Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 82.4 Kb.
|
kurs ishi
Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]Misrda qadimgi sanʼat obidalari koʻp saqlangan (qarang Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy sanʼ-atining bizgacha yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi hammom devoriga chizilgan rasmlar, tosh, yogʻoch, fil su-yagiga oʻymakorlik usulida ishlangan sozandalar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, „Maqomot“ kitobiga ishlangan suratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt sanʼati anʼanalari taʼsiri seziladi. Oʻrta asr manzarali-amaliy sanʼatida kashta, toʻqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, togʻ billuridan tarashlab va oʻyib naqshlangan idishlar, sirkorlik bilan ishlangan shisha buyumlar, nafis oʻyma va qadama anjomlar, jimjimador yogʻoch mehroblar, minbarlar yasash keng urf boʻldi. Misrdagi arab sanʼatining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida oʻrin oladi. 10— 12-asrlar sanʼat asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri koʻp uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va oʻsimliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misrda yangi tasviriy sanʼat vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi yevropalik ustalar tajribasi va sanʼatini oʻzlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati taʼsirida qadimgi va oʻrta asr milliy badiiy anʼanalarini qayta tiklash muddaosi bilan izoxlanadi. Zamonaviy Misr sanʼati nisbatan yosh. Ilk davrda u gʻarb modern oqimlari taʼsirida boʻlsada, tezlikda milliy anʼanalar va qadimgi merosni oʻrganishga kirishdi. Yangi sanʼ-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-asrning 20—30-yillarida gullash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-yillarda yangi davr sanʼatining yirik vakili Muhammad Nagʻi qoʻshildi. Ularning ijodi oʻz xalqining qadimgi badiiy madaniyatiga intilishi, insonparvarligi va xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan „Uygʻonayotgan Misr“ monumenti keng shuhrat qozongan. Nagʻining „Efiopiya hayotidan parcha“, „Pardoz“, „Qohiradagi koʻprik“ va boshqa asarlari mashhur. 1952-yilgi inqilob yosh realist rassomlar: manzarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va boshqalarning ijodiga keng yoʻl ochdi. 50-asrlar rassomligida bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sagʻinning „Ozodlik“, „Tinchlik gʻalabasi“, „Afrikaning uygʻonishi“ kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq gʻalabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan Misr Muso, A. Usmoniy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkoflar milliy mavzuni ifodalashning realistik usullariga murojaat etadilar. Baʼzi yosh rassomlar Gʻarbdagi eng yangi modernistik oqimlar yoʻlidan borishga intiladi. Anʼanaviy manzarali-amaliy sanʼat turlari, suyak, yogʻoch, metall oʻymakorligi, zargarlik, toʻquvchilik, kulollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, Izzat, al-Buxgoʻri, Zuxdiy Roha va boshqa xalq amaliy sanʼatida chinni, oyna, tosh va zamonaviy sintetik materiallardan foydalanila boshladi. Qohiradagi nafis sanʼat maktabi badiiy institutga aylantirildi.13 Musiqa — Misr madaniy qayotining ajralmas qismi. Qadimgi dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mashxur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholgʻu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakachilik asorati Misr madaniyati taraqqiyotiga gʻov boʻldi. Said Darvish (1892—1923) yangi Misr musiqasining qaldirgʻochidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari koʻpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. „Al-Barux“, „Shahrizoda“, „Oʻnlik gʻishtin“ kabi musiqali sahna asarlari Misr zamonaviy musiqasiga asos boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr musiqasida konsertlar katta oʻrin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 yillarda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914-yilda Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929-yildan Arab musiqasi institutiga) aylantirildi. 1927-yilda Misr musiqa jamiyati tashki l etildi. 1952-yil inqilobidan soʻng Misr musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida musiqachilar tayyorlana boshladi. 60—80-yillarda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoyildi. Qohira konservatoriyasi poytaxt opera teatrining milliy kad-rlar oʻchogʻidir. 1962-yilda Kohirada Operetta teatri ochilgan. Misr musiqasida yangi gʻoyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga eʼtibor koʻpaydi. Misr sanʼatkorlari orasida Um Kulsum, Shams, Sagʻira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh singari yakkaxonlar mashhur. Download 82.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling