Qadimgi rim italiya madaniyati
Download 28.02 Kb.
|
QADIMGI RIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. «Eneyda» dostonining qisqacha mazmuni.
Miloddan avvalgi I asrda yashagan atoqli shoirlardan biri Ovidiydir. U «Qahramon ayollar», «Ishq san`ati», «Dard-alamlar» va «Pontdan maktublar» degan asarlar yozgan. U o`zining bu asarlarida Avgust davridagi aslzodalar turmushini qattiq tanqid ostiga oladi. Ovidiy o`zining boshqa asarlarida o`sha davr tuzumidan noroziligini, o`z qayg`u-alamini va mehnatkashlarning og`ir turmushini bayon etgan. Shu tufayli imperator g`azabiga uchrab Qora dengizning g`arbiy sohilidagi Tomi shaharchasiga surgun qilingan. U o`zga yurtlarda sarson-sargardon bo`lib yurishga majbur bo`lgan. Lekin Rim adabiyotining boshqa bir guruhi imperator va aslzodalar turmushini maqtab, ularni ko`klarga ko`targanlar. Rim adiblari yunon va sharq xalqlari adabiyotidan bahramand bo`lib alohida maktab yaratganlar. Ayni paytda Rim adabiyoti Yevropa xalqlari adabiyotining rivojlanishiga ijobiy ta`sir o`tkazgan.
6. «Eneyda» dostonining qisqacha mazmuni. Dostonda Troyaning yunonlar tomonidan qamal qilinishi va shaharning afsonaviy himoyachilaridan biri ma`budning o`g`li Eney haqida hikoya qilinadi. Afsonaga ko`ra qamal ichida qolgan Troya shahri lovullab yonayotgan edi. Eney yonayotgan shahardan keksayib qolgan otasini yelkasida ko`tarib olib chiqadi. Ular Troyani tark etib, ajoyib va g`aroyib sarguzashtlarni boshlaridan kechirib Italiyaga kelib qoladilar. Eneyning otasi o`lib ketadi. Eney o`lgan otasi bilan uchrashish uchun marhumlar makoni yer osti podsholigiga tushadi. Bu yerda donishmand otasining arvohi: «Sening avlodlaring Rimga asos soladilar va xalqlarning qudratli hokimi bo`ladilar. «Ey, rimlik, sen xalqlarni idora qil! Sening san`ating mag`lublarga shafqat-u, mag`rurlarni urush bilan tinchitishdir» – deb bashorat qiladi. Dostonda Vulqon xudosi Eney uchun ajoyib qalqon yasab beradi. Qalqonda Rim tarixida bo`ladigan voqealar, Yuliy Sezaming kelib chiqishi va Oktavianning tantanalari ko`rsatiladi. Qalqonda Eney o`zining bo`lg`usi avlodlarini ham ko`radi. Ular orasida Yuliy Sezar va Avgust ham bor edi. Doston qahramoni Eney Rim patritsiylaridan Yuliylar urug`ining afsonaviy asoschisi bo`lib, Yuliy Sezar ham o`sha urug`dan kelib chiqqan deb ko`rsatilgan. Doston she`riy uslub bilan yozilgan bo`lib, unda qahramonlik, burchga sadoqat va yoshi kattalarga hurmat madh etiladi. Download 28.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling