Qadimgi rim italiya madaniyati


Download 28.02 Kb.
bet2/7
Sana11.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1188641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI RIM

Miloddan avvalgi I asrda yashagan tarixchi Galikarnass Dionisiy «Qadimgi Rim yodgorliklari» – degan tarixiy asar yozgan. I asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan tarixchilardan biri Kata Pliniy ham ko`p asarlar yozgan. Uni qomuschi olim ham deyishgan.
Ammo uning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Milodiy 54–120-yillar orasida yashagan Korneliy Tasit o`zining «Tarix» kitobida 68–69-yillardagi fuqarolar urushi va Flaviylar sulolasi zamoni tarixini bayon etgan.
Uning «Yilnomalar» nomli asarida Avgust o`limi bilan Neron o`limi orasidagi voqealar bayon etilgan.
Milodiy 155–235-yillarda yashagan mashhur Italiya tarixchilaridan biri Dion Kassiydir«Rim tarixi» deganysarriing muallifi bo`lib, bu tarixiy kitobda tarixchi zamonida bo`lgan tarixiy voqealar atroflicha bayon etilgan. Mashhur Rim imperatori Yuliy Sezar «Gall urushlari yilnomasi» va «Fuqarolar urushi haqida yilnoma» kabi tarixiy asarlarning muallifidir.
Rim tarixchilarining asarlari Rim – Italiya va qo`shni xalqlar tarixini o`rganishda qimmatbaho manba bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
5. Qadimgi Rim – Italiya adabiyoti. Qadimgi Rim – Italiya adabiyoti o`zining uzoq tarixiy o`tmishiga ega. Rim – Italiyada yozma adabiyotning vujudga kelishi miloddan avvalgi VI–V asrlarga borib taqaladi. O`sha davr adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillari And-ronik, Enney, Plavt, Katull va boshqalar hisoblanadi. Miloddan avvalgi I asr Rim – Italiya adabiyotining «Oltin davri» hisoblanadi. Bu davrda Vergiliy, Gorasiy, Tibull, Ovidiy Nazon kabi mashhur adib va shoirlar ijod etganlar. Sezarning do`sti, o`z zamonining ma`rifatparvar kishisi Mesanat zamonida yashagan, shoir va adiblarga homiylik qilib, ularni qo`llab-quvvatlagan kishi sifatida mashhurdir.
Saltanatni mustahkamlashda san`atning ahamiyatini tushungan Avgust shoirlarni o`z saroyiga jalb etishga intilgan. Bu davrdagi eng mashhur shoirlardan biri Vergiliy bo`lib, u dehqonchilik to`g`risida «Georgiklar» nomli she`riy doston yaratgan. Uning Gomer dostonlari mavzusida yozgan asarlaridan biri «Eneyda» dir. U bu doston ustida o`n yil ishlab, yozib tugatmay vafot etgan. Dostonda Troyadagi fojia va shaharning afsonaviy himoyachilaridan biri Eney va uning otasi haqida hikoya qilinadi.

Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling