Qadimgi farg‘ona davlati mundarija: kirish I bob. Qadimgi farg‘ona ilk o‘rta asrlarda


I BOB. QADIMGI FARG‘ONA ILK O‘RTA ASRLARDA


Download 39.97 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi39.97 Kb.
#1551508
1   2   3   4   5
Bog'liq
QADIMGI FARG‘ONA DAVLATI

I BOB. QADIMGI FARG‘ONA ILK O‘RTA ASRLARDA
1.1. Qadimgi farg ‘ona davlatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish an’analari
Arxeologik va yozma manbalarga ko‘ra, Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlar jamiyati tizimlarida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tub o‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu jarayon dastlab antik davr nihoyasida kushonlar saltanati, Davan (Davan) va Qang‘-Kanguy (xitoychada Kandzyuy) kabi konfederativ davlatlari tanazzuli, kidaritlar (kidariylar), xionitlar (xioniylar), eftalitlar (zftaliylar), so‘ngra arablarni Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi dehqonchilik xududlariga bostirib kirishi vaqti bilan bir davrda ro‘y beradi. Albatta, bularning barchasi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ayniqsa, moddiy madaniyatda o‘z izlarini qoldirgan. Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi va Choch (Toshkent vohasi) ilk o‘rta asrlar davri tarixi to‘g‘risida muhim arxeologik va yozma manbalar to‘plandi. Bu manbalar Farg‘ona va Chochning ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risida ba’zi bir xulosalarni chiqarishga imkon beradi.
Xo‘jalik yuritish usullari. Farg‘ona vodiysini ilk o‘rta asrlardagi xo‘jalik hayotini aks ettiruvchi arxeologik ob’yektlarni solishtirib o‘rganishga ko‘ra dehqonlar va chorvadorlarning o‘zaro munosabatlari o‘rganilayotgan davrda dinamik ravishda rivoj topadi. Biroq, Farg‘ona ko‘chmanchi-chorvadorlari haqida gap ketganda bir jarayonga e’tibor berish kerak. Bu ularning xo‘jalik mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur voqyelik etnografiya ma’lumotlari bilan tanishish davomida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ma’lumki, qadimdan vodiy chorvadorlari O‘rta Osiyoni boshqa yerlaridan bir oz farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan. Etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, yarim ko‘chmanchi aholi asosiy mashg‘uloti chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik, xususan, lalmikor dehqonchilik bilan ham shug‘ullangan. Masalan, Qo‘qon xonligi davrida vodiyni tog‘ hududlari bilan dehqonchilik vohalari oralig‘idagi ayrim hududlarda (tog‘oldi, adir) dehqonchilik qiladigan yarim ko‘chmanchi aholi yashagan. Bu jarayon ilk o‘rta asrlarda ham kuzatilgan va u ko‘pgina shu davr qabriston materiallari tarkibida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Keyingi paytda qo‘lga kiritilgan arxeologik materiallar Farg‘ona vodiysida ilk o‘rta asrlarda quyidagi xo‘jalik yuritish usullari bo‘lganini ko‘rsatmoqda:
1) Dehqonchilik. Voha dehqonlarini g‘alla, paxta, ipak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishgani haqida ashyoviy dalillar bor. Bunday an’anaviy xo‘jalik yuritish vodiyda uzoq tarixga ega, ya’ni miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalaridan – ilk dehqonchilik makonlari paydo bo‘lgandan boshlab davom etib kelmoqda.
2) Hunarmandchilik. Bu asosan shahar aholisi va ayrim qishloqlar hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, vodiyda ilk o‘rta asrlarda juda rivojlangan. Yozma manbalar vodiyda VII-VIII asrlarda 100 dan ortiq shaharlar bo‘lganligini xabar beradilar. Shaharlarda asosan hunarmandchilik va ayrim olingan shaharlarda qishloq xo‘jalik tovarlarini qayta ishlash mavjud bo‘lgan. Bu xo‘jalik yuritish usuli oldingi – antik davr shahar hayoti uchun ham qayd etilgan. Masalan, Xitoy yozma manbalarida Yuchen (O‘zgan yaqinidagi Sho‘rabashot yodgorligi) shahar hokimi to‘g‘risida ma’lumot bor.
3) Chorvachilik. Bu xo‘jalik turi bilan ko‘chmanchilar shug‘ullanib, ular tog‘ va adirlardagi yaylovlarda xo‘jalik yuritishgan; chorvalarga yaylov qidirib bir joydan ikkinchi yerga ko‘chib yurishgan, arxeologik topilmalarga ko‘ra mayda va yirik shoxli (qo‘y, mol, echki) va transport hayvonlari (ot, eshak, tuya) boqishgan.
Bundan tashqari ular hayotida ovchilik va harbiy jangovarlik faoliyati katta rol o‘ynagan. Bu guruh uchun etnografiyadagi vertikal, ya’ni pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga ko‘chib yurish (balki, tog‘lar (yuqori) – cho‘llar, vohalar (quyi) xos bo‘lgan. Geografik sharoitlardan kelib chiqib, ular hayotidagi ko‘chib yurish ko‘lami (amplituda kochevaniya) Qozog‘iston va Sibir ko‘chmanchilariga nisbatan kamroq kuzatiladi. Ularning bir qismi qishki manzillarida qolib, yaylov chorvachiligi va parranda yetishtirish bilan ham shug‘ullanganlar. Chorvadorlar tog‘oldi, adir va qo‘riq yerlarda tirikchilik qilib, lalmi ekinlar bug‘doy, arpa, tariq kabilarni qo‘shimcha ravishda yetishtirganlar. Ba’zi holatlarda ayrim sug‘orish mumkin bo‘lgan joylarda bu guruh mayda yoki lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Ushbu guruhda o‘troqlashish jarayoni juda oson kechib, ular tez orada o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanib ketganlar.
Har uchala guruhga xizmat qilgan jamiyatdagi yana bir qatlam savdogarlar roli ham sezilarli bo‘lgan. Qit’alararo savdo yo‘li – Ipak yo‘li rivojlangan va uning yangi tarmoqlari ochilib, faoliyat ko‘rsatgan. Yozma ma’lumotlarga ko‘ra, VII-VIII asrlarda Farg‘ona va Choch hukmdorlari Xitoy imperatoriga yuqori sifatli shisha, mashhur qirmizi rang otlar yetkazib berganlar.
Yuqorida keltirilgan bunday murakkab xo‘jalik yuritish jarayoni har ikki Farg‘ona va Choch o‘lkalari uchun xarakterli edi. Chunki ularning ko‘p ukladli xo‘jaligi bir- birlariga juda o‘xshab ketgan. Ulardagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi erkin jamoa ishlab chiqarishga asoslangan dehqon va chorvador xo‘jaliklari, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Dehqonchilik madaniyati ta’sirida ko‘plab chorvadorlar asta-sekin o‘troqlasha borganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim chorvadorlar qishlaydigan xududlarda ularning turarjoy qoldiqlari ham topilgan. Bu jarayon V-VIII asrlardagi Farg‘ona chorvadorlari hayotida yaxshi kuzatiladi. Jumladan, ziroatchilar va chorvador-ko‘chmanchi aholi moddiy madaniyatida ko‘p o‘xshashliklar qayd etiladi. Bunday o‘ziga xos xo‘jalik yuritish aloqalari shimol, shimoli-g‘arbda Fovasoy va Sumsarsoy havzalaridagi mozorlar – qurum va mug‘xonalar, janubi-g‘arb va janubda – Borkorboz, Xonqiz II, Qayrag‘och, Qora Mo‘ynoq, Vorux, Chorku I, II, Isfara, Qalantarxona (yorma va lahad go‘rlar), sharqda bo‘lsa Keden, Qorajar, Qorako‘lja kabi arxeologik yodgorliklari materiallari tarkibida kuzatiladi.
Bu farg‘onacha xo‘jalik yuritish usuli vodiy aholisi o‘rtasida mavjud bo‘lgan xo‘jalik tafovutlarini sekin-asta yo‘qolib borishiga, ilk o‘rta asrlar nihoyasiga kelib, bir butun sug‘orma dehqonchilik va shahar hunarmandchiligiga asoslangan hukmron xo‘jalikka aylanishiga olib keldi. Xo‘jalikning iqtisodiy asosini erkin jamoa ishlab chiqarishi tashkil etgan. Dehqonchilik erkin dehqon jamoalari – kashovarzlar, dehqonzodalar va kadivarlar mehnati asosiga o‘tadi. Endilikda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda asosiy mahsulotlarni aynan erkin jamoachilar ishlab chiqarganlar hamda ular jamiyatning o‘zagini tashkil etgan. Aytilganlarga qo‘shimcha etish kerakki, keltirib o‘tilgan mozor-qo‘rg‘onlar guruhi chorvadorlar qoldirgan yodgorliklar deb hisoblanadi. Bulardan kelib chiqib va etnografik ma’lumotlarni hisobga olib, dehqonlar va ko‘chmanchi-chorvadorlar yagona boshqaruv va ma’muriy tizimga ega bo‘lgan, degan fikrni ilgari surish mumkin.



    1. Download 39.97 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling