Qadimgi misr san’ati


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216938
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod

Qadimgi Misr yozuvi 

                                                                                                                        

      Qadimgi  va  O`rta  podsholik  davrida  misrliklar  barpo  etgAn  ulkan 

piramidalar  fir‘avnlar  dafn  etiladigan  joy  –maqbaralar  bo`lgan.    Eng  mashhur 

piramidalar  Giza  shaxri  atrofida  uch  fir‘avn  –Xufu,  Xafra  va  menkaura  uchun 

bunyod etilgan. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun 

miloddan  avvalgi  2600-yilda  qurilgan  edi.    Uning  balandligi  147  metr.  Piramida 

har  biri  2  tonnadan  og`irroq  bo`lgan  2,5  million  dona  tosh  bloklardan  tashkil 

topgan.  Toshlar  shunchalik  ustalik  bilan  joylashtirilgaki,  ularning  orasi  0,5 

millimetrdan ham oshmaydi. Piramidalarning har birida fir‘avnning jasadi solingan 

toshtobut  –sarkogaf  joylashgan.Yirik  piramidalarni  o`rtacha  20  yil  davomida  

tinimsiz  mehnat  evaziga  qurishgan.  Buning  og`ir  mehnat  ekanligi  sir  emas. 

Piramidalarni sfinkslar –tanasi arslon va boshi odamsimon bo`lgan ulkanhaykallar 

qo`riqlaydi.  Yangipodsholik  davrida  boshqa  piramida  qurmay  qo`yishdi.    Eng 

mashhur    maqbara  fir‘avn  Tutanxamonga  tegishli  bo`lgan.maqbara  ichida 

tasavvurga sig`maydigan boyliklari bilan bizgacha yetib kelgan.  Dafn etilayotgan 

xar  qanday  fir‘avn,  albatta  mumiyolangan.  Odatda  mumiyolash    qariyb  70  kun 

davom  etgan.  Mumiyolash  jarayonida  jasad  turli  matolarga  jirmab  tashlangan 

matolar  orasida  omad  keltiruvchi  tumorlar  qo`yilgan.shu  taxlit  ishlov  berilgan 

inson  jasadi  dafn  etilgan.misrliklar  e‘tiqodi  bo`yicha  xudo  ko`pincha  muqaddas 

hayvonlar  qiyofasida  bo`ladi  deb  faraz  qilishgan.shuning  uchun  mushuk,  qo`y, 

ho`kiz, sigir, arslom, lochin,ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. 

Qumursqalar  orasida  qoraqo`ng`iz  alohida    hurmat  e‘tiborga  sazovor  edi.    Bastet 

degan  mushuksimon  xudo  ham  misrlaiklar  e‘tiqodi  bo`yicha  ilohiy  bo`lgan. 

Qadimgi  misrda  yozuv  dunyo  miqyosida  birinchilarda  rivojlangan.  Avvaliga  har 

bir so`z bir surat ko`rinishida bo`lgan. Yozuvdan qarg`ishlar va diniy marosimlarni 

yozib borishda foydalanilgan. Shuning uchun ham  uni  ―muqaddas‖  yoki  ―xudolar 

kalomi‖  deb  nomlashgan.  Yozuvlar  maqbara  devorlariga  va  xudolar  haykallariga 

o`yib  yozilgan.  Qadimgi  yunonlar  ularni    ―iyerogliflar‖  deyishgan  (―toshga 

chekilgan  muqaddas  bitiklar‖  ma‘nosini  anglatadi).  Misrliklar  alifbosi  700 

iyeroglifdan iborat bo`lgan. Iyeroliflarni qamish qilqalam  bilan papirusga , ya‘ni 

papirus  poyasidan  ishlangan  qog`ozga  yozishgan.  Husnixat  san‘atini    egallagan 

kishilar  yuksak  saviyadagi  ma‘lumotli  va  savonxon  kishilar  sanalgan.  Ular  katta 

imtiyozlarga ega bo`lib, yuksak hurmatga sazovor bo`lganlar. Taniqli fransuz olimi 

Jak  –Faransua  Shampolyon  olamshumul  ahamiyatga  molik  kashfiyot  qildi:  misr 

matnilari  o`qish  kalitini  topdi.  Bu  kashfiyotga  Qohira  shaxridan  uncha  uzoq 

bo`lmagan  Rozett  shaxri  yaqinidagi  bir  toshga  chekilganqadimgi  misr  va  yunon 

tillaridagi bir xil ma‘nodagi bitik sababchi bo`ldi.bugungi kunda Rozett bitiktoshi 

Londondagi  Britaniya  muzeyida  saqlanmoqda.    Misrliklarning  nazariy 

bilimlarining  amaliy  faoliyati  bilan  bog`liq  edi.  Ziroatchilar  qachon  urug`likni 

yerga qadashlari, qachon hosilni yig`ib olishlari kerakligini bilishlari zarur edi. Bu 

muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab bilib olishganlar. Shu tariqa asronomiya, 

ya‘ni yulduzlar, haqidagi fan dunyoda keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil 

davomiyligini 365 kun etib aniq –raso belgilashdi. Birinchi bo`lib taqvim tuzishdi. 

365  kunni  esa  30  kundan  12  oyga  taqsimlab,  qolgan  5  kunni  bayram  sanab, 



 

15 


hisobga  kiritishmagan.  Misrliklar  tomonidan  tuzilgan  osnomda  yulduzlar  

joylashuvi xaritasi xozirga qadar saqlangan.  Anhorlar qaziyotganda yer maydonini 

hajmini  o`lchash  juda  zarur  bo`lgan  bu  esa  geometriya  fanini  ravnaq  topishiga 

katta  ta‘sir  ko`rsatgan.  Qolaversa  kasrlar,  maxrjlar  va  hisob-kitob  ishlarini,  ham 

bilishgan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklar tarixga oid 

ma‘lumotlarni ibodatxona devorlariga papiruga bitganlar. Turin papirusi bizgacha 

yetib  kelgan  (qattiq  shikastlangan  holda),  unda  podsholar  sulolasi  xronologiyasi 

izchillikda keltirilgan. Megiddo shaxridagi ibodatxona devorida podsho Tutmos III 

ning  yurishlari  kitoblari  saqlanib  qolingan.  Misr  tarixiga  oid  ko`plab  manbalar 

bizgacha  Gerodotning  ―Tarix  ‖  asari  orqali  yetib  kelgan.  Misrda  asosiy  o`lchov 

birlik  ―tirsak‖  bo`lib,  u  tirsakdan  barmoqlar  uchigacha  bo`lgan.  Qo`llar  uzunligi 

turlicha bo`lgani sababli   ―podsho  tirsagi‖ degan  yagona  o`lchov joriy  etilgan. U 

52,5 santimetrga teng bo`lgan.  ―Podsho tirsagi‖ butun mamlakat uchun andazaga 

aylangan.  Qisqasi  28  ta  barmoq    yoki  7  ta    kaft  bit  tirsakni  tashkil  etgan.  Misrda 

vaqt  suv  soatlari  bilan  o`lchangan.  U  24  ta  bo`lmaga  o`xshash  maxsus  idish 

bo`lgan. Bir bo`lmadan ikkinchisiga oqib o`tadigan suv hajmi bir soat deb olingan. 

Misrliklarning ko`plab kahfiyotlari hozir ham foydalanilib kelinmoqda: taqvimlar, 

bir  necha  osmon  burjlari  nomi  va  hokazo.  Lekin    asosiy  yumush  matn  yozish  va 

o`qish  bo`lgan  xattotlar  mehnati  tufayli  misrliklarning  badiiy  asarlari  bizgacha 

yetib  kelgan.  Masalan:  ―haqiqat  va  qing`irlik  haqida  ertak‖,  ―og`  -inilar‖  degan 

ertaklar  va  ko`plab  qissalar  bizgacha  yetib  kelgan.  ―Og`a  –inilar‖  degan  ertakda 

aka –uka dehqonlar turmush tarzi va zolim fir‘avn timsoli yoritilgan.           




 

16 


 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling