Qadimgi misr san’ati
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
17 QADIMGI MISR MADANIYATI Mirshod
3. Qadimgi Misr adabiyoti. Qadimgi Misr adabiyoti bundan VI–VII ming
yil muqaddam vujudga kelgan. O`rta podsholik davridayoq adabiyot juda yuksak darajaga ko`tarilgan. Qadimgi misrliklar juda ko`p xalq maqollari, matallari, ertak, afsona, doston va qo`shiqlar yaratganlar. Xalq yaratgan og`zaki ijodiyotda dehqon, cho`pon, savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr flr`avnlarining turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.
Qadimgi misrliklarning «Ikki og`aini», «To`g`ri va egri» kabi ertaklari «Izida va Osiris haqida», «Gor bilan Set janjali», «Halokatga uchragan kema haqida hikoya», «Sinuxet hikoyasi» kabi rivoyat, afsona, ertak va hikoyalari diqqatga sazovordir. Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma, pand-nasihat, diniy poeziya va gimnlarga katta e`tibor berganlar. Ular shu yo`nalishda ko`plab asarlar yaratishgan. 6
mashaqqatli sayohat haqida so`z yuritiladi. Hikoya qilinishicha sayyohlar dengizda dahshatli dovulga duch keladilar. Dovul ularni «ruh oroltga uloqtirib tashlaydi. Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlami yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko`p oltin, kumush, fil tishlari, xushbo`y narsalar, it va maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi. «Sinuxet hikoyasi»da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga safari, uning o`zga mamlakatda ko`rgan-bilganlari, boshidan o`tkazgan og`ir mashaqqatlari g`oyat go`zal iboralar bilan bayon etilgan. Shunday qilib, Qadimgi Misr badiiy ijodi mazmun jihatidan xilma-xil va boy bo`lib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan.
Qadimgi Misr san‘ati. Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati tushuniladi. Shu davrda hashamatli me'morlik binolari, nafis dekorativ-amaliy san'at buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi. Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i (Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga ko'tarishga, ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik /;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, maymun, qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. 7 Misr san'atida mayjud bo'Igan bu realizm oqimi, ayniqsa, Fir'avn Exnaten (Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir haykaltaroshlik namunalaridan biri bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli va ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis va nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik yetakchi o'rinni egallab kelgan, san'atning boshqa turlari esa shu san'at bilan bog'liq holda rivojlangan. Misr me'morchiligining namunalaridan biri - bu mastaba va piramida(ehrom)lardir. Shularning ichidagi eng yirik fir'avn ehromi bu Giza yaqinidagi Xeops piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 146,6 m, asosining uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni qurish uchun 100 000 qul haydab olib kelingan va ular chet eldan keltirilgan qullar hisobiga to'ldirilib borilgan. Piramida og'irligi 2-3 tonnali ohaktoshdan qurilgan bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu piramidalarning vazifasi faqat maqbara ustiga qo'yilgan yodgorlik toshi emas. Bular, avvalo, fir'avnlarni ulug'lash, ularni ilohiylashtirish va shu bilan fuqarolarda podsho hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni doim qo'rquv asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi. Misrda saroylar va ayniqsa ibodatxonalar qurilishiga alohida ahamiyat berilgan. Har bir qurilgan saroy va ibodatxonalarning ichki va tashqi tomoni tasviriy san'at asarlari bilan bezatilgan. Shunday muhtasham ibodatxonalar qurilishi, ayniqsa, yangi podsholik davrida (eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona- larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning kiraverishiga mustahkam minor (pilon)lar tiklangan, ro'parasiga esa sfinkslar galleyasi ishlangan. Ibodatxonaning devorlari devoriy surat, bo'rtma tasvir va ierogliflar bilan qoplangan.
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (yer.av.VI ming yillik) bir qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer yuzida birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga keldi, rivojlandi. Yeramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga kelib esa ular yagona yirik despotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san‘ati tarixi ana shu davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga qo‘shilib ketishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, o‘rganadi, taxlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Deyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san‘at, me‘morchilikning nodir durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham o‘zining ulug‘vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san‘ati o‘zining
8 butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan uzviy bog‘liq holda rivoj topdi. Me‘morchilik esa san‘atlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Yeramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi Gerodotning ta‘rifiga ko‘ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar olib kelish uchun kerak bo‘lgan yo‘lni qurish uchun esa 10 yil ketgan. Fivadagi Karnak va
Luksor ibodatxonalari gigant me‘morchilik majmualaridandir. Karnak (yer.av.XVI asr, me‘mor Ineni) va Luksor ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me‘mor kichik Aminxotep) me‘morlar birinchi bor ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me‘morchiligining o‘ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi Misr me‘morlik an‘analarining muhim tomonlari o‘z ifodasini topdi, shu bilan birga, tantanali va hashamatli bo‘lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo‘lgan me‘morchilikning yangi ko‘rinishlari namoyon bo‘ldi. Tasviriy san‘at. Qadimgi Misr tasviriy san‘ati me‘morchilik bilan bog‘liq xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik quroliga aylandi. Dinastiyagacha bo‘lgan davrdan bizgacha ko‘pgina haykaltaroshlik, rassomlik va amaliy san‘at namunalari yetib kelgan. S‘Hular ichida turli diniy- magik marosimlar o‘tkazishda qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o‘rin ‗gallaydi. Rassomlikda yangi mavzular ham keng o‘rinni yegallay boshladi. Rassomlar har bir obraz hatti-xarakatini tabiiy va go‘zal bo‘lishiga e‘tibor bera boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozisiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko‘rsatish xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi. Qadimgi Misr realistik san‘atining eng gullagan davri yangi podsholikka to‘g‘ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag‘ishlangan serjilo devoriy suratlar, nafis relef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan hayotiy kompozisiyalar yaratdilar, emosional tomonlariga e‘tibor qaratdilar. Amaliy dekorativ san‘ati borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib qoldirdilar. Ganch va toshlardan yasalgan ajoyib ko‘zalar, inkrustasiya uslubida oltin va qimmatbaxo toshlardan ishlangan bezak buyumlar, nodir daraxt yog‘ochidan yasalib, oltin va fil suyagi bilan bezatilgan mebellar qadimgi podsholik davridayoq yuksaklikka yerishdi. o‘rta va yangi podsholik davrida esa u yanada nafislanib bordi. ―Oqib borayotgan qiz‖ deb nom olgan pardoz qoshiqchasi shu o‘rinda diqqatga sazovordir. Eramizning bir mingingchi yillaridan boshlab Misr yerlarining parchalanishi san‘at taraqqiyotini bir muncha susaytirdi. Misr ijtimoiy hayotidagi jonlanish eramizdan avvalgi VII asrlarda boshlandi. Lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi. Eramizdan avvalgi VI asrlarda eronliklar, so‘ngra yer.av. IV asrda Aleksandr Makedonskiy tomonidan Misr yerlarining bosib olinishi uning o‘ziga xos san‘atida asta-sekin sunish va Yellin dunyosi san‘ati bilan qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ldi.
9 Misr san‘ati umumjahon san‘ati taraqqiyoti jarayonida alohida o‘ziga xos qaytarilmas o‘rinni egallaydi. Qadimgi Misrning yuksak did va aql zakovat, bilim bajarilgan nodir san‘at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib durdonasi hisoblanadi. Bu namunalar o‘zidan keyingi jahon san‘ati taraqqiyoti uchun taqlid maktabini o‘tadi. Gresiya, Rim xalqlari bu san‘atdan bahramand bo‘lib, uni har tomonlama o‘rgandilar, davrga mos asarlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil ekinzorlaru, finikiy palmalar o‗rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda g‗ayritabiiy shamoildagi tog‗lar ko‗zga tashlanadi. Bu tog‗larning qorasi juda uzoqdan Fayum vohasidan bir necha o‗n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan ham ko‗rinib turadi. G‗aroyib ko‗rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik, qudratli ulug‗vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam. Tadqiqotchi olimlar hozirgacha Nilning quyi oqimidan sahro qumlari ostida ming yillar davomida berkinib yotgan katta-kichik, zina shaklidagi yoki o‗ta tekis sirtga ega yuzga yaqin ehromlarni aniqladilar. Bu ulkan inshootlar Misrning minglab yillik tarixidan hikoya qiluvchi qadimiy poytaxti Memfis shahrini o‗rab turadi. Dunyoga dong‗i ketgan uchta egizak piramidalar ham qadimiy va afsonaviy poytaxt joylashgan tekislik — Gizada qurilgan. Siz ularni bilasiz. Bular, Xeops, Xefren va Mikeren ehromlaridir. Piramidalar orasida eng yirigi Xeops (yoki misrcha nomi Xufu) ehromi bo‗lib, u IV sulola vakillari orasida eng qudratli fir‘avn Xufuga tegishlidir.Bu ulkan ehrom hozirgacha inson qo‗l mehnatining ulkan namunasi sifatida saqlanib turibdi. Ehrom asosi to‗rtburchak shaklda bo‗lib, yonlarning har birining uzunligi 227,5 metrga teng. Bu o‗lcham bir-biridan hatto bir barmoq kengligi darajasida ham farq qilmaydi. Demak, Xeops piramidasini to‗liq aylanib chiqishingiz uchun bir kilometrga yaqin yo‗l bosib o‗tishingizga to‗g‗ri keladi. Bu ulkan ehromning balandligi qurilgan paytida 146,5 metrga teng kelgan. Vaqt hakami qilichi ehrom cho‗qqisining ayni paytgacha qariyb 10 metrlik bo‗yini qirqdi. Hozir u 137 metrdir. Vaholanki, muqaddas kitoblarda qarg‗ishga uchragan fir‘avnlar qabri XIX asrgacha inson qo‗li bilan bunyod etilgan dunyodagi eng baland inshootligicha qolgan. Balandlik jihatidan undan me‘mor Eyfelning mahorati mevasi birinchi bo‗lib o‗zib ketdi. Gizadagi ehromlar ichida ulkanligi bo‗yicha ikkinchi o‗rinda turuvchisi fir‘avn Xefrenga tegishli bo‗lib, u Xeops piramidasidan 40 yil keyinroq qurilgan. Bu ehrom asosi tomonlarining uzunligi 215 metrdan, balandligi esa 136 metrdir. Ehrom cho‗qqisidagi qadimiy bezak namunasi oq bazalt qoplamasi qisman saqlanib qolgan.
Uchinchi ehrom oldingi ikkitaga qaraganda ancha kichik. U fir‘avn Mikeringa tegishli bo‗lib, ming yillar davomida o‗z nafisligini saqlab qola olgan. Bu kenja piramidaning tomonlarining uzunligi 108 metrdan, balandligi esa, 66,5 metrga (hozir 62 metr) teng bo‗lgan. Ehromlarning qurilish tarixi ming yillar davomida dahshatli mehnat afsonasining saqlanib qolishiga sabab bo‗lgan. Biroq ulardan hech birida bu ulkan
10
tog‗larning nega qurdirilganiga aniq javob bo‗luvchi dalil yo‗q. Xo‗sh, Misr ehromlari nega qurilgan? Ehromlar devorlaridagi turli shakllardagi rasmlar bu savolga eng haqqoniy javob bera oladi. Biroq tabiatda uchrovchi turli jismlarni aks ettirgan jismlarning rasmlari ortida yashiringan sirlarni tushunuvchi mahalliy ziyolini ming yillar davomida saqlash mumkin emas, albatta. Biroq, ularning peshona terlari bu qulf uchun eng munosib kalit bo‗ladi. 1913 yilda bir guruh ingliz tadqiqotchilari Nilning quyi oqimidan noma‘lum mutafakkir tomonidan yozilgan yunon-qadimiy misr tili lug‗ati o‗yib yozilgan taxtachani topib olishdi. Shu lug‗at tufayli ayni paytda qadimiy Misr aholisi so‗zlashgan tilning 20 foizini tushunish imkoni bor. Biroq biz bilishni xohlayotgan ehromlarning qurilish sababi qolgan 80 foizlik sirlar ostida yotibdi. Quyida shu kunga qadar piramidalarning bunyod etilish tarixi bilan bog‗liq ayrim tarixchi olimlarning fikrlari qayd qilingan: Mire Shokir xonim (Misr) — ―Ehromlarda fir‘avnlarning abadiy tirik turish xohishi saqlangan. Ularning mo‗miyolangan jasadlari, rasmlardagi quyosh farzandi fir‘avn ekanligi to‗g‗risidagi tushunchalar — bularning barchasi yaqqol dalillardir.‖ Anri Fukua (Frantsiya) — ―Nil daryosi qirg‗og‗ida yashovchi mahalliy xalqning asosiy turmush tarzi shu daryo bilan bog‗liq bo‗lgan. Buni oliy darajadagi hokimlar ham tushungan, albatta. Ehromlar yer sathi va quyosh nurining stabilligini saqlagan. Poytaxt yaqinida og‗ir massali tog‗lar toshqinlar mavsumidagi sel kelishini sezilarli miqdorda kamaytiradi.‖ U bu mulohazasini ehrom shaklida qurilgan dunyoning turli burchaklarida joylashgan boshqa inshootlar bilan davom ettiradi. Uning fikricha, Solomon orollarida va Yukatandagi qadimiy piramidalar ham xuddi ana shu maqsadlarda bunyod etilgan. Ma‘lumot o‗rnida aytib o‗tish kerakki, Solomon orollaridagi piramidadan afsonaviy shoh Sulaymonning butun boshli xazinasi topilgan (1863 yil). Biroq bu inshootni tadqiq qilishni istagan o‗ndan ortiq kashfiyotchilar toshlardan chiqadigan turli zaharli gazlar tufayli yarim yo‗ldayoq safarlariga nuqta qo‗yishga majbur bo‗lganlar. Biroq ingliz dengizchisi Godli Olgren shohning xazinasigacha yetib bora olgan edi. Yukatandagi piramida esa astronomik kuzatuvlar uchun qurilgan, degan taxminlar bor. Jeyson Gird (Buyuk Britaniya) — ―Ehromlar strategik maqsadlarga xizmat qilgan. U orqali mahalliy aholi poytaxtdan qariyb yuz chaqirim naridagi dushmanning harakatlarini bemalol kuzatib tura olgan. Bundan tashqari ular qadimiy Misr qo‗shinining qudrati va madaniyatining buyukligini isbot qilish vositasi bo‗lgan.‖ Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushi davrida Birlashgan Qirollikning Afrikadagi havo hujumidan mudofaa tizimi ana shu ehromlar ustini imkon qadar tekislab, u yerda kuzatuv punktlari qurishgan. Don Marklar (Buyuk Britaniya) — ―Ehromlar fir‘avn munajjimlari uchun observatoriya vazifasini o‗tagan. Chunki aynan munajjim rohiblargina fir‘avn va xudolar orasida vositachi bo‗lishgan-da. Keyinchalik podsholar xudoga 11
yaqinlikdan umidvor bo‗lib, mo‗miyolangan tanalarini ehrom ichida dafn etishlarini so‗ragan.‖ Yana shunday fikrlar ham borki, uni eshitib beixtiyor og‗izning tanobi qochadi. Masalan, Kaliforniyalik (AQSh) misrshunos Alba Gunte ehromlar inson qo‗li bilan qurilmagan degan fikrda. Uning ta‘kidlashicha, bunday ulkan inshootni qurish uchun hatto zamonaviy texnikalar ham ojizlik qiladi. Bu ehromlar o‗zga sayyoraliklar tomonidan qurib ketilgan. U o‗z fikrlarini davom ettirar ekan, ehromlarning nihoyatda pishiq reja asosida qurilgani, uning toshlari orasiga hatto igna tig‗i kirmasligi bilan fikrini isbotlamoqchi bo‗ladi. Piramidalarning ichida maxsus xonachalar bo‗lib, bu shaxsan quyosh o‗g‗lining o‗ziga atalgan. Chunki, fir‘avn vafotidan so‗ng jasadi shu xonalardagi maxsus sarkofaglarda saqlangan. Biz mulohazalarimizni M. Shokir xonimning Xeops piramidasi bilan bog‗liq qaydlari bilan davom ettiramiz. ―Ehromning ichiga beshta maxsus qurilgan yo‗lakchalar orqali kirish mumkin. Ammo ulardan faqat bittasigina sizni fir‘avn qabri joylashgan xonasigacha olib borishi mumkin. Chunki bu yo‗lak bo‗ylab ancha keng yo‗lakka va undan chiqqan bir nechta yo‗laklarga duch kelasiz. Xullas, ehrom ichidagi yo‗lakchalarning ―shoxchalashi‖ sizning fir‘avn sarkofagigacha bormasligingiz uchun atay qurilgan. Sarkofag atrofidagi behisob boyliklarning talanishi mumkinligi me‘morlarni o‗sha
davrdayoq bezovta
qilgan. Noto‗g‗ri yo‗lakchalarning oxiri yo‗q... Xuddi labirint singari ulkan ehrom ichida chiqish yo‗lini topa olmay halok bo‗lishingiz hech gapmas. (Kuzatuvlarim davomida chiqish yo‗lagini topa olmagan baxtiqaro odamlar suyaklariga ko‗p marta duch kelganman)‖. Keng yo‗lakdan chiqqan yo‗lakchalardan biri sizni fir‘avn qabriga, undan chiquvchi maxsus yo‗lak esa, siz aslida qidirayotganingiz tilladan qilingan taqinchoq va turli uy anjomlariga to‗la maxsus xonaga olib boradi. Qadimgi misrliklar odam o‗lganidan keyin shohning shoh, gadoning gado bo‗lib, boshqa dunyoda yashashda davom etishiga ishonganlar. Shuning uchun, fir‘avn o‗zga dunyo darvozaboniga bir dunyo tillo taqinchoqlarini isbot qilib ko‗rsatgan va oldingi amalini o‗zga dunyoda ham davom ettirgan. Afsuski, odamzod hamisha boylikka o‗ch. Memfis shimolidagi zinasimon Joser piramidasi va sahro ichida qurilgan Shulek ehromidangina izlangan narsalar chiqqan. Gizadagi uchala ulkan piramidalarning hech biridan na mo‗miyolangan jasad va na boylik chiqdi. Aftidan, quruvchi me‘morlar anchayin puxta bo‗lgan ko‗rinadi...
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling