Qadimgi Gretsiyada


Fransuz gimnastika tizimi


Download 43.89 Kb.
bet11/11
Sana28.02.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1236925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qwertyuiopop

Fransuz gimnastika tizimi. Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Frantsisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. Frantsisko Amorosga 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qilgan. Uning «Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo’llanma» (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etilgan.
«Sokol» gimnastika tizimi. Chexiyada XIX asrning 60-yillarida «Sokol» (Lochin) gimnastika harakati vujudga kelgan. Ular o’z milliy ozodligiga intilib, «Sokol» harakatini yaratdilar. Bu yoshlarning «Sokol» jamiyati tuzilishiga olib kelgan edi. 1871-yilda chexiyada 130 ta «Sokol» jamiyati mavjud bo’lgan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, ayrim jihatlari nemis gimnastikasiga o’xshagan. Tizimda mashqlarning gavdaga ta’siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko’proq e’tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog’ligiga va uning irodasiga bo’lgan ta’sirini e’tirof etib, kitoblar yozishgan.

Sport o’yinlar tizimi.




Sport o’yinlari tizimi. Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko’p mamlakatlarda tashkil topgan. Ularning tashkiliy va uslubiy shakllari o’ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo’ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni kozda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o’yinlarni o’zida mujassamlagan. Shahar va qishloqlarda o’tkaziladigan bayramlarda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o’z mahoratlarini namoyish qilganlar. Shimoliy mamlakatlarda chang’ida va konkida uchish musobaqalari o’tkaziladigan.
Shahar va qishloqlarning aholisi orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o’yini, kriket, kamon va to’pponchadan o’q otish, turli xil ovlar keng rivojlangan. Ko’pgina davlatlarda o’quv yurtlari - universitetlar maktablar kollejlar tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o’yinlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Buyuk Britaniyada sport o’yinlari tizimi. XVII asr o’rtalarida Buyuk Britaniyada iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yuzaga kelib, u yirik kapitalistik mamlakatga aylangan. Shu tariqa Buyuk Britaniyada boshqa mamlakatlarga nisbatan avvalroq sport o’yinlari tizimi shakllangan edi. Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlarni bosib olish, mustamlakachilik yo’li bilan o’z boyligini oshirish va davlatni mustahkamlasga erishgan. Bunda ulkan dengiz floti va harakatchan ekspeditsiya bo’limlari muhim rol o’ynagan edi. Ular kollejlar, universitetlar va harbiy o’quv yurtlari bitiruvchilaridan shakllangan.
Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling