Qadimgi Gretsiyada
Qadimgi Olimpiya o’yinlarining ijtimoiy-madaniy va tarixiy ahamiyati Iqtisodiy ahamiyati
Download 28.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy ahamiyati
- Madaniy ahamiyati
Milodiy 394 yilda Rim Imperatori Feodosiy I xristianlikning keng yoyilishi tufayli Olimpiya o’yinlarini o’tkazishni taqiqlagan. 32 yil o’tgach esa Feodosiy II barcha yodgorliklar, Olimpiyadagi muqaddas joylarni buzishga farmon bergan. Keyin esa katta suv toshqinlari va zil-zilalar natijasida shahar vayron bolgan. Natijada, marosimlar va Olimpiya o’yinlar nomi butunlay unitilgan. Qadimgi Gretsiyada Olimpiya o’yinlari kabi turli xil boshqa bayramlar ham o’tkazish odat bo'lgan. Ulardan diqqatga sazovor bo'lganlari Pif o’yinlari Appolonga bag’ishlanib, Delfi shahrining atroflarida o’tkazilgan. Bunda musiqa, raqslar bilan birgalikda gimnastika o’yinlari ham o'tkazilgan. G’oliblar lavr shohlaridan yasalgan chambar bilan taqdirlangan. Shuningdek, Nemeya, Panafina, Istmiya, Pifiya, Delfa o’yinlari ham muntazam ravishda o’tkazilgan. Bularda ham musiqa gimnastika va boshqa o’yinlar dasturning asosiy mazmunini tashkil etgan. Miloddan avvalgi IV asrdan boshlab Gretsiyadagi quldorlik tuzumi barham topa boshlagan, umummadaniyat va jismoniy madaniyatning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Avval Makedoniya, keyinchalik esa rimliklarning hukmronligi ostida Gretsiya mustamlakachilik zulmini boshidan kechirgan. Olimpiya o’yinlarida greklarga mansub bo’lmagan fuqarolar, professional sportchilar qatnashishi odatga aylangan. Lekin xristian dinining kengayishi va rivojlanishi boshqa xudolar sha'niga bag’ishlab o’tkazilayotgan bayramlarga barham bergan. Shular qatorida Olimpiya o’yinlarini o’tkazish ham to’xtatilgan. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling