Qadimgi farg‘ona davlati mundarija: kirish I bob. Qadimgi farg‘ona ilk o‘rta asrlarda
Download 39.97 Kb.
|
QADIMGI FARG‘ONA DAVLATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. V-XIII ASRLARDA FARG’ONADAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. 2.1. V-XIII asrlarda Farg’onadagi ilm-fan va madaniy hayot XULOSA
QADIMGI FARG‘ONA DAVLATI MUNDARIJA: KIRISH I BOB. QADIMGI FARG‘ONA ILK O‘RTA ASRLARDA Qadimgi farg ‘ona davlatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish an’analari Qadimgi Farg‘ona davlatining V-VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlari. II BOB. V-XIII ASRLARDA FARG’ONADAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT. 2.1. V-XIII asrlarda Farg’onadagi ilm-fan va madaniy hayot XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR K I R I SH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Yurtimizda hayotbaxsh o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalarda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar, tarix fani oldida ham o‘ta ma‘suliyatli va shu bilan birga murakkab vazifa qo‘ydi. Tarix fani jamiyatning ma‘naviy yangilanishida harakatlantiruvchi kuch va tarixiy haqiqatni tiklashda, milliy g‘oyani shakllantirishda bitmas-tuganmas manba bo‘lish vazifasini bajarishi kerak. Tarix fanining jamiyatni tizimli ravishda qayta qurish jarayonida egallagan muhim mavqei haqida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov republika tarixchi olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda (1998-yil, iyun) hamda milliy g‘oya va milliy mafkurani ilmiy jihatdan ishlab chiqishga bag‘ishlangan boshqa ma‘ruza va suhbatlarida ―…tarix – xalq ma‘naviyatining asosidir‖, ―o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi‖, deb alohida ta‘kidlagan edi. Binobarin, O‘zbekiston tarixining ajrajmas qismi bo‘lgan Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar tarixini yozma va arxeologik manbalar asosida kompleks ravishda qayta o‘rganish va konseptual asosda qayta baholash ham ilmiy, ham siyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston asrlarga tatigulik yo‘lni bosib o‘tdi. Iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, fan sohasida ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu Farg‘ona vodiysi tarixini o‘rganisha ham o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Farg‘ona davlat universitetida 2012-yildan boshlab ―Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda‖ mavzusida muntazam ravishda ilmiy-nazariy konferensiyalar o‘tazib kelinmoqda. Namangan va Andijon davlat universitetlarida ham shunday ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Ushbu anjumanlarda Farg‘ona vodiysi tarixining ko‘p qirralarini yoritib beruvchi ilmiy ma‘ruzalar qilinmoqda. Ma‘lumki, Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rganish dastlab rus tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan. Mustaqillik davriga kelib esa ushbu mavzu 4 bo‘yicha A. Xo‘jayev, A.Otaxo‘jayev, Sh.Kamoliddin, B.X Matboboyev, A. Anorboyev va G. Ivanov singari olimlar tomonidan ilmiy tadqiqodlar olib borilmoqdalar. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillarida Vatanimiz olimlarining sa‘y-harakatlari tufayli O‘zbekistonning, jumladan Farg‘ona vodiysining bronza, temir davri bo‘yicha o‘tmish tariximizning bir qator sahifalari yangi tadqiqotlar asosida qayta tiklandi. Lekin, shunga qaramasdan vodiyning o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha hali ko‘p masalalar borki, ularni hozirgi zamon talabi asosida, xolisona yoritish olimlar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Download 39.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling