Qadimgi rimda imperator adriyan davri


Download 386.02 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi386.02 Kb.
#1645573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon tarixi 2 semestr

Devorning tepa qismidagi yolaklar temir panjara bilan himoyalangan. Har bir rim milida (taxminan 1. 5 km)da mustahkam darvoza va kuzatuv qo‘rg‘oni bolgan, ya’ni yarim kilometr masofada kuzatuv minoralari bo‘lgan. Devor ta’miri bilan shug‘ullanadigan xizmatchilar 16 ta qal’ada mavjud bo‘lgan. Adrianning qurdirgan devori rimliklar va varvarlarni ajratib turgan. Devor madaniyatdan orqada qolgan varvarlaming hujumlaridan himoyalanish maqsadida kuchli himoya vazifasini o‘tagan. Adrianning ajdodi Trayan Dunay daryosida to‘g‘on qurib, keyin Dakiya hududlariga o‘tish uchun ulkan ko‘prik qurdirgan (U hatto sharqda Dajla va Frot o‘rtasida floti kechib o‘tishi uchun daryolar o‘rtasida kanal qazdirmoqchi bo‘lgan). Shuningdek, Yuliy Sezaming Reyn daryosi ustidagi ko‘prigi, Trayan ustunidagi daklaming ularga xizmat qilayotgan manzaralari, Rim kuchini qanchalar ekanligini ko‘rsatadigan siyosiy maqsadni nazarda tutar edi. Adrianning devor qurilishidan ham shunday maqsad nazarda tutilgan bo‘lsa ajab emas. U yerdagi qal’alar harbiy kuchlari shimolga hujum boshlashning nuqtasi sifatida kuchli va agressiv holatga keltirilgan. Devor to‘siq vazifasini emas, aksincha yo‘l vazifasini bajargan, ya’ni aloqalarda muhim rol o'ynaydigan yo’llarni bogilashda asos boigan. Rimda boshqaruv va hokimiyat qay tarzda ketishi aynan shu aloqa liniyalariga bog’liq bo’lgan. Adrian devorning shimoliy qismidagi qal’alarda ko‘plab namunaviy ishlar olib borgan. Devor qurilayotgan vaqtda, Rim armiyasi va mahalliy britanlar bilan tinchlik masalasida bitim tuzadi.

Devor Rimga bir yo’la hammasi ustidan nazorat qilish imkonini berdi. Rim xohlagancha o’z siyosatini olib borgan. Keyinchalik Rim iqtisodiy zaiflashgandan so‘ng devor o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Adrian yigirma bir yillik boshqaruvida uning yarmidan kam bo’lmagan qismini imperiya bo‘ylab sayohatda o‘tkazgan. 121 va 125-yillar oraligida imperator o‘z devori bo‘ylab Britaniyadan janubiy Ispaniyaga, Shimoliy Afrika, Suriya, Qora dengiz va Kichik Osiyoga sayohat qiladi. 128-132 -yillarda uni Yunoniston, Falastin va Misrda ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, Seviliya, Karfagen, Palmira, Trabzon va Efesda ham boiadi. U har doim rafiqasi Sabina bilan birga sayohat qilgan, shuningdek u bilan birga otliq do‘stlari, yuklarni olib yuruvchilar, soqchilar, qullar va kotiblari bo’lib, ular mahalliy hukmdorning saroyida yoki mahalliy zodagonlaming qasrida to‘xtashgan. Ba’zan yo‘l bo‘ylarida chodir tikib o‘sha yerda tunashgan. Agar, Adrianni oldingi imperatorlar bilan xususan, Neron bilan solishtirsak, Neron Italiyani bir marta tark etgan, (Yunonistongaborish uchun) xolos. Ammo hamma ham Adrianni “yaxshi imperator” sifatida ko‘rishmagan. Ayniqsa, Rimdan uzoq hududlarda u loqayd xarakterli “yomon imperator” bo‘lgan. Adrianning sayohatlarida, Afina-bilimlaming qadimiy markazi, uning sevimli joyi sifatida namoyon boladi va Adrian bu yerga uch marta tashrif buyurgan. Uning boshqaruvga oid hujjatlaming birida “deyarli har bir shaharda u bir qancha imorat qurgan va xalq o‘yinlari tashkil qilgan” deb ma’lumot beriladi. Adrian Afinani katta kutubxona bilan ta’minlaydi, yangi forum va shonli marmar darvoza qurdiradi. Shahaming qadimiy markazi rimcha ruh oladi. Ammo Adrian boshqa yo‘l bilan o‘chmas iz qoldirgan. Ya’ni, Rim xudosi Yupiter bilan teng darajada bo’lgan, yunonlaming bosh xudosi Zevsga atalgan ibodatxona bunga yorqin misoldir. Ushbu ibodatxonaning qurilishi mil. av VI asrda, klassik bosqichning boshlanishida qurila boshlangan bolsa, milodiy 132-yilda Adrian tomonidan qurilish nihoyasiga yetkaziladi.


Download 386.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling