Qadimgi rim italiya madaniyati


Qadimgi Italiya tibbiyoti


Download 28.02 Kb.
bet7/7
Sana11.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1188641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI RIM

Qadimgi Italiya tibbiyoti. Qadimgi Italiyada markazlashgan davlatning vujudga kelishi tabobat ilmining rivojlanishini taqozo etar edi. Aslzodalar, qo`shin va erkin kishilarning sog`liqlarini saqlash juda muhim masala edi. Shu maqsadda Rim shahrida qo`shin va flot uchun alohida harbiy tabiblar xizmati joriy qilingan edi. Harbiy tabiblar xizmatida yetuk harbiy shifokorlar xizmat qilganlar.
Italiya qo`shinidagi har bir legionda harbiy-tibbiy qarorgohlar bo`lib, shifokorlar u yerda jarohatlangan va bemor jangchilarni davolaganlar.
Rimlik aslzodalar tibbiyot ishlari bilan shug`ullanishni o`zlari uchun or, uyat deb bilganlar.
Italiyada tibbiyot ishlari bilan yunon, Kichik Osiyo, Misr va boshqa joylardan kelgan shifokorlar shug`ullanganlar. Ularning eng mashhurlari yunonistonlik Asklepiod, Korneliy Sels bo`lib, ular 70 jildlik «Arteo» («San`at») nomli asar yozib qoldirgan. Bu asarning 8 jildi tabobat ilmiga bag`ishlangan edi. U o`zidan oldin o`tgan mashhur tabiblarning asarlarini to`plab tartibga solgan. Korneliy esa bu to`plamni o`z tajribalari bilan boyitgan.
Qadimgi dunyoning eng mashhur tabiblaridan biri Pergalida tug`ulib voyaga yetgan Klavdiy Galen edi. Galen 17 yoshidan boshlab Asklepiod nomidagi tibbiy shifoxona maktabida o`qiydi. U bu yerda tibbiyot ilmini o`rganib, mohir shifokor bo`lib yetishadi. Dastlab u gladiatorlar maktabida, so`ng Rim imperatorlarining saroyida tabiblik qiladi. Galen «Tabiblik san`ati», «Davo usullari», «Dorilarning tarkibi haqida», – degan tibbiy asarlar yozib qoldirgan. Ammo Rimda yong`in bo`lgan yili Galen asarlarini ko`pi yonib ketgan. Galen asarlari o`rta asrlarda ko`p tillarga, shuningdek arab tiliga ham tarjima qilingan.
Tabiblar sultoni bobomiz Ibn Sino Galen asarlaridan keng foydalangan. Rimda yashagan tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o`simliklar, jonivorlar va boshqa narsalardan tayyorlangan dorilardan foydalanganlar.
Ular bemorlarni davolashda toza havo, uqalash va jismoniy tarbiyaga ham katta e`tibor berganlar.
Italiyada tabobatga shunday e`tibor berilganki, Rimda tabiblar yetishtirib chiqaradigan mahsus bilim yurtlari tashkil etilgan.
Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling