilda, Turkiyaning g’arbiy qismida joylashgan Onado’lidagi eng katta yunon shahri Efes shahrida qurilgan. Ushbu ibodatxona bir necha bor yong’in va zilzilada vayron bo’lgan va yana qayta qurilgan. Britaniya muzeyi ushbu ibodatxonani qidirsh maqsadida alohida mablag’ ajratadi. Qazish ishlarining 5 yilida ibodatxona qoldiqlari topiladi.
Arxeologlarning fikriga ko’ra, Gobekli Tepe ibodatxonasi 10 ming yil davomida ma’lum bo’lgan eng qadimiy ma’bad bo’lib, u dunyodagi eng muhim va mashhur arxeologik joylardan biri hisoblanadi. To’rtburchak toshlarni bir-biriga bog’lab turadigan aylana shaklidagi inshootlarni o’z ichiga oladigan ibodatxona butun dunyodagi sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.
Ushbu ibodatxona Egey dengizidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Giri qishlog’i yaqinida joylashgan bo’lib, Turkiyadagi eng yaxshi yodgorliklardan biri hisoblanadi. Ibodatxona Afrodita muhabbat ma’budasi nomi bilan atalgan va u YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. 2017-yilda me’moriy inshootga tashrif buyurgan sayyohlar soni va tarixiy va akademik sabablarga ko’ra tashrif inshootga arxeologlar oqimi ko’paydi.

Download 96.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling