Qadimgi Rim qad davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga aka-uka


Download 262.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.01.2023
Hajmi262.26 Kb.
#1093253
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Rim - Vikipediya

Qadimgi Rim. Tsitseron Katilinani qoralamoqda. Sezare Maccari surati


respublika tuzumi tarafdorlari bilan
prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash
davom etdi, bu noahillik sud ishlariga
ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan
boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal
qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik
konsultatsiyalarni ularga topshirdilar.
Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar
oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz
huquklarini himoya qildilar (yana qarang
Rim huquqi).
Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari
tavsiflangan annallardan boshlanadi.
Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda
annallar 80 kitobdan iborat boʻlib „Katta
annallar“ nomi bilan tayyorlangan. Ilk


tarixchilar annalchilar deb atalgan.
Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan
avvalgi 2-asr) Yunoniston, Makedoniya,
Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning
40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit
Liviyning „Rim tarixi“, Yuliy Sezarning
Galliya urushlari, fuqarolar urushi
haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy
Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi
sarkardalarning koʻp sonli biografik
asarlari maʼlum. Imperiya davrida
Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari)
badiiydidaktik ruhdagi „Annallar“ va
„Tarix“ (Avgustning vafotidan
Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96
yilgacha boʻlgan voqealar) nomli
asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida


tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx,
imperator Adrianning kotibi boʻlgan
Svetoniylar atoqli kishilarning
biografiyalarini yaratdilar. Yunon
tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi)
Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion
Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha
boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik
davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian
Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri
tarixiga oid asarlari bilan mashhur.
Imperiyaning soʻnggi davrida xristian
tarixchiligi vujudga keldi.
Adabiyot


Rimning eng qad. namunalari (miloddan
avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan.
Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u
davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh
qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin
egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr
oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari
maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan
asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari
toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R.
adabiyoti uslubining shakllanishida
muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull
muhabbat va doʻstlik mavzularidagi
sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning
ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da Rim
madaniyati Yunon madaniyati bilan
parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu


davrda Ovidiy „Muhabbat ilmi“,
„Metamorfozalar“ kabi oʻlmas asarlari
bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa
qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan
boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti
rivojlandi.
Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil
bayramlari tantanalari 6n bogʻliq.
Miloddan avvalgi taxminan 33 yillarda
xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan.
Bunday tomoshalar — atellanalar
koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat
boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan
yoshlar, keyinchalik professional artistlar
Teatr


ijrosida namoyish qilingan. Miloddan
avvalgi 240 yillarda yunon originallari
asosida ilk dramalar, keyinroq yunon
mualliflarining tragediya, komediyalari
sahnalashtirilgan. Miloddan avvalgi 2—1-
asr boshlarida kuyi tabaqalarga mansub
R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan
tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh
teatr binosi miloddan avvalgi 55—52
yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar
va qullardan iborat boʻlib, truppalarga
uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham
bajarishgan. Respublikaning soʻnggi
asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor
Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-asrlarda
raqslar sahnalashtirildi, siyosiy
voqealarga oid tomoshalar ham


koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy
kichik kurinishlar murakkab syujetli
spektakllarga aylana bordi. Sirklarda
tomoshalar, amfiteatrlarda
gladiatorlarning janglari bilan bir katorda
ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari,
ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va
boshqa ham koʻrsatila boshladi. Imperiya
davrida badiiy dramalar oʻrniga qon
toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq
kuchaydi. R. teatri, ayniqsa,
dramaturgiyasi jahon teatri va
dramaturgiyasi rivojiga katta hissa
qoʻshdi.
Musiqa


Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan
R. musiqasida tantanavor (galaba bilan
bogʻliq), toʻy, ziyofat, diniymarosim
qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida
poytaxtga koʻp mamlakatlardan ijrochilar
(yunon, suriya va bobillik sozandalar,
aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik
raqqosalar va h.k.) toʻplangan. R.da
puflama sozlardan tibiya (lot. avlos),
buksina, tuba va boshqa, torli sozlardan
kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon
(uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan
barbitos, pektis, magadis, urma
sozlardan kimvol va boshqa, shuningdek,
gidravlos boʻlgan. Qad. R. cholgʻu
musiqasi rivojida teatr janri — pantomima
muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr


aktyorlari katta xor ansambllari,
orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy
legionlarning puflama sozlar orkestrlari
boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar
musobaqalari oʻtkazilgan.
Rim tasviriy va amaliy bezak sanʼati antik
badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi
davri hisoblanadi. R.da arxitektura,
haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida
realizm kuchaydi, ularda Yunoniston
sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas,
tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks
ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida
Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi.
Arxitektura


Puni urushlari va oxirgi respublika davri
(miloddan avvalgi 31-asrlar) sanʼatida
Buyuk Yunoniston (Janubiy Italiya) va
rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon
shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj
topdi. Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar
tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina
boshladi (ayniqsa, shahardan
tashqaridagi villalar), miloddan avvalgi 2-
asrdan boshlab betondan foydalanildi, bu
binolarni arzon va tez qurishga, shakllari
turlituman boʻlishiga imkon berdi.
Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda
tomoshaxonalar, teatrlar
takomillashtirildi, tomoshabinlar
oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar


bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan
maydonidan ajratildi.
Tasviriy sanʼatda miloddan avvalgi 3—1-
asrlarda portret haykal rivoj topdi,
shaharlar rasmiy kishilar va
qahramonlarning haykallari bilan
bezatildi. Respublika davrida tarixiy
mavzularda relyeflar koʻp ishlandi,
monumental bezak rassomligi, mozaika,
qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash
sanʼati yuksaldi. Qadimgi R.
meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya
gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi.
Binolarning monumentalligiga (arkalar,
toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi,
imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik


sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi.
Arxitektura imperator shaxsiyatini
ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz
qilishga xizmat qildi.
(R.da Avgust forumi, miloddan avvalgi 1-
asr oxiri va milodiy 1-asr boshlari). 1-asr
oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib
qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi
ulugʻvor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod
etildi. Imperatorlardan Trayan davrida
haykallarda qahramonlik koʻproq
ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy
hukmronligi yillarida obrazlarda
psixologik teranlik koʻzga tashlandi.
Bezak rassomligida yengil naqshlar,
kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq


ahamiyat berildi (63 yilgacha), keyin
murakkab arxitektura kompozitsiyalari
koʻproq aks ettirildi. 2-asrdan oqqora
tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya
davrida amaliy bezak sanʼatida metallni
badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va
buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj
oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan davr
(3—4-asrlar)da viloyatlarda yangi
forumlar, yirik ibodatxonalar koʻplab
qurildi. Qadimgi R. anʼanalari R.
qurilishlarida rivojlantirildi.
Haykaltaroshlikda shartlilik keng oʻrin ola
boshladi. 3—4asrlarda miniatyura (yupqa
zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha
orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash,
xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli


relyeflar bilan bezatilgan marmar
sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi.
Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima,
M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i
padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965;
Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima,
M., 1971; Alimuhamedov A., Antik
adabiyoʻt tarixi, T., 1975.
Muhammadjon Rahimov, Abduxalil
Mavrulov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyot
Manbalar



Download 262.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling