Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


Download 82.4 Kb.
bet9/10
Sana28.03.2023
Hajmi82.4 Kb.
#1301691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

Kino


1896-yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912-yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yoqasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918-yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927-yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rejissor A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rejissor J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rejissor Misr Karim) 1931-yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935-yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952-yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va Misr kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rejissor Misr Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rejissor Yu. Shaxin), „Iroda“ (rejissor K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rejissor K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rejissor X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kinoekranlarida shuhrat qozongan. 1963-yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotin-qizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islohoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975-yildan milliy kino festivallari, 1976-yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. Misrning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorliqdar bilan taqdirlangan. Mamlakatda 8 ta kinostudiya, 350 ta kinoteatr bor


Xulosa.

Qadimgi Misr davlati ilk sivilizatsiya shakllangan yerlardan biri hisoblanadi va shuning hisobiga bu eng qadimiy davlatlaridan biri hisoblanadi. Misr davlatini o`rganish davomida biz uni ko`pxudolikka asoslanganini va Misr qadimiy dehqonchilik vohalaridan biri ekanini ko`rishimiz mumkin.




Download 82.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling