Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari.Tahrirlash
Download 70.68 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Exnafonning diniy islohotlari.Tahrirlash
Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari.TahrirlashYangi podsholik davrida Misr fir’avnlari qoʻshni mamlakatlar ustiga tez-tez talonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib turganlar. Fir’avn Tutmos I Suriya va Falastinga bostirib kirib. Frot daryosi sohillarigacha yetib borgan. Tutmos III esa O 'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta harbiy yurish qilgan. Misr qoʻshinlari Suriya va Falastinni qayta ishgʻol qilib, Frot daryosi boʻvidagi Karxemish shahrini ham bosib olgan. M isr qoʻshinining kuch-qudratidan choʻchigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari oʻzlarini fir"avnning „birodarlari“, deb e ’lon qilgan va o 'z mustaqilliklarini saqlab qolgan. Tutmos III qoʻshinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirgan. Askarlar bu mamlakatlardan son-sanoqsiz asirlar, oltin. kumush, qimmatbaho buyumlar, fit suyaklari olib qaytganlar. Fir’avn Amenxotep davrida ham M isr qoʻshinlari Suriya, Falastin,3 Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, M isrga juda koʻp oʻlja va harbiy asirlar bilan qaytgan. Tutmos III va Amenxotep II davrida M isr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlat boʻlib qolavergan. Fir’avn Amenxotep III davrida behuda urushlar boim agan. U tinchlik siyosatini qoʻllab, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona, savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining oxirlarida Misrning bosib olingan mamlakatlar ustidan oʻrnatilgan taʼsiri susaya boshlagan. Finikiya va Falastin itoat etmay qoʻygan. Amenxotep III dan soʻng Misr taxtini Amenxotep IV egallagan. U Misrni m.av. 1365-yildan 1348-yilgacha boshqargan. Amenxotep IV davrida M isr davlati kuchsizlanib, qaram mamlakatlar uning taʼsiridan chiqib keta boshlagan. Misrning kuchsizlanishidan foydalangan koʻchmanchi jangari qabilalar mamlakatga bostirib kirgan.[5] Exnafonning diniy islohotlari.TahrirlashAmenxotep IV davrida M isrda har xil nizo va fitnalar kuchaygan. F ir’avn diniy islohot oʻtkazib, koʻp xudolikni cheklab yakka xudolikni joriy qilishga uringan. U Amon xudosiga sigʻinishni bekor qilib, ularning xodimlarini quvgʻin qilgan. Amenxotep IV mamlakatda Aton — Quyoshga sigʻinishni joriy qilgan. Shu munosabat bilan M isrda yangi poytaxt-Axetaton shahrini bunyod etgan. Bu shahar „Exnaton“ deb atalgan. Uning m aʼnosi „Quyosh shu’Iasi“ demakdir. Amenxotep IV ham oʻzini „Exnaton“ nomi bilan atashni buyurgan. U yangi din Quyosh ruhoniysi boʻlib olgan. Ammo yangi din eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qoTlab-quvvatlanmagan. Misr zodagonlari ham Exnatonning diniy islohotiga qarshi turgan. Exnaton vafotidan soʻng uning yaqin qarindoshlari va amaldorlari ilgarigi dinning ruhoniylari bilan murosa qilishga majbur boʻlganlar. Zodagon va ruhoniylar Exnatonning kuyovi Tutanxamonni taxtga oʻtqizadi. Mamlakatda eski din tartibi oʻrnatilib. uning kohinlari — ruhoniylariga katta imtiyozlar berilgan. Ularning baxtiga qarshi Tutanxamon 19 yoshida oʻlgan. Ruhoniylar uni gʻoyat katta dabdaba bilan yer osti dahmasiga dafn etganlar. Tutanxamonning beva qolgan xotini Xett shahzodasiga turmushga chiqqan. Misrning oliy amaldorlari M isr taxtiga begonaning kelib oʻtirishiga yoʻl qoʻymaganlar. Xett shahzodasi fitnaehilar tomonidan oʻldirilgan. 18-sulola davrida Misrda yana parokandalik boshlanib mamlakat zaillashib ketgan, xoʻjalik ham tushkunlikka uchragan4.[6] Download 70.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling