Qadimgi dunyo tarixi fanidan mustaqil ish


Download 29.82 Kb.
bet4/4
Sana12.02.2023
Hajmi29.82 Kb.
#1192251
1   2   3   4
Bog'liq
Aliqulov S. qadimgi tarix word

Dinning ibtidoiy shakllari.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo’lishini turli izohlab kelganlar. Uning paydo bo’lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to’g’risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyatib to’g’risida ham ayrim g’oyalarni olg’a surishgan.
Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhga bo’lingan. Agar materialistlar xudoning go’yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va erdagi sabablar bilan bog’lab izohlagan bo’lsalar, idealistlar buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarardilar. O’tmishdagi materialistlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanishi sabablarini, shart - sharoitlari to’g’risidagi masalalar turadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p jihatdan inson his - tuyg’ulari, ehtiroslari, xayollari ta’siri ostida paydo bo’lishi to’g’risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan.
Qadimgi materialist faylasuflar (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qo’rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bo’lgan deyishgan. B.Spinoza, L.Feyerbax singari mutafakkirlar ham dinga shunday yondoshish tarafdorlari bo’lishgan. Chunonchi, L.Feyerbax o’zining «Dinning mohiyati to’g’risida lektsiyalar», «xristianlikning mohiyati» degan asarlarida dinning paydo bo’lish sabablarini «Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi»dan qidirish lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun «qo’rquv» singari salbiy his-tuyg’ularnigina emas, balki «quvonch», «minnatdorchilik», «muhabbat» va «e’zozlash» singari ijobiy tuyg’ularni ham e’tiborga olish lozimligini ta’kidlagan edi. Bu bilan L.Feyerbax dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qo’yadi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bo’lgan mavhum emas, balki haqiqat holida u hamma ijtimoiy munosabatlarning majmuidir. Uning fikricha, inson mohiyati faqat «urug’» deb juda ko’p alohida odamlarni tabiiy vositalar bilan bir - biriga bog’laydigan ichki, tilsiz umumiylik deb tushunilishi mumkin. Shu sabali Feyerbax «diniy hissiyotning» o’zi ijtimoiy mahsul ekanligini va o’zi tahlil qilayotgan mavhum alohida odam haqiqatda muayyan ijtimoiy shaklga mansubligini payqamasligi ta’kidlangan.
Klassik falsafa asarlarida dinning paydo bo’lishi va uni o’rganishning ilmiy dunyoqarashga tayangan metodologik qoidalari bayon etib berilgan.
Din turlari maktablar va yo’nalishlarga mansub bo’lgan xorijiy dinshunoslar va faylasuflarning diqqat- e’tiborida bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda. Masalan, daniyalik faylasuf va ruhshunos Jeyms bunday deb yozgan edi: «Dinning tajriba mohiyatan diniy hissiyot bo’lib, u barcha va hamma diniy nuqtai nazarlarining muhim xususiyatlarini tashkil etadi. Barcha tasavvurlar unga nisbatan bo’ysunuvchi va shartlidir». Jeyms «hissiyotni dinning eng chuqur manbai deb noto’g’ri hisoblagan, falsafiy va xudojuylik kayfiyati esa asl nusxaning boshqa tilga tarjimasi sifatida ikkilamchi ustukurmadan boshqa narsa emas» deb ta’kidlagan edi. Bu fikrga aslo qo’shilib bo’lmaydi. 

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1D.A.Raximjonov Dinshunoslikga krish ‘’O’zb faylasuflari milliy jamiyati” Nashriyoti.T.:-2018 108-110-bet
2.A.Narbekov.Dinshunos asoslari .O’quv qo’lanma.T.:2017 33-35-bet
3.G.Tulemova.Dinshunoslik.T.:2020 55-60-bet

Glosariya



Totemism

Totemizm

— in son, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod

Fetishism

Fetishizm

portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan m a’noni anglatadi

Animism

Animizm

. Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi


Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling