Qadimgi rimda imperator adriyan davri


Download 386.02 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi386.02 Kb.
#1645573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon tarixi 2 semestr

Klassik ibodatxonalar, imoratlar, monumentlar imperatorni tamg‘asi ostida ochilgan va nomi tushirilgan (jumladan, hozirgi Turkiya hududi Simemadagi saroy, Ispaniyada oilasiga atab Italik shaharchasi). Adrian imperiya shaharlarini ta’minlab turgan, unga atab shaharlarda muqaddas joylar va byustlar o‘rnatiladi. Bunday yodgorliklar uylardan, ibodatxonalardan topilgan. Afinada Dionis teatrida Adrianning haykali bo’lgan. Garchi bu joylar Adrian ko‘magida bolmasa ham ilg‘or fuqarolar unga xudo sifatida sig’inishgan. Bu yo’l bilan sadoqatlarini namoyish qilmoqchi va imperatorning e’tiboriga tushib mavqelarini oshirib olmoqchi ham boilshgan. Ammo bu narsa hamma joyda ham sodir bo’lmaydi. Buni imperatoming rasmi tushirilgan tangalardan bilib olish mumkin. Adrian devori imperiyaning shimoliy qismlarini ham qamrab olganidan so‘ng, umumiy tillar va Yunon-rim sivilizatsiyasi vujudga kela boshladi. Imperiya hududidagi rimliklar lotin va yunon tilida so‘zlashishgan boisalar, tashqaridagilar “varvar” tilida gaplashishgan. Shu bilan birga, koloniyalarda rimliklar hayotiga taqlid qilish kuchaygan. Jumladan, Britaniyada Takitas qaynotasi Agrikola davridagi britan zodagonlarining “rimlashgan” o‘g ‘illarini tasvirlaydi. Uning hukmronligi davrida britaniyaliklar rimliklarning tilini o‘rganadi, toga kiyish, hammomlar qabul qilish, dabdabali ziyofatlar uyushtirishlarni o‘rnak qilib oladilar. Sharqda rimliklar madaniyatiga taqlid qilishni, •‘yunonlashish” deb tushunishgan. Sharqiy o‘lkalardagi zodagonlar ta’lim tizimida, yunon falsafasi, notiqlik, alifbosi, san’atdagi yutuqlaridan keng foydalanganlar.

Imperator Adrian qobiliyatli hukmdor va Rim ommasini manfaatlarini yahshi tushunar edi. U qadimiy aristokratik o‘yinlarga qiziqqan va ularni ommaviy shaklga o‘zgartirgan. Masalan, uning hukmronligi davrida Rimda qonli o‘yinlar o‘tkazilgan. Jumladan 119- yilning yanvarida, uning tug‘ilgan kunini rimliklar yuzlab sher va arslonlami o‘ldirib nishonlaganini guvohi bo‘lishgan. Bunday hashamat davlatga qimmatga tushar edi. Sher va yo'lbarslar Suriya va Rimning sharqiy qismlaridan, yovvoyi to‘ng‘izlar Germaniya va Galliyadan, buqalar Yunonistondan, kiyiklar Shimoliy Afrikadan keltirilgan. 0 ‘z vaqtida imperator Trayanning Misrdan keltirilgan timsohlari Kolizeyda maxsus suv havzalarida boqib kelingan, keyin ularni gladiatorlar bilan urushtirganlar. Adrian davrida bu kabi tomoshalar, Rim tarixidagi boshqa davrlarga qaraganda eng ko‘p o‘tkazilgan. Garchand Adrian davrida rivojlanish kuzatilsada, ijtimoiy tengsizlik yuqori darajada bo‘lgan. Qullar erkin fuqarolarga qaraganda ko'pchilikni tashkil etishgan. Yana bir tengsizlik chizig’i bu boylik bo‘lgan. Uning davrida davlatda dehqonlar manfaati emas, balki yirik mulkdorlarni muhofaza qilish birlamchi bo’lgan. Imperiya uzoq muddat tinchlikda yashashi, bu hamma davrlarda ham xavf-xatar va tahlika bo’lmagan degani emas. Rimda qonunlar isloh qilingan va soliqlar tartibga solinadi. Qonunni buzganlarga quyidagi jazolar, masalan, kaltaklash, qiynoq, qatl, xochga tortish, quvg’in qilish qo’llanilgan.


Download 386.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling