Qadimgi rimda imperator adriyan davri
Download 386.02 Kb.
|
jahon tarixi 2 semestr
U askarlar va boshqa toifadagi insonlar bilan tezda chiqisha olgan. Aytishlaricha, u og’ir, o'zgaruvchan, qattiq qo’l xarakterga ega bo‘lishiga qaramasdan, hammaga nisbatan teng, ochiq siyosat olib borgan. U imperator bo‘lishiga qaramasdan jang harakatlari vaqtida oddiy pishloq va tuzlangan cho‘chqa go‘shti yegan, Yumshoq to‘shakda yotmagan hamda o‘tkir ta’sirga ega spirtli ichimliklami kam ichgan. Adrian she’r yozgan, fleyta va lira kabi musiqa asboblarini chala olgan, ammo u hammasidan ko‘ra geometriya va haykaltaroshlikni yoqtirgan. Yoshligida Adrian Afinada tahsil olgan va “kichik yunon” deb laqab oladi. U har bir narsaga, jumladan, arxitektorlarga jiddiy e’tibor qaratgan. Venus nomiga qurdirgan ibodatxona uning hukmronligi boshlanishining birinchi belgisi hisoblanadi. U hamma ishni reja asosida olib borgan. Zamonasining mashhur arxitektori Apollador chizmalarini ko‘rib, ustunlarining nomutanosibligini tanqid qilib, ma’qullamaganda uni o'limga duchor qilgan. Tanqid uni maqsadidan qaytara olmagan. U ko‘plab inshootlami qurilishida homiylik qilgan. Rimda imperator Avgust davrida Panteon qurib bitkaziladi. Agrippa tomonidan qayta rekonstruksiya olib borilgan Panteneonga Adrian homiylik qiladi.Bu ibodatxona barcha xudolar ibodatxonasi hisoblangan, chunki Rimga kelgan boshqa xalqlar ham u yerda ibodat qilishar edi. Rim arxitekturasining o‘sishi betonning ixtiro qilinishi bilan ham bog‘liqdir. Adrian qurilishda noan’anaviy uslublarni qo‘llashga ruxsat bergan. Vatikandagi muqaddas kitob saqlanadigan Avliyo Petr cherkoviga asos bo‘Igan bino bunga yorqin misoldir. Bugungi kunda qadimgi Rim inshootlaridan to’liq holda saqlangani bu Panteondir. Shunday ekan, Rim arxitekturasida Adrianning beqiyos o‘rni borligini ko'rishimiz mumkin. Shaxsiy hayotida Adrian qadimgi yunonlarga taqlid qilib yashagan. Ayniqsa bu narsa uning oilaviy hayotida katta o‘rin tutgan. Hukmronligining yettinchi yilida Adrian xotini Sabina bilan Turkiyaga boradi. Sayohat davomida yosh va chiroyli Antoniyani uchratadi. Antoniya keyingi yetti yil davomida u bilan birga yashaydi. U doimo Adrian bilan birga bo'lgan. Antoniya o‘ttiz yoshda bo‘lishiga qaramasdan o‘zining sevgisini Adrian bilan bo‘lisha olgan.Download 386.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling