Qadimgi frigiya tarixiga oid arxeologik tadqiqotlar
Frigiyaning xo`jaligi va madaniyati
Download 24.7 Kb.
|
QADIMGI FRIGIYA TARIXIGA OID ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darete
4. Frigiyaning xo`jaligi va madaniyati. Frigiyaning qulay iqlim sharoiti, daryo, soylari va unumdor tuprog`i, shuningdek qazilma boyliklari xo`jalikning hamma tarmoqlarini rivojlanishiga imkon bergan Gomer va Gerodot ma`lumotlariga ko`ra frigiyaliklar uzumchilik va yilqichilikda shuhrat qozonganlar. Frigiya dehqonlari va bog`bonlari arpa, bug`doy, tariq, kunjut, anjir, olma, nok kabi mevali daraxt va boshqa ekinlardan yuqori hosil olganlar. Ot, xachir, eshak va qoramollardan, ho`kizlardan xo`jalik ishlarida keng foydalanilgan. Otlardan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Frigiya tog`laridan oltin, kumush, mis, temir, qo`rg`oshin va boshqa ma`danlar qazib olingan, kon qazish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. Frigiya uzoq-yaqin qo`shni mamlakatlar – yunonlar, misrlikiar, lidiyaliklar, ossurlar, urartlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.
Frigiyaliklar qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lib, o`ziga xos madaniyat yaratganlar. Ularning Gordiya va Midas kabi shohlari ilm-fan, san`at va madaniyat homiysi bo`lishgan. Frigiyaliklar Kichik Osiyo yunonlarining alifbosi asosida o`z yozuvlarini yaratganlar. Frigiyaliklar ilm-fanning turli sohalarida, shuningdek adabiyot sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar. Ulardan chiqqan Darete ismli shoir Gomergacha Frigiya «Iliada»sini yozganligi ma`lum. Ularda kuy, raqs, qo`shiq san`ati ham rivoj topgan bo`lib, xilma-xil musiqa asboblari yasash va ularni ijro etishda shuhrat qozonganlar. Frigiyaliklar dastlab tabiat kuchlariga, buyumlarga e`tiqod qilganlar. Lekin Ulug` ona va uning ma`shuqasi Attisa ular e`tiqod etgan bosh xudo bo`lgan. Ular tabiat kuchiari va hosildorlik ramzi hisoblanganlar. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling