Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Hunarmandchilik va savdo-sotiq
Download 70.68 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misr qo‘shinlari va uning tuzilishi.Tahrirlash
Hunarmandchilik va savdo-sotiq.
Yangi podsholik davrida hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Temirchilik, vogʻochsozlik. koʻnchilik, binokorlik, kulolchilik, toʻqim achilik, zargarlik, qurolsozlik, kemasozlik va boshqa kasb-korlar rivojlangan. Yangi podsholik davrida mamlakatning ichki va tashqi savdosi ravnaq topgan. Ichki va tashqi savdoda mol ayirboshlash Nil daryosi, O 'rtayer, Qizil dengiz va quruqlikdagi yoʻllar orqali amalga oshirilgan. Misrdan oʻzga mamlakatlarga oltin, fil suyagi. kumush, yogʻochdan ishlanib, lojuvard toshlari bilan bezatilgan buyumlar chiqarilgan. Bundan tashqari, misrliklar qoʻshni mamlakatlarga shisha buyumlar. qimmatbaho mato. qurol-aslaha va boshqa buyumlar ham chiqargan. Suriyadan Misrga don, sharob, qumq meva, yogʻoch, asal, chorva mollari, charm va boshqa buyumlar keltirilgan. Kipr oroli, Sinay yarimoroli va Mesopotamiyadan esa mis, jez. Badaxshon lojuvardi, gazmol, kiyim-kechak, jang aravalari, ot va boshqa narsalar olib kelingan. Lojuvard, laʼl kabi qimmatbaho toshlar Misrga qoʻshni mamlakatlarning savdogarlari orqali O 'rta Osiyodan keltirilgan boʻIsa kerak. Shunday qilib. Yangi podsholik davrida Misrda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo yanada rivojlanadi. Bu davrda Misr Sharqdagi eng qudratli, eng boy mamlakatga aylangan.[2][3] Misr qo‘shinlari va uning tuzilishi.TahrirlashMisr fir avnlariga mamlakatni tashqi dushmanlardan him oya qilish va oʻzga oTkalarni bosib olish, mamlakatdagi ichki qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun kuchli qo‘shin zarur edi.2 Shuning uchun Misr fir’avnlari o 'z qoʻshinlarini qayta tuzishga kirishganlar. Avvalgi podsholiklar davrida Misr qoʻshinlari faqat piyoda askarlardan iborat edi. Yangi podsholikdan boshlab esa Misr qoʻshinida ot qoʻshilgan jang aravalaridan iborat yangi qismlar tuzilgan. Misrliklar otliq qoʻshin va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlardan foydalanishni giksoslardan oʻrgangan. Shu davrdan boshlab M isrda-yilqichilikka katta e ’tibor berilib, qulunlar parvarish qilinadigan alohida davlat xoʻjaligi tashkil etilgan. Piyoda. otliq va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlarning askarlari oʻq-yoy. nayza. oybolta, qilich va boshqa aslahalar bilan qurollangan edi. Misr jangchilari qalqon tutib, dushmanlaming oʻtkir qurollaridan himoyalanadigan zirhli kivimlar kiyib jangga kirganlar. O gʻir qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan toʻldirilgan. Misr qoʻshinlarida ot qoʻshilgan ikki gʻildirakli yengil jang aravalari alohida oʻrinni egallar edi. Aravada ikki askar boʻlib, jang vaqtida ularning biri otlarni boshqarar, ikkinchisi esa kamondan dushmanlarga o‘q uzib, nayza sanchib, qilich chopar edi. Jang vaqtida ular dushman ustiga shiddat bilan hujum qilar, chekinayotgan dushmanlarni tezkorlik bilan taʼqib qilib borar edi. Misr fir’avnlari dengiz jangini olib borish uchun harbiy dengiz lloti kemalarini ham qurganlar. Shunday qilib yangi podsholik davrida misrliklar butun Sharq dunyosida eng kuchli qoʻshinga ega boʻlgan mustabid davlatga aylangan.[4] Download 70.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling