Qadimgi san’at asarlarida bezak


Download 51.24 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi51.24 Kb.
#1575556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbek san’ati ustalari

Tamaraxonim (190-1991)
Tamaraxonim (taxallusi; asl ismi va familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan) [1906.16(29).3, hozirgi Yangi Marg‘ilon shaharchasi — 1991.30.6, Toshkent] — qo‘shiqchi va raqkosa, baletmeyster, o‘zbek professional raksi asoschilaridan. O‘zbekiston xalq artisti (1932). Moskva teatr texnikumida o‘qigan (1923—24). Yoshligidan san’atga qiziqqan: dastlab Marg‘ilon, Farg‘ona ayollari orasida raqsga tushib, ko‘shik aytgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilovlardan o‘zbek raqs harakatlarini, Hamza, K. Stanislavskiy, Nemirovich Danchenko va boshqalardan qo‘shiqchilik, aktyorlik mahoratini qunt bilan o‘rgandi.
Sahna faoliyatini 1919 y. Hamza Hakimzoda Niyoziy truppasida boshlagan. Keyinchalik Yusufjon kiziq truppasida ishlagan. 1921 — 22 yillar Toshkent rus opera va balet teatrida, 1924 yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert truppasi (1926 yildan O‘zbek davlat konsertetnografik ansambli, 1929 yildan O‘zbek davlat musiqali teatri)da faoliyat ko‘rsatgan. 1925 y. Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon bezak san’ati ko‘rgazmasida M. Qoriyoqubov bilan birgalikda ishtirok etib, o‘zbek san’atini ilk bor Yevropada namoyish etgan. T. o‘zbek lapar va yalla namunalarini sahnaviy ijro sharoitiga moslashtirib, yangicha ifodaviy vositalar (mimika, raqs, dialog va boshqalar) bilan boyitib, ular negizida bir necha kichik musikiy inssenirovkalarni yaratdi, milliy ommabop (estrada) san’at rivojiga asos soldi. T. ijrosidagi qo‘shiq va laparlar ("Lolaxon", "Qorasoch", "Bilaguzuk", "Oyijon", "Fabrikaning yo‘lidan", "Qizlar, shitobingiz nima?", "Gulyor", "Yetimlar yig‘isi", "Tuyg‘unoy", "Erk bolalari" va boshqalar), "Sinaxiroj", "Dilxiroj", "Qarinavo", "Usmoniya" singari raqslari xalqqa manzur bo‘lgan.
1925—29 yillar Andijon, Qo‘qon, Samarkand teatrlarida sahnalashtirilgan musiqali dramalarda Halima (F. Zafariy, "Halima"), Shirin (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Gulchehra (U. Hojibekov, "Arshin mol olon") singari rollarni ijro etdi. 1929—34 yillar Samarkanddagi O‘zbek davlat musiqali teatri (1931 i. teatr Toshkentga ko‘chirilgan)da, 1934—35 yillar Xorazm teatrida ishladi. 1934 y. M. Yanovskiyning "Ferenji" baletida Indra rolini o‘ynadi. O‘zi tashkil qilishda qatnashgan respublika balet maktabi 1935—47 yillar T. nomi bilan yuritilgan. 1935 y. Londonda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro xalq raqsi va musiqa san’ati festivalida (Us t a Olim Komilov, To‘xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilovlar bilan) qatnashib oltin medal olishga sazovor bo‘lgan. 1937 y. Moskvada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek san’ati dekadasida ham ishtirok etgan. 1936— 41 yillar O‘zbek davlat filarmoniyasi, ayni vaqtda, O‘zbek davlat musiqali teatri (1939 yildan O‘zbek davlat opera va balet teatri)da raqqosa va baletmeyster. 1941—69 yillarda O‘zbek davlat filarmoniyasining musiqa ansamblida badiiy rahbar, baletmeyster va aktrisa. T. 2jahon urushi yillarida konsert brigadalari bilan armiya qismlarida xizmat kildi.
U ustozi Us t a Olim Komilov bilan ko‘plab o‘zbek xalq raqslarini sahnalashtirib, o‘ziga xos (ayollar va erkaklar raqsi harakatlarini mujassam etgan) uslubini yaratdi, yangi zamonaviy raqslar, teatrlashgan raqs syujetlarini, yangi xoreografik kompozitsiyalarni ("Gul o‘yin", "Sadr", "Zang", "Pilla", "Kema o‘yini" kabi) ijod qildi. U o‘zbek xalq raqs harakatlari bilan Yevropa mumtoz balet raqslari harakatlarini uyg‘unlashtiruvchi dasturlar ("Bahor", "Navo", "Qizil va oq atirgullar urushi" va boshqalar) yaratdi, bular milliy o‘zbek baletini yuzaga kelishida, milliy xoreografiyani rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. U birinchi o‘zbek baletlaridan "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy, 1938) librettosini Uyg‘un va M. Yanovskiylar bilan birgalikda yaratdi, uni sahnalashtirib, bosh rolni o‘zi ijro etdi. M. Turg‘unboyeva, G. Rahimova, R. Karimova, G. Mavayeva, H. Komilova, I. Okilov, L. Pepgrosova kabilar T.ning shogirdlaridir. T. Fransiya, Norvegiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston kabi davlatlarda gastrolda bo‘lgan. Toshkent sh. ko‘chalaridan biri (o‘zi yashagan ko‘cha)ga T.nomi berilgan. Toshkentda Tamaraxonim uy muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Vafotidan so‘ng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).



Download 51.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling