Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja Dinlarning qadimiy shakllari 2


Download 26.29 Kb.
bet4/4
Sana08.06.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1463727
1   2   3   4
Bog'liq
1. Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari

Ksenofont (Xenophon) (miloddan avvalgi taxminan 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Afinada boy oilada tugʻilgan, Suqrotning shogirdi. Miloddan avvalgi 401 yil Eron taxti daʼvogari Kichik Kirning Bobilga yurishida qatvashgan. Kir halok boʻlgach, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillariga chekivayotgan 10000 kishilik yunon qoʻshiniga rahbarlik qilgan (bu voqealarni u "Anabasis" asarida tasvirlagan). K. yunon tarixchisi Fukidid acarining davomi boʻlgan "Yunoniston tarixi"(7 kitobdan iborat) hamda iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar yozgan. Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maksad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan.
Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling