Qadimgi Gretsiyada


Download 43.89 Kb.
bet6/11
Sana28.02.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1236925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qwertyuiopop

Yaponiyada jismoniy tarbiya va sport ishlarini harbiylashtirish nihoyatda tez sur`atlar bilan olib borildi. Siyosati yangi bosqinchilik urushiga tayyorlanish vazifalariga bo`ysundirilgan yapon imperialistlari ana shu maqsadlarda maktab, sport va gimnastika tashkilotlaridan keng foydalandilar. O`quv yurtlari va sport tashkilotlari harbiy-jismoniy tarbiyaning, shovinistik va militaristik kayfiyatlarni propaganda qilishning asosiy markazlari bo`lib qolgan edi. Eng yaxshi komandir va sport kadrlari yetishtirib chiqargan kolledj va universitetlarda harbiy-jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari dzyu-do, qilichbozlik, otish, gimnastika, suzish, yengil atletika, voleybol, regbi va b.edi. 1927 yilda hukumatning ko`rsatmasiga muvofiq Yaponiyaning o`quv yurtlariga o`quvchi yoshlarga harbiy ta`lim beris Gaulgofer va Shtrayxer hni kuchaytirish uchun ofitserlarning katta bir guruhi yuborildi.
Jahonda jismoniy tarbiya va sport rivoji bir xilda bo'lmagan. G'arbda sport bilan shug'ullanuvchilarning ijtimoiy guruhlarining turli yo’nalishlari vujudga kelgan.
Sport hamma uchun». 1975 yilda «Sport hamma uchun» Yevropa xartiyasi qabul qilingan, unda jamiyatning dasturi ishlab chiqilgan. «Sport hamma uchun» harakatining umumahamiyatga ega bo'lgan dasturida
yugurish, yurish, aerobika, atletik gimnastika, oddiy musobaqalar uyushtirish, turli xil o'yinlar, shahardan tashqariga sayohat va sayrlar asosiy mashg'ulot bo'lib hisoblanadi.

Afrika va Amerikada jismoniy tarbiya


AQSHda sport va sport o’yinlari tizimi. Sport o’yinlari tizimi AQSHda keng rivojlangan. XIX asrning 20-30-yillarida mamlakatning turli o’quv yurtlari, universitetlarida jismoniy tarbiya darslari kiritilgan. 1850-1870-yillarida ba’zi sport klublari tashkil etilib, musobaqalar o’tkazilgan.
AQSHning milliy aholisi - hindular orasida turli xil o’yinlar davom etgan. Ular qilichbozlik, kamondan o’q otish, nayza uloqtirish, uzoq masofalarga yugurish, sakrash, kurash va boshqa mashqlar bilan doimiy shug’ullanganlar. Yevropadan, ayniqsa, Angliyadan o’tgan sport o’yinlari tizimi AQSHga keng tarqalgan. XIX asrda aristokratlarning o’z vaziyatlarini mustahkamlab olishlarida sport manfaat keltiruvchi omil hisoblangan. Shu tariqa, 1864 y. Buyuk Britaniyada oddiy xalqdan ajralib turish maqsadida sport ishqibozlarining nizomini ishlab chiqilgan. Bunda oddiy mehnatkashlarning musobaqalarda qatnashishi mumkin emasligi ko’rsatilgan.
XIX asr oxirlarida inqiloblarning kuchayishi sababli, yoshlar sport musobaqalarida cheklangan holda qatnashish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Bir qator yirik mamlakatlarda gimnastika, sport o’yinlarining ko’pgina turlari shakllandi va rivoj topgan.

Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling