Qadimgi rimda imperator adriyan davri


Download 386.02 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi386.02 Kb.
#1645573
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon tarixi 2 semestr

QADIMGI RIMDA IMPERATOR ADRIYAN DAVRI

Tayyorladi: 1-bosqich sirtqi ta’lim talabasi Tursunov Avazbek

REJA:

Harbiy yurishlar davomida, 117-yilda Trayan kasal bo‘lib qoladi va Italiyaga qaytishga majbur bo‘ldi. Avgust oyigacha janubiy Turkiya sohillariga yetib keldi. Trayan falaj bo‘lib qoldi va natijada vafot etadi. U vafotidan oldin Suriya konsuli bolgan Adrianni taxt vorisi etib tayinlaydi hamda xotini Platina va jiyani Matidiyaga ham rasmiy tarzda meros qoldiradi. Adrian Trayanning xotini va jiyaniga yaxshi munosabatda bo’lgan. Bundan tashqari u Matidiyaning singlisi Sabinaga uylanadi.

Trayanning vorisi Adrianni armiya tan olib, unga sadoqatlarini namoyon qiladi. Biroq pragmatik kuchlar bunga qarshi chiqadi. Adrian ularning qarshiligini yengib o‘tadi. Adrian taxtga o'tirgandan so‘ng, tinch siyosat olib borgan. Urushlarga katta e’tibor qaratmagan. U hukmronligi davomida imperiya hududi bo‘ylab sayohatda bo’lgan, ya’ni mamlakatdagi vaziyatni o‘rganib, nazorat qilib turgan.

Trayan kabi Adrianning kelib chiqish nasabi ham g‘ayritabiiy bo’lgan. U rimlik ham, italiyalik ham bo’lmagan. Ammo ildizlari shu yerga kelib taqalar edi. U Seviliya yaqinidagi janubiy Ispaniyada yashovchi boy italyan oilasidan chiqqan edi. Ularning ajdodlari mil. avv 3-2 asrlarda Rim istilolari vaqtida kelgan Rim kolonistlari bo’lgan. Ular bu yerda barcha pullarini qishloq xo‘jaligi va mahalliy kumush qazib olishga sarflaydi. Boyliklari evaziga rim zodagonlariga aylanadi. Adrianning nutqida mahalliy lahja belgilari sezilib turar edi. Tabiiyki, imperator bu narsadan hijolat chekkan. Shuning uchun uning o‘z notig’i bo’lgan. Trayan mashhur harbiy qahramon bo’lishi bilan birga, birinchi “ispanlardan chiqqan imperator ham hisoblanadi. Xuddi Sezar, Avgust va o‘zidan oldingi imperatorlar kabi jangovar salohiyat egasi hisoblanib, u soqolini olib va sochini kalta qilib yurgan. Adrianning esa sochi mayin va jingalak bo’lib, o‘zidan oldingilarga qaraganda sochi oddiy stilda bo’lgan. Ba’zan bu narsa uning an’analarni yaxshi bilmasligidan, oddiy askar bo’lganligidan deyiladi, lekin bu haqiqat emas. Dakiyada u o‘z mahoratini ko‘rsatib, ikki marta jasorat ko‘rsatadi.


Download 386.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling