Qadimgi Rim tarixi ahamiyati va jahon tarixida tutgan o'rni
Mavzuning maqsadi va vazifalari
Download 200.49 Kb.
|
Qadimgi Rim tarixi ahamiyati va jahon tarixida tutgan o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Rim imperyasining tarixi va madaniy markazlarning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o’rni va ahamiyatini yoritish va tahlil qilib berish kurs ishning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Tadqiqotning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: -manbalarda milliy-madaniy markazlar faoliyatining yoritilishini tahlil qilish; -mavzuga doir to’plangan ma’lumotlarni tizimlashtirish; Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzuni o’rganishda me’yoriy hujjatlar, gazeta nashrlari ilmiy adabiyotlar va dala tadqiqoti materiallaridan foydalanildi. I-BOB. Rim imperasi va uning tashkil topishi Yuliy Sezar Yuliy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44 y). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig‘i Yuliy Tsezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so‘z va predmet munosabati masalasida analogiya1 tarafdori sifatida tanildi. Mark Terentsiy Varron (eramizdan ilgarigi 116-27 y). Mark Varron 25 kitobdan iborat «Lotin tili haqida» asarini yaratdi. Shu kungacha bu asarning 6 tasi etib keldi. Kitobda analogistlar va anomalistlar orasidagi nazariy tortishuv, munozara mukammal bayon qilinadi. U ham Yuliy Tsezar kabi analogiya tarafdori edi. Varron so‘z o‘zgarishini analogiyaga, so‘z yasalishini esa anomaliyaga kiritadi. Tit Liviy er. avv. 59-yil – eramizning 17-yili. Mashhur rim tarixchisi, Sitseron, Sallyustiy va Vergiliy kabi o`z davrining taniqli arboblarining kichik zamondoshi edi. Liviyning mashhur tarixiy asari “Shaharga asos solinishidan Rim tarixi” 142 kitobdan iborat edi, undan bizgacha 35 kitob: birincfhidan o`ninchigacha va yigirma birinchidan qirq beshinchi jiltigacha yetib kelgan. Bu jildlarda er. avv. 293-yilgacha va er. avv. 219-yildan er. avv. 167-yilgacha bo`lgan voqealarni aks ettirgan. Liviy Rim tarixining shaharga asos solinishi afsonasidan boshlab fuqarolar urushigacha va imperiyani o`rnatilishigacha bo`lgan dsavrini yoritdi. Ushbu tarixiy asar Rim respublikasi tarixi bo`yicha eng asosiy tarixiy manbadir.2 Lekin kuch otasini irodasidan va kattalik huquqidan yuqori bo`ldi: Akasini haydab, Amuliy podsholikga o`tirdi: akasini o`g`lini o`ldirib, bir yovuzlikga boshqasini qo`shdi; akasini qizi Reya Silviyani go`yoki faxr- hurmat ma`nosida uni bestalka qilib avlodga umiddan mahrum qildi. Lekin meni o`ylashimcha qudrati bilan faqat xudolarga yon beruvchi, shunday kuchli shahar va davlat o`zini paydo bo`lish taqdirni irodasiga majbur edi. 3 Qachon … vestalka egizaklarni tuqqanda, u bu noma`lum avlodni ularni otasi Mars deb e`lon qildi yoki bunga ishondi, yoki xudoni faxrlisiz o`z4 jinoyatini aybdori qilib qo`ydi. Lekin xudolar ham, odamlar ham uni bolalarini podshoni shafqatsizligidan himoya qilish kuchiga ega emas edilar: Kohina kishanlarda turmaga tashlandi, bolalarni daryoga tashlab yuborishga buyruq berildi. Lekin taqdirning irodasi bilan Tibr qirg`oqlaridan chiqdi va botqoqlik hosil qildi , hech qayerda uning haqiqiy o`zaniga yaqinlashib bo`lmas edi; shu bilan birga yuborilganlar bolalar turg`un suvda cho`kadilar deb ishondilar. Shunday qilib ular o`zlarini podsho amrini ijro etgan hisoblab, ular bolalarni yaqin ko`lmakga tashladilar, qaysiki endi bu yerda Ruminal5[69] anjirzori mavjud6[70]. O`shanda bu joylarda keng bo`shliqlar bo`lgan. Rivoyatlarga ko`ra bolalar tashlangan suzayotgan tog`ora, suv pasaygandan so`ng quruq joyga qoladi; atrofdagi tog`lardan kelayotgan ona bo`ri bolalarni yig`isiga boradi; beozorlik bilan ularga yopishib ko`krak suti bilan emizadi; rivoyatlarga ko`ra podshoni Faustul deb atalgan bosh cho`poni uni bolalarni yalayotgan paytda topadi. Faustul ularni uyga keltiradi va o`z xotini Lorensiya tarbiyasiga beradi… Ular shunday tug`ildilar va shunday tarbiyalandilar; qachonki ular katta bo`lganda cho`ponni kulbasida yoki podani yonida ishsiz qolmadilar, ular ov qilib o`rmon kezib yurdilar. Shunday mashg`ulotlar ichida tan va ruhlari bilan baquvvat bo`lib, ular faqatgina yovvoyi hayvonlarni taqib qilmadilar, qaroqchilarga hujum qildilar, tushgan o`ljalarni, o`zlari talagan o`ljalarni cho`ponlar o`rtasida taqsimladilar, kundan-kun ko`payib borayotgan to`da bilan yumish va ko`ngil ochish bilan shug`ullandilar… va mana ular o`yinga berilgan paytlarida o`ljani yo`qotganlaridan jahli chiqqan qaroqchilar ularga pistirma uyushtirdilar; Romul qutulib chiqdi, Remnni ular bosib oldilar, tezda uni podsho Amuleyga keltirdilar va yana o`zlari uni ayblay boshladilar. Aka-ukalar Numitorning dalalariga dushman kabi hujum qiladilar va yoshlar to`dasi bilan u yerdan mollarni haydab ketadilar deb asosiy ayb qo`yildi. Shuning uchun Rem jazolash uchun Numitorga berildi. Faustul eng boshdan o`zida podsho bolalarini tarbiyalaniyapti deb gumon qilar edi; ular podshoni buyrug`i bilan tashlab ketilganini bilar edi; u bolalarni topib olgan vaqt ham mos kelar edi; lekin to`la ishonchga ega bo`lmagani uchun, agar biror hodisa yoki zaruriyat majbur qilmasa u buni ochishni istamadi. Zaruriyat erta keldi. U qo`rquv ta`sirida Romulga barchasini ochdi. Numitor ham tasodifan, Remni qamoqda ushlab, aka-uka egizaklar to`g`risida eshitib, ularni yoshi va asirni qulga hech o`xshamagan xarakterini taqqoslab, nevaralari to`g`risida esladi. So`rovlar yo`li bilan shu xulosaga keldi va deyarli Remni tan oldi. Shunday qilib podsho7[71]ga qarshi har tomondan makr-hiyla ishlatish boshlandi. Romul kuch bilan ochiq harakat qilish mumkin emas deb hisoblab o`smirlar to`dasi bilan podshoga hujum qilmadi, har bir cho`ponga ma`lum bir vaqtda o`zini yo`li bilan saroyga kelishga buyurdi. Rem esa boshqa to`dani tayyorlab Numitorni uyi tomonidan yordamga keladi. Ular podshoni shunday o`ldirdilar. Alg`ov-dalg`ov boshida Numitor shaharga dushmanlar yopirilib, saroyga hujum qildilar deb alban yoshlarini akropoyani himoyasi uchun chaqirdi; qachonki aka-ukalar podshoni o`ldirib unga tabrik bilan kelayotganliklarini ko`rib, shu ondayoq yig`ilish chaqiradi, unga qarshi ukasini jinoyati to`g`risida xabar qiladi, nevaralarini kelib chiqishini ko`rsatadi, ular qanday tug`ildilar, qanday tarbiyalandilar, qanday tanildilar, keyin tiran qanday o`ldirilganini aytadi va buni aybdori o`zi ekanini e`lon qiladi. O`smirlar yig`ilishni o`rtasida saflanib chiqib bobolarini podsho deb e`lon qildilar, keyin olomonning birdamlik bilan olqishlashi ularni podsho unvoni va hokimiyatini mustahkamladi. Numitorga alban podsholigini berib Romul va Rem o`zlari tashlab yuborilgan va tarbiyalangan joylarda shahar bunyod qilishni istadilar. Shu bilan birga alban va latin aholisi keragidan ortiq edi; ularga cho`ponlar qo`shildi, bularni hammasi birgalikda tabiiyki Alba va Laviniiy asos solinadigan shahardan ko`ra kichik bo`ladi degan umid paydo bo`ldi. Keyin bu ishga boboning yovuz zararli ta`siri podsho hokimiyatiga intilish oqibatida uncha muhim bo`lmagan kichik sabab bo`lgan sharmandali jang bo`ldi. Aka-ukalar egizak bo`lganlari uchun yoshi kattaga afzallik berish asosida ishni hal qilish mumkin emas edi. Xudolar o`sha joyni yangi shaharga kimni nomini berish va uni kim boshqarishini belgilar bilan ko`rsatishi uchun fol ochishga Romul Palatinni, Rem esa Aventin tepaligini tanladilar. Hikoya qilishlaricha bu alomat-6 kalxat- ilgari Remga keladilar, u avval xabar qilingan edi, Romulga ikki baravar son keladi; mana uni va boshqasini o`rab olgan olomon podsho deb olqishladi; birovlar vaqtga asoslanib8[72], boshqalari ularni soniga qarab o`z yo`lboshchilariga podsholik hokimiyatini talab qildilar. Shovqin-suron ko`tariladi, kelib chiqqan g`azablanish to`qnashuvga olib keldi va shu vaqtda olomonda Rem o`ldirildi. Yanada ko`proq tarqalgan rivoyatga ko`ra Rem akasini ustidan kulib, yangi devorlar ustidan sakrab o`tadi; bundan jahli chiqqan Romul “meni devorim orqali sakrab o`tsa har qanday kishi bilan shunday bo`ladi” deb qichqirib uni o`ldiradi. Shunday tarzda Romul bir o`zi podsholikni egalladi, asos solingan shahar asoschisi nomi bilan ataldi. 1. Rim shahri o`zining buyuk va barcha xalqlarga yetib borgan nomini kimdan va qanday sababga ko`ra olganiga yozuvchilarni fikri bir xil emas. Bir xillar pelasglar butun dunyoni kezib chiqib va yer yuzasini deyarli barcha xalqlarini bo`ysundirib, u yerga ko`chib kelib o`z qurollarini kuchii[73] sifatida shaharni ataydilar. Boshqalarni tasdiqlaricha Troya olinganidan so`ng kemaga chiqishga ulgurgan kam sonli qochoqlar shamol bilan Etruriya qirg`og`iga yetib keladilar va Tibr daryosi yuqorisida langarda turadilar. Ayollar katta qiyinchilik bilan suzishni o`tkazdilar va juda azob chekdilar va mana ko`rinishidan boshqalardan urug`i, aslzodaligi, aqli bilan dugonalaridan ustun bo`lgan qandaydir Roma kemalarni yoqish fikrini berdi. Ular shunday qildilar: boshqa erlar g`azablandilar, lekin keyin ko`nishga majbur bo`ldilar va Pallantiy yaqinida o`rnashdilar, tezda ular kutganidan hammasi yaxshi bo`ldi-tuproqni hosildorligi ma`lum bo`ldi, qo`shnilar ularni do`stona qabul qildilar, ular Romani hurmatni barcha belgilari bilan hurmat-izzat qildilar, shuningdek shaharni uning nomi bilan atadilar, unga asos solishning sababchisi u edi. Aytishlaricha o`sha vaqtdan ayollarga qarindoshlari va erlarini lablaridan o`pish odat tusiga kiradi, chunki ular kemalarga olov berib, ulardan g`azabini kechirishga almashishni yolvorib so`rab, aynan shunday o`pib, o`z yerlarini erkaladilar. II. Shunday fikr ham bor, go`yoki shaharga nomni Itala]ni qiziva Eneyga turmushga chiqqan LevkariyaRoma bergan. Boshqalarni fikricha Odissey va Kirkadan tug`ilgan Roman asos solgan, boshqalar Diomedtomonidan Troyadan jo`natgan Emationning o`g`li Rom, boshqalar qachonlardir Fessaliyadan Lidiyaga, Urkdan Italiyaga ko`chib kelgan etrusklarni haydab yuborgan… Latinlarni tirani Romis asos solgan deb aytadilar. Hatto shahar Romul sharafiga asos solingan deb to`g`ri fikrlaganlar ham uni kelib chiqishi to`g`risida turlicha fikrlaydilar. Birovlar u Eney va Ferbantning qizi Deksiteyni o`g`li, o`z ukasi Rom bilan kichik bolaligidan Italiyaga kelib qolgan deb fikrlaydilar. Daryo bo`lingan joyda bolalar bo`lgandan boshqa barcha kemalar halok bo`ladi, bolalar bo`lgan kema sekin qirg`oqqa taqaladi, kutilmagan bu omon qolgan joyni Rim deb ataydilar. Boshqalarning aytishicha Romulni yuqorida so`z yuritilgan Troyankaning qizi Roma, Tеlеmaxning o`g`li Latinning xotini tug`adi. Boshqalarning aytishicha, Romulni yuqorida so`z yuritilgan Troyankaning qizi, Tеlеmaxni o`g`li Latin Tеlеmax va Kirkaning o`g`li; b) Odissеy va Kirkaning o`g`li; Italiya an`anasi bo`yicha Favnva Nimfa Marikani o`g`li) xotini Roma tug`adi. 9 Uchinchilar u Enеy va Laviniyaning qizi Emiliyaning Arеsdan paydo bo`lgan o`g`li e10di. Nihoyat va uning tug`ilishi to`g`risida o`ta afsonaviy hikoyalar mavjud. III. Eng haqiqatga to`g`ri va eng ko`p dalillar bilan mustahkamlangan farazlarni uni 11asosiy belgilari bilan birinchi bor yunonlarga Peparetosdan Diokl] taklif qildi. Uni hech qan12day o`zgarishsiz Fabiy Piktorqabul qildi, ular o`rtasida ba`zi kelishmobchiliklar bo`lsada ularni hikoyasining mazmuni quyidagicha: Albada Eneyning avlodlari podsholik qiladi va vorislik qilish tartibi ikki aka-uka Numitor va Amuliyni hokimiyatga keltiradi. Ularda hokimiyat qonunlarga asoslangan, boshqaruv tarzi podsholik deb ataladi. Yillar o`tishi bilan jismi zaiflashgan lekin o`z donoligi oqibatida aqlan kuchli bo`lgan saylangan erkaklar davlatni gullab – yashnashi uchun g`amxo`rlik qildilar. Ularni yoshi yoki majburyatlarni o`xshashligi uchun otalar deb atadilar. Keyinchalik boshda erkinlik va davlatni kengaytirishga xizmat qilgan podsho hokimiyati dumog`dor o`zboshimchalikga aylandi, boshqaruv tarzi o`zgarganidan so`ng hokimiyatning bir yillik muddati belgilandi va ikki hokim1 saylandi, bizni ajdodlarimiz bu kishi tufayli o`zini cheksiz hokimiyati bilan mag`rurlanish mumkin emas deb hisobladilar. Download 200.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling