Qadimgi misr san’ati
Qadimgi misrliklar e’tiqodi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod
Qadimgi misrliklar e’tiqodi.
Nil. Ulug`vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun maydon hozirlagan. Nil daryosi borib-borib O`rtayer dengiziga borib quyiladi. Nil daryosi qayirlarini yunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvhci shoxobchalarning to`la-to`kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari yozilgan ― ‖ harfiga o`xshash yunoncha ―delta‖ harfiga monand bo`lgan. Nil vodiysi –har ikkala qirg`oq bo`ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi
12
sug`oriladigan yerlardir. Daryoning har ikkala tomonidan qora tuproqli dala yastanib yotibdi. Vodiyliklar yurtga – Misr Ya‘ni qora tuproq deb nom berishgan.Bu hududda yashovchilar asta-serkin ziroatchilik bilan shug`ullangalar. Mill. avv. IV mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg`og`laridagi yerlarni o`zlashtirishga bel bog`laganlar. Dastlabki qabilalar nil vohasiga milodddan avvalgi IV mingyilllikda ko`chib o`rnashganlar. Misrlik dehqonlar bug`doy va ar[pa ekishar, yetishtirilgan kanobdan esa gazlama to`qishardi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz,loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar kuchidan foydalanila boshlandi. Kuzda dalalarga urug` sochishar, sug`orish uchun kanallar va ariqlar tazalanar edi. Issiq yoz oylarida esa dam olishar, ekinni ekishga tayyorlashardi. Qishda esa yig`im –terimi boshlanardi. Qadimgi Misr hunarmandlarini 30dan ortiq kasb-kori bo`lgan. Mischilar misni eritsalar, temirchilar undan mehnat qurollari yasashardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papyrus poyalaridan, zodagonlar uyi esa somon qo`shib qorilgan loydan yasalgan..Odamlar miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vohasidagisermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshlaganlar. Tarqoq manzilgohlar ―nom‖ deb atalgan ilk davlatlarga birlashgan. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilga: Quyi Misrda, boshqachasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000- yilda ikkala davlat o`rtasida boshlangan urushda yuqori Misr hukmdori Menes g`alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya‘ni fir‘avn bo`ldi.yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo`lmish Memfes shaxri barpo etildi. Olimlar Misr tarixini ilk, qadimgi, O`rta, Yangi va So`nggi podsholik davlatlariga bo`lganlar. 200 yildan so`ng mamlakatni yana qaytadan birlashtirila boshlandi.shu tariqa O`rta podsholik hukmronligi davri boshlandi Bu davlatning poytaxti Fiva shaxri edi. Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu mamlakatga Misrliklar Nil bo`ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog`ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g`arbda, Liviya cho`lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko`chmanchi chorvador bo`lgan. Arabiton sahrosida hech kim istiqomat qilmagan. Ammo u orqali o`tadigan yo`l Sinay yarimoroli orqali borar, bu yerdan esa mis qazib olinar, Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. O`rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi. Mahalliy qabilalar Misrga ―xiroj‖ to`lar edi.O`rta podsholik fir‘avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo`shib olishga muyassar bo`ldi. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko`chmanchi giksoslar qabilalari misrgahujum qildi. Misrning piyoda qo`shinlaridan farqli o`laroq giksoslarning asosiy kuchi yengilaravalar –otlar qo`shilgan jang aravalari bo`lgan. Quyi Misrni Bosib olgach giksoslar Misrliklar shaxarlari va qishloqlariga hujum qildi. Bu vaqtda O`rta podsholik ko`plab mayda nomlarga bo`linib ketgan edi. Ular giksoslarga boj to`lardilar. Ko`p o`tmasdan yuqori Misrning barcha nomlari Fiva nomi fir‘avni tevaragida birlashdilar. Bir qancha janglarda fir‘avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan haydab chiqargan. Itoatsiz hukmdorlarni o`ziga bo`ysindirgan Yaxmos yangi fir‘avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu vaqtdan boshlab,Yangi podsholik
13
davri boshlandi. Yaxmos hukmronligi davrida Misr yuksak kuch –qudrat cho`qqisiga chiqqan edi. Fir‘avnlar o`z jangchilarini qilichlar va tabarzinlar-dastasi uzun jangavor oyboltalar bilan qurollantirganlar. Bir necha yurishlardan so`ng Misr fir‘avnlari butun Nubiyani, Misrga qo`shib oldilar, Liviya qabilalari xiroj to`lashga majbur bo`ldilar. Mil. avv 1500-yillar atrofida fir‘avn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo`ldi. Faqatgina fir‘avn Tutmos III Falastinni bosib olishga muvaffaq bo`ldi. Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, ammo miloddan avvalgi VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar to`plagan shaxanshox Kir II ning o`g`li Kambiz mavvalgi 525-yilda Misrni bosib oldi. Misr ko`pxudoli mamlakat xisoblanadi. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi – Ptax bo`lgan, Ptax esa, misrliklar e‘tiqodicha olamni yaratayotganda har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan.Ptaxning yer yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, uning peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz bolgan. Quyosh xudosi Amon –Ra degan iloh bo`lgan. U fir‘avnning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Misrliklar, fir‘avnlarning hammasi quyosh xudosining o`g`illaridir ular barcha ishni samoviy otsining amri bilan qilishadi degan fikrda bo`lganlar. Yana bir iloh Xapi –Nil xudosi –Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni Set –Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi. Xatxor –musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi. Maat –adolat va adliya ilohasi. Anubis –marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni.Tot –Oy, donishmandlik va tabiblik ilohi. Rivoyatlarga ko`ra Osiris mirning ilk podsholaridan biri bo`lib, O`z xalqini dexqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning sibnglisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanar ekan. Kohinlar, xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar e‘tiqodicha, mabodo yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa xudolar odamlarga madad bermay qo`yadilar. Kohimlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Misrliklar uchun ibodatxona xudolar va ilohalarning yer yuzidagi kosonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning xaykalchalari, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Shuning uchun har kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashar edilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling