Qadimgi misr san’ati


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216938
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod

1. Qadimgi Misr yozuvi.  

 

Misr  insoniyat  madaniyatining  eng  qadimgi  markazlaridan  biri  hisoblanadi. 



Yozuv ma`naviy madaniyatning ajraljnas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6–7 

ming  yillar  muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iyeroglif  yozuvini kashf etganlar. 

Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan.   

Misr  yozuvida  narsa  va  hodisalar  har  turli  rasm  va  belgilar  yordamida  ifoda 

etilgan.  Masalan,  suv  so`zi  uch  qator  to`lqinsimon  chrziq,  tog`  so`zi  ost  tomoni 

tekis,  yuqori  tomoni  qabariq,  o`rtasi  botiq  shakl  bilan  ifoda  etilgan.  Qo`lida  o`q-

yoy ushJab turgan odam rasmi jangchi, o`roq ushlab turgan kishi tasviri esa o`rmoq 

degan  ma`noni  bildirgan.  Keyinchalik  belgi-rasm  shaklidagi  yozuv  takomillashib 

soddalashtirilgan.  Zamonlar  o`tishi  bilan  belgi-rasm  shaklidagi  yozuvlar  alifbo 

belgilariga  aylangan.  Qadimgi  podsholik  davrida  misrliklar  yozuvida  24  ta  asosiy 

tovushni  bildiradigan  alifbo  tizimi  paydo  bolgan.  Misrliklar  dastlab  alifbo  va 

xatlarni  tosh,  sopol,  yog`och,  po`stloq,  taxta,  teri  kabi  buyumlarga  yozganlar.  Nil 

sohillarida  o`sadigan  papirus  o`simligining  barglari  yozuv  qog`ozi  o`rnida 

foydalanilgan.  Misrliklar  papirus  barglaridan  varaqlar  tayyorlab,  varaqlarni  bir-

biriga  ulab  uzunligi  45  metrgacha  papirus  o`ramlari  tayyorlaganlar.  Zaruriy 

ma`lumot,  hodisa  va  boshqa  narsalar  papirusga  yozib  berilgan.  Papirusga 

qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o`ziga xos 

kitobi edi. Misming turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi «papirus kitoblar»ni 

topishgan.  Qadimgi  Misr  yozuvini  o`qib-o`rganishga  qadimgi  mualliflar  urinib 

ko`rganlar.  Lekin  ular  bu  sohada  yaxshi  natijalarga  erisha  olmaganlar.  Keyingi 




 

davrlarda  tilshunos  olimlar  Misr  iyerogliflarini  o`qib  chiqishga  harakat  qilib 



ko`rganlar. Lekin ular bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaganlar.  

Mashhur fransuz olimi Fransua Shampolon Misr iyerogliflarini o`qib chiqib, 

shuhrat qozongan.  

   



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling