Qadimgi Hindiston


Download 47 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1478086
1   2   3   4   5
Vayshilar
1 – 90. Mol boqish va hamda (xayr – ehson) tarqatish, qurboonlik keltirish, (Vedalarni) o`rganish, savdo, sudxo`rlik va dehqonchilik – vayshilar uchun.
X – 98. O`z dxarma12[46] sini (bajarish bilan) tirikchilik qila olmagan vayishi shudra turmush tarzi bo`yicha yashashi mumkin, lekin (unga) taqiqlangan ishlarni (bundan) imkoniyat darajasida hazar qilib bajarmaydi.
Shudralar
Shudralar jamoani a`zolari hisoblanmas edilar. Shudralar jamoa bilan mulkiy va ijtimoiy ziddiyatlar natijasida jamoa bilan aloqasini yo`qotganlar. Shudralar varnasi o`z urug` - qabilasi bilan aloqasini yo`qotganlar hisobidan to`ldirilgan. Shudralar yerga ega bo`lmaganlari sababli braxman, kshatriy va vashiylarni xizmatini qilib tirikchilik qilishga majbur bo`lganlar. Shudrani hayoti qonun bilan zaif himoyalangan edi. Shudralar davlat boshqaruviga, birinchi uch varna a`zolari ma`lum yoshga yetgandan keyin o`tadigan “ikkinchi tug`ilish” ga bag`ishlov marosimiga qo`yilmas edilar, (braxmanlar 8 – 16 yoshdan, kshatriylar 11 – 22 yoshdan, vayshiylar 12 – 24 yoshdan). Marosim ibtidoiy jamoaning bag`ishlov marosimi inisiasiya (initiation-lotin tilida bag`ishlov) : o`smir va qizlarni balog`at yoshga yetishi munosabati bilan o`tkazilar edi.
1-91. Iloh faqat bir mashg`ulotni shudralar uchun ko`rsatdi – bu varnalarga itoat bilan xizmat qilishni.
X- 99. Shudra ikki marta tug`ilganga xizmatni qila olmasa, uni o`g`li va xotiniga o`lim xavf solsa, u hunarmandchilik mashg`ulotlari bilan yashashi mumkin.
X- 100. (Unga) hunarmandlarni o`sha mashg`ulotlari bilan shunday turli xil hunarlarga amal qilishi lozimki uni bajarish bilan ikki marta tug`ilganlarga xizmat qilinadi.
XII- 13. Shudra uchun xotin- shudra, vayshi uchun – (shudra ayoli) va o`z (varnasi), kshatriy uchun – o`sha (ikki) va o`z (varnasi), braxman uchun- o`sha (uch), hamda o`z (varnasi) ko`rsatilgan.
Tegib bo`lmaydiganlar
Hech qanday varnaga kirmagan, aholining eng quyi huquqsiz tabaqasi “tegib bo`lmaydiganlar” chandallar yoki shvapachlar deb atalar edi.”Tegib bo`lmaydiganlar” tushunchasini paydo bo`lishi tabu va marosim makruhligi tasavvurlari bilan bog`liq edi. Keyinchalik ijtimoiy tengsizlikni rivojlanishi bilan hukmron sinf tegib bo`lmaydiganlar tushunchasini o`z manfaatlarida ishlatdi. Misol uchun braxmanni o`ldirish, toifaviy-kasta ko`rsatmalarini buzish ba`zi ishlarni bajarish: axlatlarni, o`liklarni yig`ish tozalash makruhlikga olib keladi deb hisoblana boshlandi. “Tegib bo`lmaydiganlar” qishloqdan tashqari yashashlari lozim edi va unga faqat kunduzi kiyimlarida alohida belgi bilan kirishlari mumkin edi.
Ular eng og`ir ishlar jumladan axlatlarni tozalash, o`liklarni yig`ish kabilar bilan shug`ullanar edilar. Ular suvni harom qiladilar deb quduqlarga yaqinlashtirilmas edilar. Ularga qoloq ovchi, baliqchi qabilalar kiritilar edi. Tegib bo`lmaydiganlar qul emas edilar, lekin qonun ularni himoya qilmas edi.
X- 51. Chandal va shvapachlarni turar joylari qishloqdan tashqari (bo`lishi lozim), ular foydalangan idish – tovoqni (boshqalar) tashlab yuborishi kerak, ularni mulki faqat itlar va eshaklar (bo`lishi mumkin).
X-52. Kiyimlar – o`liklarni kiyimlari, ovqatlar siniq idishda (ularga berilishi kerak), ularni bezaklari temirdan (bo`lishi kerak), ular muntazam ko`chib yurishlari lozim.
X-53. Dxarma13[47] ni bajaradigan odam, ular bilan muloqot qilishi kerak emas, ularni ishi o`zlari orasida14[48]; nikoh va shunga o`xshashlar.
X-54. Ularga boshqalar beradigan ovqatlar siniq idishda berilishi lozim, tunda ular qishloq va shaharlar bo`ylab daydib yurishlari mumkin emas.
X- 55. Kundizi ular podshoni buyrug`i bilan belgilangan ramzlar bilan (u yerga) yumushni bajarishlari mumkin va qarindoshlari bo`lmagan o`liklarni olib ketishlari mumkin; tartib shunday.
X- 56. Ularga podshoni buyrug`i bilan shastralarga ko`ra doimo o`limga hukm qilinganlarni o`ldirish; ular qatl etilganlarni kiyimlari, krovat va bezaklarini olishlari mumkin.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling