Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Download 82.4 Kb.
|
kurs ishi
TeatrMisrda teatr sanʼati unsurlari eng qadimgi diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning taniqli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari ham keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869-yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871-yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869-yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, Misr Taymur, Yu. Vahbiy, T. Alxakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920-yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923-yilda Y. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933-yilda „Milliy truppa“, 1935-yilda Alxakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952-yilgi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26-iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qohirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik truppalari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. Alxakim, Misr Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda jahon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda Misr koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish Misr sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi.14 Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959-yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi. Download 82.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling