Qadimgi rimda imperator adriyan davri
Download 386.02 Kb.
|
jahon tarixi 2 semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Qadimgi Rim respublikasida ikki yuz yil oldin o‘matilgan qattiq qo’l ijtimoiy ierarxiya, Adrianning oltin davrida ham hech qanday o ‘zgarishlarga uchramadi. Imperiyada aholining ko‘pchilik qismi savodsizligicha qolgan edi. Boy zodagonlarning shaxsiy kutubxonalari bo’lgan. Kutubxonada matnlami ko'chirish uchun ba’zida qullardan kotib sifatida foydalanilgan. Qullarning ba’zilari millionlab kambag‘al rim fuqarolariga qaraganda bilimdon va qobiliyatli bo’lishgan. Kayseroning kotibi Tiro shunaqa insonlardan biri bo’lib, u Rim senatorining yaqin do‘sti sifatida, uning xonadonida alohida hurmat qozongan va oxir-oqibat erkin shaxsga aylangan. Adrian hukmdorligining so‘nggi yillari ancha tashvishli o‘tgan. Antinius bilan birga 130-yilda Misrda sayohat qilayotganida, Antinius Nil daryosida cho‘kib ketadi. Bu “sirli qayiq voqeasi” deb nomlanadi. Adrian uning sharafiga Antinopolis shahriga asos soladi va uni ilohiylashtirishni e’lon qiladi. Antiniusga butun imperiyada xudo sifatida sig‘inishadi. Adrianning sayohatlari 132-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Keyinchalik u vaqtini Rimdan 25 kilometr (15 mil) uzoqlikda joylashgan Tivoli bog‘li koshonasida o‘tkazadi. U yerda Adrian borgan joylaming nihoyatda katta bo‘lgan xaritasi bo‘lgan. Adrian o‘limdan keyingi hayot qanaqa bo‘lishi haqida qiziqqan va jannat hamda do‘zah tasvirlari tushirilgan joylar ham bo’lgan. Shuningdek, majmuada yunon teatri, ustunlar, hammomlar, shaxsiy kutubxona va baliqlar boqiladigan hovuz ham bo’lgan. Koshonaning maydoni 100 gektar (250 akr) bo’lib, unga Britaniyadagi devorning qurilishidan kam xarajat ketmagan.Adrian 138-yilda vafot etadi. Undan keyingi hukmdor Antoniy davrida tinchlik va barqarorlik saqlanib qolgan bo’lsa-da, Mark Avreliy, ya’ni soqolli faylasuf imperator davrida germanlar Rimning tinchligiga xavf tug‘dira boshlaydi. U tinchlik va hokimiyatini xavfsizligini ta’minlashi uchun varvarlaming shimoldan bo’ladigan hujumlariga qarshi harakat olib borishiga to‘g‘ri kelgan. Uning o‘g’li Kommodiyus Rim yollanma soqchilaridan ko‘ra ko‘ngilli va gladiatorlarga ishonch bildirgan, buni birgina otasining germanlami hujumlarini qaytarishda ko‘rish mumkin. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlami amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko‘plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘matdi.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Download 386.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling