Qadimgi misr san’ati


Qadimgi misrliklar e’tiqodi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216938
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod

Qadimgi misrliklar e’tiqodi. 

 

                 Nil.  Ulug`vor  daryo  Afrika  shimoli  sharqida  sivilizatsiya  vujudga 



kelishi uchun maydon hozirlagan. Nil daryosi borib-borib O`rtayer dengiziga borib 

quyiladi.  Nil    daryosi  qayirlarini  yunonlar  delta  deb  atashgan,  chunki  dengizga 

quyiluvhci  shoxobchalarning  to`la-to`kis manzarasi uchburchaksimon  yoki  teskari 

yozilgan  ―    ‖  harfiga  o`xshash  yunoncha    ―delta‖    harfiga  monand  bo`lgan.    Nil 

vodiysi  –har  ikkala  qirg`oq  bo`ylab  birdan  to  yigirma  kilometrgacha  kenglikdagi 



 

12 


sug`oriladigan  yerlardir.    Daryoning  har  ikkala  tomonidan  qora  tuproqli  dala 

yastanib yotibdi.  Vodiyliklar yurtga – Misr     

Ya‘ni  qora  tuproq  deb  nom  berishgan.Bu  hududda  yashovchilar  asta-serkin 

ziroatchilik bilan shug`ullangalar. Mill. avv. IV mingyillik boshlarida odamlar Nil 

daryosi  qirg`og`laridagi  yerlarni  o`zlashtirishga  bel  bog`laganlar.    Dastlabki 

qabilalar  nil  vohasiga  milodddan  avvalgi  IV  mingyilllikda  ko`chib  o`rnashganlar. 

Misrlik  dehqonlar  bug`doy  va  ar[pa  ekishar,  yetishtirilgan  kanobdan  esa  gazlama 

to`qishardi.  Nil  vodiysida  uzum,  qovun,  anor,  xurmo,  piyoz,loviya  kabi  meva  va 

sabzavot yetishtirilardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar 

kuchidan foydalanila boshlandi.  Kuzda dalalarga urug` sochishar, sug`orish uchun 

kanallar va ariqlar tazalanar edi. Issiq yoz oylarida  esa dam olishar, ekinni ekishga 

tayyorlashardi.  Qishda  esa  yig`im  –terimi  boshlanardi.  Qadimgi  Misr 

hunarmandlarini  30dan  ortiq  kasb-kori  bo`lgan.  Mischilar  misni  eritsalar, 

temirchilar undan mehnat qurollari yasashardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar 

va  uylar  bunyod  etishgan.  Oddiy  misrliklarning  uyi  loy  suvalgan  papyrus 

poyalaridan, zodagonlar uyi esa somon qo`shib qorilgan loydan yasalgan..Odamlar 

miloddan  avvalgi  IV  mingyillik  oxirida  Nil  vohasidagisermashaqqat  turmush 

sharoitiga  moslasha  boshlaganlar.  Tarqoq  manzilgohlar  ―nom‖  deb  atalgan  ilk 

davlatlarga  birlashgan.    Misrda  ikkita  podsho  hukmdorlik  qilga:  Quyi  Misrda, 

boshqachasi  esa  Yuqori  (Janubiy)  Misrda  davlatni  boshqargan.  Mil.  avv.  3000-

yilda  ikkala  davlat  o`rtasida  boshlangan  urushda  yuqori  Misr  hukmdori  Menes 

g`alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya‘ni fir‘avn 

bo`ldi.yagona  va  birlashgan  davlat  uchun  yangi  poytaxt  bo`lmish  Memfes  shaxri 

barpo etildi.  Olimlar Misr tarixini ilk, qadimgi, O`rta, Yangi va So`nggi podsholik 

davlatlariga  bo`lganlar.    200  yildan  so`ng  mamlakatni  yana  qaytadan  birlashtirila 

boshlandi.shu  tariqa  O`rta  podsholik  hukmronligi  davri  boshlandi  Bu  davlatning 

poytaxti  Fiva  shaxri  edi.  Misr,  janubdan  Nubiya  bilan  chegaradosh  bo`lgan.  Bu 

mamlakatga  Misrliklar  Nil  bo`ylab  oltin,  smola  (qatron),  fil  suyagi,  nodir  navli 

yog`ochlarni  ayirboshlash  uchun  borishardi.  Misr  g`arbda,  Liviya  cho`lida  shu 

nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko`chmanchi chorvador bo`lgan.     

      Arabiton  sahrosida  hech  kim  istiqomat  qilmagan.  Ammo  u  orqali 

o`tadigan yo`l Sinay yarimoroli orqali borar, bu yerdan esa mis qazib olinar, Sinay 

yarimorolidan  shimolroqda    Falastin,  uning  yonboshida  Suriya  joylashgan  edi. 

O`rta  podsholik  davrida  Sinay  yarimoroli  bosib  olindi.  Mahalliy  qabilalar  Misrga 

―xiroj‖  to`lar  edi.O`rta  podsholik  fir‘avnlari  Janubiy  Falastin  yerlari  va  Nubiya 

shimolini  Misrga  qo`shib  olishga  muyassar  bo`ldi.  Mil.  avv.    XVIII  asr  oxirida 

ko`chmanchi 

giksoslar 

qabilalari 

misrgahujum 

qildi. 

Misrning 

piyoda 

qo`shinlaridan  farqli  o`laroq  giksoslarning  asosiy  kuchi  yengilaravalar  –otlar 

qo`shilgan  jang  aravalari  bo`lgan.  Quyi  Misrni  Bosib  olgach  giksoslar  Misrliklar 

shaxarlari va qishloqlariga hujum qildi. Bu vaqtda O`rta podsholik ko`plab mayda 

nomlarga  bo`linib  ketgan  edi.  Ular  giksoslarga  boj  to`lardilar.  Ko`p  o`tmasdan 

yuqori  Misrning  barcha  nomlari  Fiva  nomi  fir‘avni  tevaragida  birlashdilar.  Bir 

qancha janglarda fir‘avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan 

haydab  chiqargan.  Itoatsiz  hukmdorlarni  o`ziga  bo`ysindirgan  Yaxmos  yangi 

fir‘avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu  vaqtdan boshlab,Yangi podsholik 



 

13 


davri  boshlandi.  Yaxmos  hukmronligi  davrida  Misr  yuksak  kuch  –qudrat 

cho`qqisiga chiqqan edi. Fir‘avnlar o`z jangchilarini qilichlar va tabarzinlar-dastasi 

uzun  jangavor  oyboltalar  bilan  qurollantirganlar.  Bir    necha  yurishlardan  so`ng 

Misr  fir‘avnlari  butun  Nubiyani,  Misrga  qo`shib  oldilar,  Liviya  qabilalari  xiroj 

to`lashga  majbur  bo`ldilar.  Mil.  avv  1500-yillar  atrofida  fir‘avn  Tutmos  II  katta 

yurishlar  tashkillashtirishga  muyassar  bo`ldi.    Faqatgina  fir‘avn  Tutmos  III 

Falastinni bosib olishga muvaffaq bo`ldi. 

Mil.  avv.  VII  asrda  Misr  yana  yagona  davlatga  birlashdi,  ammo  miloddan 

avvalgi VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar 

to`plagan  shaxanshox  Kir  II  ning  o`g`li  Kambiz  mavvalgi  525-yilda  Misrni  bosib 

oldi. 

Misr  ko`pxudoli  mamlakat    xisoblanadi.  Qadimgi  Misr    podsholigining 



poytaxti  Memfisda  o`z  xudosi  –  Ptax  bo`lgan,  Ptax  esa,  misrliklar  e‘tiqodicha 

olamni  yaratayotganda  har  bir  narsaning  nomini  odamga  o`rgatgan.Ptaxning  yer 

yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, uning peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora 

ho`kiz bolgan. 

Quyosh  xudosi  Amon  –Ra  degan  iloh  bo`lgan.  U  fir‘avnning  bosh  ilohi  va 

homiysi  hisoblangan.  Misrliklar,  fir‘avnlarning  hammasi  quyosh  xudosining 

o`g`illaridir  ular  barcha  ishni  samoviy  otsining  amri  bilan  qilishadi  degan  fikrda 

bo`lganlar.  Yana bir iloh  Xapi –Nil xudosi –Misrdagi hayotning birlamchi manbai 

va posboni  

Set –Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi. 

Xatxor –musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi.   Maat –adolat va adliya ilohasi. 

Anubis  –marhumlar  va  mumiyolar  xudosi,  mayyitlar  posboni.Tot  –Oy, 

donishmandlik va tabiblik ilohi. 

      Rivoyatlarga  ko`ra  Osiris  mirning  ilk  podsholaridan  biri  bo`lib,  O`z 

xalqini dexqonchilikka  o`rgatgan  ekan. Birodari Set  esa Osirisni  o`ldiradi. Ammo 

Osirisning  sibnglisi  Isida  uni  mumiyolagan  va  qayta  tiriltirgan  ekan.  O`shandan 

boshlab  jon  qaytib  keladigan  joy  bo`lishi  uchun  barcha  marhumlar  mumiyolanar 

ekan.  Kohinlar,  xudolar  va  odamlar  o`rtasida  vositachi  bo`lishgan.  Misrliklar 

e‘tiqodicha,  mabodo  yer  yuzida  maxsus  marosimlar  ado  etilmasa  xudolar 

odamlarga  madad  bermay  qo`yadilar.  Kohimlar  diniy  marosimlarni  bilar, 

qurbonlik  bag`ishlar  edilar.  Kundalik  turmushda  ham  kohinlarsiz  biron  ish  qilish 

mushkul  edi.  Misrliklar  uchun  ibodatxona  xudolar  va  ilohalarning  yer  yuzidagi 

kosonasi  edi.  Ibodatxonalarda  xudolarning  xaykalchalari,  iloh  yoki  ilohaning  ruhi 

ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Shuning uchun har kuni tongda, peshinda 

va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashar edilar.  

 



 

14 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling