Qadimgi misr san’ati


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216938
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod

3. Qadimgi Misr adabiyoti.  Qadimgi Misr adabiyoti bundan VI–VII  ming 

yil muqaddam vujudga kelgan. O`rta podsholik davridayoq adabiyot juda yuksak 

darajaga ko`tarilgan. Qadimgi misrliklar juda ko`p xalq maqollari, matallari, ertak, 

afsona, doston va qo`shiqlar yaratganlar. Xalq yaratgan og`zaki ijodiyotda dehqon, 

cho`pon,  savdogar,  hammol,  amaldor,  ruhoniy  va  hatto  Misr  flr`avnlarining 

turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.  

 

Qadimgi misrliklarning «Ikki og`aini», «To`g`ri va egri» kabi ertaklari «Izida 



va  Osiris  haqida»,  «Gor  bilan  Set  janjali»,  «Halokatga  uchragan  kema  haqida 

hikoya»,  «Sinuxet  hikoyasi»  kabi  rivoyat,  afsona,  ertak  va  hikoyalari  diqqatga 

sazovordir.  

Qadimgi  Misr  adiblari  sayohatnoma,  pand-nasihat,  diniy  poeziya  va 

gimnlarga katta e`tibor berganlar. Ular shu yo`nalishda ko`plab asarlar yaratishgan.  




 



«Halokatga  uchragan  kema  haqida  hikoya»da  podsho  konlariga  qilingan 

mashaqqatli sayohat haqida so`z yuritiladi. Hikoya qilinishicha sayyohlar dengizda 

dahshatli  dovulga  duch  keladilar.  Dovul  ularni  «ruh  oroltga  uloqtirib  tashlaydi. 

Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlami 

yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko`p oltin, kumush, fil tishlari, xushbo`y narsalar, it va 

maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi.  

«Sinuxet  hikoyasi»da  misrlik  amaldor  Sinuxetning  Suriyaga  safari,  uning 

o`zga  mamlakatda  ko`rgan-bilganlari,  boshidan  o`tkazgan  og`ir  mashaqqatlari 

g`oyat go`zal iboralar bilan bayon etilgan.   

Shunday qilib, Qadimgi Misr badiiy ijodi mazmun jihatidan xilma-xil va boy 

bo`lib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan.  

 

Qadimgi Misr san‘ati.  



 

Qadimgi  dunyo  san'ati  deyilganda,  ko'p  hollarda  ibtidoiy  jamoa  tuzumidan 

to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati tushuniladi. 

Shu  davrda  hashamatli  me'morlik  binolari,  nafis  dekorativ-amaliy  san'at 

buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi. 

Qadimgi  dunyo  tarixida  bir  qator  muhim  'madaniyat  o'choqlari  bo'lganki, 

bularning  mavjudligi  keyinchalik  yer  yuzida  san'at  va  madaniyatning  ravnaqiga, 

kuchli  ta'sir  ko'rsatgan.  Shunday  madaniyat  o'choqlari  orasida  ikki  daryo  oralig'i 

(Messopotamiya),  Misr,  O'rta  Yer  havzasidagi  davlatlar,  ayniqsa,  Gretsiya,  Rim 

davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik 

davlati  paydo  bo'ldi.  Misrning  tabiiy  sharoiti  insonni  juda  erta  hayotga,  hayot 

uchun  kurashishga  da'vat  etdi.  Bu  hoi,  o'z  navbatida,  uning  ongining  o'sishiga, 

tasavvurining  kengayishiga  olib  keldi,  aql  taraqqiyotini  tezlatdi.  Meditsina, 

astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. 

Qadimgi Misrda  yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati 

va  me'morchilik  yodgorliklari  hanuzgacha  o'zining  badiiy  qiymatini  yo'qotgani 

yo'q.  Tasviriy  san'atda  shartli  belgilardan  foydalanish  Misr  san'atida  juda  erta 

boshlandi  va  uning  xarakterli  tomonini  tashkil  etdi.  Misrliklarning  bunday  badiiy 

fikrlashlarini  ular  yaratgan  sfinkslarda  ham  ko'rish  mumkin.  Odam  boshli,  sher 

(arslon) tanali haykallar  orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini 

yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga 

ko'tarishga,  ilohiylashtirishga  harakat  qilganlar.  Shu  bilan  Misr  san'atida  realistik 

san'at  oqimining  mavjudligini  ham  inkor  etib  bo'lmaydi.  Bu  hoi,  ayniqsa,  oddiy 

xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari 

jonli,  real  va  ba'zan  yengil  yumor  bilan  ishlangan  tasvirlar  kishida  hamon  estetik 

/;ivq  va  yengil  kulgi  uyg'otadi.  Turli  qushlar,  hayvonlar  (yovvoyi  mushuk, 

maymun,  qo'ng'iz  va  hokazolar)  tasviri  realligi  va  ta'sirchan  ishlanganligi  bilan 

kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. 




 

Misr  san'atida  mayjud  bo'Igan  bu  realizm  oqimi,  ayniqsa,  Fir'avn  Exnaten 



(Amen  Xoap  IV)  davrida  yuksak  kamolotga  erishdi.  Shu  davrda  yaratilgan  nodir 

haykaltaroshlik  namunalaridan  biri  bo'Igan  Nefertiti  haykali  hozirgi  kunda  ham 

go'zallik  ramzi  tarzida  kishiga  quvonch  baxsh  etadi.  Bu  haykal  o'zining  ishlanish 

mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli va 

ko'rkam  bo'lishiga  xizmat  qiladi.  Ochiq  chehra,  tabassumga  shaylanib  turgan 

lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis va 

nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik yetakchi 

o'rinni  egallab  kelgan,  san'atning  boshqa  turlari  esa  shu  san'at  bilan  bog'liq  holda 

rivojlangan.  Misr  me'morchiligining  namunalaridan  biri  -  bu  mastaba  va 

piramida(ehrom)lardir.  Shularning  ichidagi  eng  yirik  fir'avn  ehromi  bu  Giza 

yaqinidagi  Xeops  piramidasidir.  Bu  piramidaning  balandligi  146,6  m,  asosining 

uzunligi  233  m.  U  hozirgi  kunda  ham  yaxshi  saqlanib  qolgan.  Tarixchi 

Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni qurish 

uchun  100  000  qul  haydab  olib  kelingan  va  ular  chet  eldan  keltirilgan  qullar 

hisobiga  to'ldirilib  borilgan.  Piramida  og'irligi  2-3  tonnali  ohaktoshdan  qurilgan 

bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu piramidalarning 

vazifasi  faqat  maqbara  ustiga  qo'yilgan  yodgorlik  toshi  emas.  Bular,  avvalo, 

fir'avnlarni  ulug'lash,  ularni  ilohiylashtirish  va  shu  bilan  fuqarolarda  podsho 

hokimiyatining  mustahkamligiga  ishonch  tug'dirish  va  ularni  doim  qo'rquv 

asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi. 

Misrda  saroylar  va  ayniqsa  ibodatxonalar  qurilishiga  alohida  ahamiyat 

berilgan.  Har  bir  qurilgan  saroy  va  ibodatxonalarning  ichki  va  tashqi  tomoni 

tasviriy  san'at  asarlari  bilan  bezatilgan.  Shunday  muhtasham  ibodatxonalar 

qurilishi,  ayniqsa,  yangi  podsholik  davrida  (eramizdan  avvalgi  ikki  minginchi 

yillar)  keng  taraqqiy  etgan.  Bu  davrda  yaratilgan  Luksor  va  Karnak  ibodatxona-

larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning kiraverishiga 

mustahkam  minor  (pilon)lar  tiklangan,  ro'parasiga  esa  sfinkslar  galleyasi 

ishlangan.  Ibodatxonaning  devorlari  devoriy  surat,  bo'rtma  tasvir  va  ierogliflar 

bilan qoplangan. 

 

 



Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining  quyi vohasida bugungi Misr 

Arab  Respublikasi  yerlarida  juda  qadim  paytlarda  (yer.av.VI  ming  yillik)  bir 

qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer yuzida 

birinchi  sinfiy  jamiyat  kurtaklari  nish  urdi,  quldorlik  davlatlari  yuzaga  keldi, 

rivojlandi.  Yeramizdan  avvalgi  4000  yillik  oxiri-3000  yillik  boshlariga  kelib  esa 

ular  yagona  yirik  despotik  davlatga  aylandi.  Qadimgi  Misr  san‘ati  tarixi  ana  shu 

davlatlarning  yuzaga  kelishi,  rivojlanishi  va  inqirozidan  tortib  to  Makedoniyalik 

Iskandar  (Aleksandr  Makedonskiy)ning  yurishi  bilan  uning  ellinistik  dunyoga 

qo‘shilib  ketishigacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  oladi,  o‘rganadi,  taxlil  etadi. 

Qadimgi Misr uzoq yo‘lni bosib  o‘tdi. Deyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga 

olgan  bu  davr  mobaynida  tasviriy  va  amaliy  san‘at,  me‘morchilikning  nodir 

durdonalari  yuzaga  keldiki,  ular  bugungi  kunda  ham  o‘zining  ulug‘vorligi  va 

yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san‘ati  o‘zining 



 

butun  taraqqiyoti  mobaynida  din  va  uning  turli  marosimlari  bilan  uzviy  bog‘liq 



holda  rivoj  topdi.  Me‘morchilik  esa  san‘atlar  ichida  yetakchi  o‘rinni  egallab, 

ularning  xarakter  va  uslubiga  o‘z  ta‘sirini  o‘tkazdi.  Yeramizdan  avvalgi  XXVII 

asrlarda  Misr  tarixida  eng  gigant  piramidalar  qurildi.  Piramidalar  ansambli  ichida 

eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi 

Gerodotning  ta‘rifiga  ko‘ra,  Xeops  piramidasi  20  yil  mobaynida  qurilgan. 

Piramidaga toshlar olib kelish uchun kerak bo‘lgan yo‘lni qurish uchun esa 10 yil 

ketgan.  

Fivadagi 

Karnak 

va 


Luksor 

ibodatxonalari 

gigant  me‘morchilik 

majmualaridandir.  Karnak  (yer.av.XVI  asr,  me‘mor  Ineni)  va  Luksor 

ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me‘mor kichik Aminxotep) me‘morlar birinchi bor 

ochiq hovli atrofini kolonadali  yechib,  yangi podsholik  me‘morchiligining  o‘ziga 

xos  tomonlarini  shakllanishiga  asos  soldilar.  Bu  majmualarda  Qadimgi  Misr 

me‘morlik  an‘analarining  muhim  tomonlari  o‘z  ifodasini  topdi,  shu  bilan  birga, 

tantanali  va  hashamatli  bo‘lib  borayotgan  marosimlar  bilan  aloqador  bo‘lgan 

me‘morchilikning yangi ko‘rinishlari namoyon bo‘ldi.  

Tasviriy  san‘at.  Qadimgi  Misr  tasviriy  san‘ati  me‘morchilik  bilan  bog‘liq 

xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning 

yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik quroliga aylandi. 

Dinastiyagacha  bo‘lgan  davrdan  bizgacha  ko‘pgina  haykaltaroshlik, 

rassomlik  va  amaliy  san‘at  namunalari  yetib  kelgan.  S‘Hular  ichida  turli  diniy-

magik marosimlar o‘tkazishda   qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kul 

rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o‘rin ‗gallaydi.  

Rassomlikda yangi mavzular ham keng o‘rinni yegallay boshladi. Rassomlar 

har  bir  obraz  hatti-xarakatini  tabiiy  va  go‘zal  bo‘lishiga  e‘tibor  bera  boshladilar. 

Mayda  plastinada  janrli  kompozisiyalar  yaratish,  odamlarni  harakatda  ko‘rsatish 

xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi. 

Qadimgi  Misr  realistik  san‘atining  eng  gullagan  davri  yangi  podsholikka 

to‘g‘ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag‘ishlangan serjilo 

devoriy  suratlar,  nafis  relef  va  haykaltaroshlik  asarlari  yaratdilar.  Ular  asrlar 

mobaynida  saqlanib  kelayotgan  hayotiy  kompozisiyalar  yaratdilar,  emosional 

tomonlariga e‘tibor  qaratdilar.  

Amaliy  dekorativ  san‘ati  borasida  ham  misrliklar  ajoyib  namunalar  yaratib 

qoldirdilar.  Ganch  va  toshlardan  yasalgan  ajoyib  ko‘zalar,  inkrustasiya  uslubida 

oltin  va  qimmatbaxo  toshlardan  ishlangan  bezak  buyumlar,  nodir  daraxt 

yog‘ochidan  yasalib,  oltin  va  fil  suyagi  bilan  bezatilgan  mebellar  qadimgi 

podsholik davridayoq yuksaklikka yerishdi. o‘rta va yangi podsholik davrida esa u 

yanada nafislanib bordi. ―Oqib borayotgan qiz‖ deb nom olgan pardoz qoshiqchasi 

shu o‘rinda diqqatga sazovordir.  

Eramizning bir mingingchi yillaridan boshlab Misr yerlarining parchalanishi 

san‘at  taraqqiyotini  bir  muncha  susaytirdi.  Misr  ijtimoiy  hayotidagi  jonlanish 

eramizdan  avvalgi  VII  asrlarda  boshlandi.  Lekin  bu  uzoqqa  cho‘zilmadi. 

Eramizdan  avvalgi  VI  asrlarda  eronliklar,  so‘ngra  yer.av.  IV  asrda  Aleksandr 

Makedonskiy tomonidan Misr yerlarining bosib olinishi uning o‘ziga xos san‘atida 

asta-sekin sunish va Yellin dunyosi san‘ati bilan qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ldi.  



 

Misr  san‘ati  umumjahon  san‘ati  taraqqiyoti  jarayonida  alohida  o‘ziga  xos 



qaytarilmas o‘rinni egallaydi. Qadimgi Misrning yuksak did va aql zakovat, bilim 

bajarilgan  nodir  san‘at  namunalari  esa  insoniyat  badiiy  maktabining  ajoyib 

durdonasi  hisoblanadi.  Bu  namunalar  o‘zidan  keyingi  jahon  san‘ati  taraqqiyoti 

uchun  taqlid  maktabini  o‘tadi.  Gresiya,  Rim  xalqlari  bu  san‘atdan  bahramand 

bo‘lib,  uni  har  tomonlama  o‘rgandilar,  davrga  mos  asarlar  yaratish  imkoniyatiga 

ega bo‘ldilar. 

 

Qadimiy Nil  vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda,  yam-yashil 



ekinzorlaru,  finikiy  palmalar  o‗rnini  sap-sariq  qum  tepaliklari  egallaydigan  joyda 

g‗ayritabiiy  shamoildagi  tog‗lar  ko‗zga  tashlanadi.  Bu  tog‗larning  qorasi  juda 

uzoqdan  Fayum  vohasidan  bir  necha  o‗n  kilometr  uzoqlikdagi  Qohira  shahridan 

ham  ko‗rinib  turadi.  G‗aroyib  ko‗rinish,  geometrik  aniqlik,  tarixiy  jozibadorlik, 

qudratli  ulug‗vorlik  bularning  barchasi  Misr  ehromlarida  mujassam.  Tadqiqotchi 

olimlar  hozirgacha  Nilning  quyi  oqimidan  sahro  qumlari  ostida  ming  yillar 

davomida  berkinib  yotgan  katta-kichik,  zina  shaklidagi  yoki  o‗ta  tekis  sirtga  ega 

yuzga  yaqin  ehromlarni  aniqladilar.  Bu  ulkan  inshootlar  Misrning  minglab  yillik 

tarixidan hikoya qiluvchi qadimiy poytaxti Memfis shahrini o‗rab turadi. Dunyoga 

dong‗i  ketgan  uchta  egizak  piramidalar  ham  qadimiy  va  afsonaviy  poytaxt 

joylashgan tekislik — Gizada qurilgan. Siz ularni bilasiz. Bular, Xeops, Xefren va 

Mikeren  ehromlaridir.  Piramidalar  orasida  eng  yirigi  Xeops  (yoki  misrcha  nomi 

Xufu)  ehromi  bo‗lib,  u  IV  sulola  vakillari  orasida  eng  qudratli  fir‘avn  Xufuga 

tegishlidir.Bu  ulkan  ehrom  hozirgacha  inson  qo‗l  mehnatining  ulkan  namunasi 

sifatida  saqlanib  turibdi.  Ehrom  asosi  to‗rtburchak  shaklda  bo‗lib,  yonlarning  har 

birining  uzunligi  227,5  metrga  teng.  Bu  o‗lcham  bir-biridan  hatto  bir  barmoq 

kengligi  darajasida  ham  farq  qilmaydi.  Demak,  Xeops  piramidasini  to‗liq  aylanib 

chiqishingiz uchun bir kilometrga yaqin yo‗l bosib o‗tishingizga to‗g‗ri keladi. Bu 

ulkan  ehromning  balandligi  qurilgan  paytida  146,5  metrga  teng  kelgan.  Vaqt 

hakami  qilichi  ehrom  cho‗qqisining  ayni  paytgacha  qariyb  10  metrlik  bo‗yini 

qirqdi. Hozir u 137 metrdir. Vaholanki, muqaddas kitoblarda qarg‗ishga uchragan 

fir‘avnlar  qabri  XIX  asrgacha  inson  qo‗li  bilan  bunyod  etilgan  dunyodagi  eng 

baland  inshootligicha  qolgan.  Balandlik  jihatidan  undan  me‘mor  Eyfelning 

mahorati mevasi birinchi bo‗lib o‗zib ketdi. 

Gizadagi  ehromlar  ichida  ulkanligi  bo‗yicha  ikkinchi  o‗rinda  turuvchisi 

fir‘avn  Xefrenga  tegishli  bo‗lib,  u  Xeops  piramidasidan  40  yil  keyinroq  qurilgan. 

Bu  ehrom  asosi  tomonlarining  uzunligi  215  metrdan,  balandligi  esa  136  metrdir. 

Ehrom  cho‗qqisidagi  qadimiy  bezak  namunasi  oq  bazalt  qoplamasi  qisman 

saqlanib qolgan. 

 

Uchinchi  ehrom  oldingi  ikkitaga  qaraganda  ancha  kichik.  U  fir‘avn 



Mikeringa  tegishli  bo‗lib,  ming  yillar  davomida  o‗z  nafisligini  saqlab  qola  olgan. 

Bu  kenja  piramidaning  tomonlarining  uzunligi  108  metrdan,  balandligi  esa,  66,5 

metrga (hozir 62 metr) teng bo‗lgan. 

Ehromlarning  qurilish  tarixi  ming  yillar  davomida  dahshatli  mehnat 

afsonasining saqlanib qolishiga sabab bo‗lgan. Biroq ulardan hech birida bu ulkan 



 

10 


tog‗larning  nega  qurdirilganiga  aniq  javob  bo‗luvchi  dalil  yo‗q.  Xo‗sh,  Misr 

ehromlari nega qurilgan? 

Ehromlar  devorlaridagi  turli  shakllardagi  rasmlar  bu  savolga  eng  haqqoniy 

javob  bera  oladi.  Biroq  tabiatda  uchrovchi  turli  jismlarni  aks  ettirgan  jismlarning 

rasmlari  ortida  yashiringan  sirlarni  tushunuvchi  mahalliy  ziyolini  ming  yillar 

davomida  saqlash  mumkin  emas,  albatta.  Biroq,  ularning  peshona  terlari  bu  qulf 

uchun  eng  munosib  kalit  bo‗ladi.  1913  yilda  bir  guruh  ingliz  tadqiqotchilari 

Nilning  quyi  oqimidan  noma‘lum  mutafakkir  tomonidan  yozilgan  yunon-qadimiy 

misr  tili  lug‗ati  o‗yib  yozilgan  taxtachani  topib  olishdi.  Shu  lug‗at  tufayli  ayni 

paytda  qadimiy  Misr  aholisi  so‗zlashgan  tilning  20  foizini  tushunish  imkoni  bor. 

Biroq biz bilishni xohlayotgan ehromlarning qurilish sababi qolgan 80 foizlik sirlar 

ostida yotibdi. 

Quyida  shu  kunga  qadar  piramidalarning  bunyod  etilish  tarixi  bilan  bog‗liq 

ayrim tarixchi olimlarning fikrlari qayd qilingan: 

Mire Shokir xonim (Misr) — ―Ehromlarda fir‘avnlarning abadiy tirik turish 

xohishi saqlangan. Ularning mo‗miyolangan jasadlari, rasmlardagi quyosh farzandi 

fir‘avn  ekanligi  to‗g‗risidagi  tushunchalar  —  bularning  barchasi  yaqqol 

dalillardir.‖ 

Anri  Fukua  (Frantsiya)  —  ―Nil  daryosi  qirg‗og‗ida  yashovchi  mahalliy 

xalqning asosiy turmush tarzi shu daryo bilan bog‗liq bo‗lgan. Buni oliy darajadagi 

hokimlar  ham  tushungan,  albatta.  Ehromlar  yer  sathi  va  quyosh  nurining 

stabilligini  saqlagan.  Poytaxt  yaqinida  og‗ir  massali  tog‗lar  toshqinlar 

mavsumidagi  sel  kelishini  sezilarli  miqdorda  kamaytiradi.‖  U  bu  mulohazasini 

ehrom  shaklida  qurilgan  dunyoning  turli  burchaklarida  joylashgan  boshqa 

inshootlar  bilan  davom  ettiradi.  Uning  fikricha,  Solomon  orollarida  va 

Yukatandagi qadimiy piramidalar ham xuddi ana shu maqsadlarda bunyod etilgan. 

Ma‘lumot  o‗rnida  aytib  o‗tish  kerakki,  Solomon  orollaridagi  piramidadan 

afsonaviy shoh Sulaymonning butun boshli xazinasi  topilgan (1863  yil). Biroq bu 

inshootni tadqiq qilishni istagan o‗ndan ortiq kashfiyotchilar toshlardan chiqadigan 

turli  zaharli  gazlar  tufayli  yarim  yo‗ldayoq  safarlariga  nuqta  qo‗yishga  majbur 

bo‗lganlar.  Biroq  ingliz  dengizchisi  Godli  Olgren  shohning  xazinasigacha  yetib 

bora olgan edi. 

Yukatandagi  piramida  esa  astronomik  kuzatuvlar  uchun  qurilgan,  degan 

taxminlar bor. 

Jeyson  Gird  (Buyuk  Britaniya)  —  ―Ehromlar  strategik  maqsadlarga  xizmat 

qilgan.  U  orqali  mahalliy  aholi  poytaxtdan  qariyb  yuz  chaqirim  naridagi 

dushmanning  harakatlarini  bemalol  kuzatib  tura  olgan.  Bundan  tashqari  ular 

qadimiy  Misr  qo‗shinining  qudrati  va  madaniyatining  buyukligini  isbot  qilish 

vositasi  bo‗lgan.‖  Darhaqiqat,  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Birlashgan 

Qirollikning  Afrikadagi  havo  hujumidan  mudofaa  tizimi  ana  shu  ehromlar  ustini 

imkon qadar tekislab, u yerda kuzatuv punktlari qurishgan. 

Don  Marklar  (Buyuk  Britaniya)  —  ―Ehromlar  fir‘avn  munajjimlari  uchun 

observatoriya  vazifasini  o‗tagan.  Chunki  aynan  munajjim  rohiblargina  fir‘avn  va 

xudolar  orasida  vositachi  bo‗lishgan-da.  Keyinchalik  podsholar  xudoga 




 

11 


yaqinlikdan  umidvor  bo‗lib,  mo‗miyolangan  tanalarini  ehrom  ichida  dafn 

etishlarini so‗ragan.‖ 

Yana  shunday  fikrlar  ham  borki,  uni  eshitib  beixtiyor  og‗izning  tanobi 

qochadi.  Masalan,  Kaliforniyalik  (AQSh)  misrshunos  Alba  Gunte  ehromlar  inson 

qo‗li bilan qurilmagan degan fikrda. Uning ta‘kidlashicha, bunday ulkan inshootni 

qurish  uchun  hatto  zamonaviy  texnikalar  ham  ojizlik  qiladi.  Bu  ehromlar  o‗zga 

sayyoraliklar  tomonidan  qurib  ketilgan.  U  o‗z  fikrlarini  davom  ettirar  ekan, 

ehromlarning  nihoyatda  pishiq  reja  asosida  qurilgani,  uning  toshlari  orasiga  hatto 

igna tig‗i kirmasligi bilan fikrini isbotlamoqchi bo‗ladi. 

Piramidalarning  ichida  maxsus  xonachalar  bo‗lib,  bu  shaxsan  quyosh 

o‗g‗lining  o‗ziga  atalgan.  Chunki,  fir‘avn  vafotidan  so‗ng  jasadi  shu  xonalardagi 

maxsus  sarkofaglarda  saqlangan.  Biz  mulohazalarimizni  M.  Shokir  xonimning 

Xeops piramidasi bilan bog‗liq qaydlari bilan davom ettiramiz. 

―Ehromning  ichiga  beshta  maxsus  qurilgan  yo‗lakchalar  orqali  kirish 

mumkin.  Ammo  ulardan  faqat  bittasigina  sizni  fir‘avn  qabri  joylashgan 

xonasigacha  olib borishi mumkin. Chunki bu yo‗lak bo‗ylab ancha keng  yo‗lakka 

va  undan  chiqqan  bir  nechta  yo‗laklarga  duch  kelasiz.  Xullas,  ehrom  ichidagi 

yo‗lakchalarning  ―shoxchalashi‖  sizning  fir‘avn  sarkofagigacha  bormasligingiz 

uchun  atay  qurilgan.  Sarkofag  atrofidagi  behisob  boyliklarning  talanishi 

mumkinligi 

me‘morlarni 

o‗sha 


davrdayoq 

bezovta 


qilgan. 

Noto‗g‗ri 

yo‗lakchalarning  oxiri  yo‗q...  Xuddi  labirint  singari  ulkan  ehrom  ichida  chiqish 

yo‗lini  topa  olmay  halok  bo‗lishingiz  hech  gapmas.  (Kuzatuvlarim  davomida 

chiqish  yo‗lagini  topa  olmagan  baxtiqaro  odamlar  suyaklariga  ko‗p  marta  duch 

kelganman)‖. 

Keng  yo‗lakdan  chiqqan  yo‗lakchalardan  biri  sizni  fir‘avn  qabriga,  undan 

chiquvchi  maxsus  yo‗lak  esa,  siz  aslida  qidirayotganingiz  tilladan  qilingan 

taqinchoq  va  turli  uy  anjomlariga  to‗la  maxsus  xonaga  olib  boradi.  Qadimgi 

misrliklar  odam  o‗lganidan  keyin  shohning  shoh,  gadoning  gado  bo‗lib,  boshqa 

dunyoda  yashashda  davom  etishiga  ishonganlar.  Shuning  uchun,  fir‘avn  o‗zga 

dunyo  darvozaboniga  bir  dunyo  tillo  taqinchoqlarini  isbot  qilib  ko‗rsatgan  va 

oldingi amalini o‗zga dunyoda ham davom ettirgan. 

Afsuski,  odamzod  hamisha  boylikka  o‗ch.  Memfis  shimolidagi  zinasimon 

Joser piramidasi  va sahro ichida qurilgan Shulek  ehromidangina izlangan narsalar 

chiqqan.  Gizadagi  uchala  ulkan  piramidalarning  hech  biridan  na  mo‗miyolangan 

jasad  va  na  boylik  chiqdi.  Aftidan,  quruvchi  me‘morlar  anchayin  puxta  bo‗lgan 

ko‗rinadi... 

 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling