Qadimgi rimda imperator adriyan davri


Download 386.02 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi386.02 Kb.
#1645573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon tarixi 2 semestr

Haqiqatda, Adrian ellinistik ta’sirdagi yirik hukmdor bo‘lgan. Rim madaniyatida yunon madaniyatining ta’siri sezilib turgan. Agar, Gomeming Illiada va Odisseyasi bo‘lmaganda Virgiliyni Eneidasi yaratilmagan bo‘lar edi. Stoiklar falsafa maktabi bo‘lmaganda, Kaysero va Senekening falsafiy ishlari ulardan ilhomlanmagan bo‘lardi. Epikursiz (Adrianning sevimli falsafasichisi) Lukritsiy bo‘lmagan bolarmidi. Haqiqatda ham, Rimning yarim aholisi(sharqiy qismi) yunon tilida so'zlashgan, lotin tili ulaming birinchi tili hisoblanmagan. Adrian Yunon-Rim imperiyasiga mos shaxs edi. Undan boshqa bu taxtga munosib shaxs yo‘q edi. Uning ellinizmga qiziqishlari jiddiy bo’lgan. Adrianning hukmronligi boshlanishi bilan bir qator o ‘zgarishlar sodir bo’ladi. Omadsizliklar Rimning bosqinchilik siyosatini obro‘sizlantirgan edi. Yangi boshqaruvda Senat bilan hamjihatlik o‘rnatildi. Birinchi darajali ish bosqinchilik emas, mavjud chegaralami yanada kuchaytirish bo’lib qoldi. 121-yilda Adrian Italiyadan Reyn chegarasiga qarab yo‘1 oldi. Bundan ko‘zlangan maqsad Germaniyada kuchsizlanib qolgan (sakkiz) legionlarni kuchaytirish edi. Shimoliy chegaraga yetib kelgandan so‘ng, Adrian bir yil davomida bu yerdagi Rim qal’alari, muhofaza va kuzatuv joylarini kuchaytiradi. Shuningdek, Dunay chegarasidagi legionlar ham jangovar holatga keltiriladi. 122-yilda eng shimoliy hudud Britaniyada shu kabi ishlar amalga oshirildi. Qisqa vaqt ichida Nyukaslda daryoning dengizga quyiladigan joyida o ‘z nomi bilan ataladigan ko‘prik bunyod etadi. Adrianning uzoqni ko‘zlab siyosat olib borishi hali-hanuz barchani ajablantiradi. U uzunligi 118 kilometr (70 mil) boigan, Shimoliy dengizdan Irland dengizigacha boigan hududda 10 yil davomida chegara devorini qurish bo‘yicha farmon chiqaradi. Bu qurilishni nazorat qilishni yangi tayinlangan Rim Britaniyasi boshlig’i Aliya Platoriya Nepiy (Aulus Platorius Nepos)ga topshiradi. Devoming uchdan ikki qismi toshdan qurilgan, faqat oxirgi (eng sharqiy) uchinchi qismi chim va to'sinlardan bunyod etilgan edi. Devorni qalinligi uzunligiga mutanosib tarzda qurilgan. Toshdan qurilgan qismining qalinligi 3 metr (10 qadam), balandligi 4. 2 metr (14 qadam) ni tashkil etadi. Chim va to‘sinlardan iborat qismini qalinligi 6 metr (20 qadam)dir. Devorning shimoliy qismiga taxminan 20 qadam uzunlikdagi joyda V shaklidagi kengligi 8 metr (26 qadam), chuqurligi 3 metr (10 qadam)lik xandaq bilan parallel bo’lgan.


Download 386.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling