Qadimgi Gretsiyada


Download 28.36 Kb.
bet5/5
Sana28.02.2023
Hajmi28.36 Kb.
#1236884
1   2   3   4   5
“Avesto” hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotida ta’lim-tarbiya quyidagi bo’limlar: 1) ma'naviy va diniy tarbiya; 2) jismoniy va mehnat tarbiyasi; 3) aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo’lgan. “Avesto” bo'yicha bolalarga 5 yoshgan savod o’rgata boshlaydilar; o’qishni o'rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o'qitiladigan savod maktablari bo'lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta'limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Zardusht ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. Du yoshda ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o’rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy qoidalariga binoan insonning o’z burchini his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan. “Avesto”da insonning barkamol bo’lib etishishida ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo’lgan. Bu xislatlar o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik-qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta kuch – yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo'lgan.
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko’rib yashash uchun yaratgan ta'lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma'no va o’rin egallagan.
Markaziy Osiyoni Eron Ahmoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-327 yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o’zlarining madaniyati, dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o’rnatganlar. O'sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilaiga qarshi qo’zg’olonlar ko’taigan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovoriik qurollari kamondan o’q otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to’qmoq, kaltak, bolta, pichoq va h.k.) bo’lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan.
Markaziy osiyoda jismoni tarbiya
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138 yilda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Chzyan Syan o’zining “Tarixiy bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan.
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo’li o’tganligi bu yerdagi xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo’lgan, Sharq mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.
O’zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlarning turmush sharoitlarida, o’z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish kabi madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o’rin tutadi. Bu davrdagi yashagan xalqlar o’rtasida jangovorlikni oshirish o’z hududlarida osoyishtalikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish uchun o’tkazgan diniy, madaniy marosimlar, to’ylar va turli an’analarida kamondan o’q otish, qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, ot o'yinlari hamda boshqa xalq milliy harakatli o'yinlari bilan mashhur bo’lganlar.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og’zaki ijodida, ayniqsa, ko’proq ifodalangan. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o’q otish merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug’ insoniy fazilatlar madh etilgan.
Download 28.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling