Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Rim mifologiyasidagi asosiy xudolar va ma'budalar ro'yxati
Download 99.44 Kb.
|
kurs ishi
Rim mifologiyasidagi asosiy xudolar va ma'budalar ro'yxati[
Antik Rimning so‘nggi hukmdori. Qullikdan chiqqan imperator Diokletian tarixi Milodiy 284-yilning 20-noyabr kuni Rim taxtiga imperator Diokletian o‘tirdi. Uning hukmronlik davri esa qonli voqealarga juda boy bo‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan Rim tarixidagi qullikdan chiqqan imperatorning hukmronlik yillari haqida hikoya qiladi. Qulning nabirasi8 Bo‘lajak Rim imperatori Diokletian 245-yilda tug‘ilgan va unga Diokl ismi berilgan edi. Aslida, u qulning nabirasi edi, lekin tez orada bu uddaburon yigit ajoyib harbiy karyera qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Rim imperiyasining bir chetidan ikkinchi chetigacha olib borilgan harbiy yurishlar bo‘lajak hukmdorga mamlakat bilan yaqindan tanishishga imkon berdi. U imperator Kar qo‘l ostida qo‘shin qo‘mondoni darajasiga ko‘tarildi. Afsonalarga ko‘ra, Diokl Galliyada bo‘lib turganida bir druid ayol uning taqdirini bashorat qiladi: agar u to‘ng‘izni o‘ldirsa, imperatorga aylanadi... Foto: Google Photos Diokl bu ayolga qattiq ishondi va o‘sha paytdan beri ko‘plab to‘ng‘izlarni o‘ldirdi, biroq hokimiyat uning qo‘liga o‘tavermadi. Keyin kutilmaganda imperator Kar vafot etdi va uning o‘g‘li Numerian xos soqchilar boshlig‘i Arrius Aper tomonidan o‘ldirildi. Dioklga sodiq qo‘shin askarlari esa Aperni kishanlab, uni imperator deb e’lon qildi. Diokl qo‘shinlar oldida Aperni shaxsan o‘zi qilich bilan o‘ldirdi va afsonaga ko‘ra: “Men to‘ng‘izni o‘ldirdim” (lotincha “aper” – to‘ng‘iz), deya xitob qildi. 284-yil 20-noyabrda u Rim imperatori bo‘ldi va o‘zi uchun Diokletian ismini oldi. Imperator Diokletian Uning taxtga kelishi bilan imperiyada yangi davr boshlandi. Endi barcha hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan edi, uning hokimiyati nafaqat de-fakto, balki de-yure ham hech narsa bilan cheklanmagan edi. Bu mutlaq monarxiya edi. Mamlakatda qanday martabaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, na senat va na boshqa bir imperiya aholisi imperatorni cheklay olardi. Uning bir o‘zi barcha qonunlardan ustun turadigan kuch manbayi edi. Diokletian imperiyaning birligini tikladi va do‘sti Maksimianni o‘ziga yordamchi qilib olib, unga ham Sezar unvonini berdi. Ular birgalikda imperiyani himoya qildi va qo‘zg‘olonlarni bostirdi. Tetrarxiya 291-yilga kelib, imperator bunday katta mamlakatni ikki kishi samarali boshqarishi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Yana ikkita Sezar tayinlashga qaror qilindi. Imperator o‘z tanlovini Konstansiy Xlor va Galeriy Maksimianlarda to‘xtatdi. Ular o‘zlarining ittifoqlarini qarindoshlik munosabatlari bilan mustahkamlashga qaror qildi: Konstansiy o‘z xotinidan ajrashdi va Maksimianing o‘gay qiziga uylandi, shuningdek, Galeriy ham o‘z xotini bilan ajrashgandan so‘ng Diokletianning qiziga uylandi. Ular imperiyani o‘zaro taqsimlab oldi, ammo baribir Diokletian hali ham hukumat boshida edi. Rim imperatori tomonidan joriy qilingan to‘rt rahbarli hukumat tizimi tetrarxiya deb nomlandi. Xristianlarning ta’qib qilinishi Diokletianning hukmronligi nasroniylarni shafqatsiz ta’qib qilish bilan yodda qoldi. Haligacha tarixchilar o‘rtasida bu ishlar kimning tashabbusi bilan amalga oshirilgani to‘g‘risida tortishuvlar mavjud. Ba’zilar bu Galeriyning qarori deb o‘ylashga moyillik bildiradi. Chunki Galeriy ashaddiy butparast edi, uning onasi ham butparastlar ruhoniysi bo‘lgan va nasroniylardan nafratlangan edi. Foto: Google Photos Boshqalar bu qarorni Diokletianning o‘ziga tegishli deb hisobladi. Sezar Rim xudolari yordamida o‘z imperiyasining butunligini saqlab qolmoqchi edi. Qadimgi Rimda din nafaqat xudolar bilan aloqa qilish vositasi, balki shartnoma munosabatlari ham edi. Ularning dini, agar xudolarga ular xohlagan narsani (qurbonlik) bersangiz, ular ham o‘z navbatida shartnomaning o‘ziga tegishli qismini bajaradi, degan fikrga asoslangandi. Shuning uchun ham barcha marosimlarni o‘tkazish va qurbonlik qilish juda muhim edi. Bundan tashqari, din hukumatga o‘z sadoqatini ifoda etish usuliga aylandi. Diokletian konservativ va an’anaviy Rim kultining tarafdori edi, u hatto o‘ziga Yupiter ismini oldi, Maksimian esa Gerkules ismini. Xudolar va imperator o‘rtasidagi bog‘liqlik uning oliy hokimiyat huquqini qonuniylashtirdi. Shuningdek, imperator eski dinga yangi hayot nafasini olib kirishga intildi, shunga qaramay, mamlakatda xristianlar va ularning izdoshlari doimiy ravishda o‘sib bordi. Imperator ularda mamlakat birligiga tahdidni ko‘rdi, shuning uchun 303-yilda Buyuk ta’qiblar boshlandi. Diokletian farmon e’lon qildi, unga ko‘ra, xristianlar amalda o‘z huquqlaridan mahrum etildi va “fuqaro bo‘lmaganlar” toifasiga aylandi: cherkovlar vayron qilindi, kitoblar tortib olindi, xristianlarni qiynoqqa solishga ruxsat etildi, o‘z lavozimlaridan mahrum qilindi, hattoki himoya so‘rab sudga murojaat qilish ham taqiqlandi. Biroq avvalgi ta’qiblardan farqli o‘laroq, endi Rim jamiyati nasroniylar siymosida avvalgidek tahdid ko‘rmasdi. Imperiya bir necha qismlarga bo‘lingani sababli ta’qiblar ham turli mintaqalarda turlicha amalga oshirildi. Qadimgi Rim huquqi bo'yicha shaxslarning pozitsiyasi yuridik shaxs - huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyati asosida bo'lingan. Qadimgi Rimdagi shaxslar maqomlarining toifalari Qadimgi Rimda odamlarning maqomiga ko'ra tasnifi quyidagi holatni oldi: Download 99.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling